Kresna Social Science and Humanities Research



Yüklə 369,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.11.2022
ölçüsü369,59 Kb.
#67815
  1   2   3   4
-maqola 1



Kresna Social Science and Humanities Research 
Proceedings of the International Conference on Sustainable Development: 
Problems, Analysis And Prospects 
ISSN 2774-3918 (online), https://ksshr.kresnanusantara.co.id. Published by Kresna Nusantara 
Copyright © Author(s). This is an open-access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License (CC BY). 
To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/.
3 
 
Tasviriy San’at Darslarida Tabaqalashtirilgan Ta’lim Orqali 
O‘Quvchilarning Ijodiy Qobiliyatlarini Rivojlantirish 
 
Mehrangiz Mashrabovna Xasanova 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika institute 1-bosqich magistranti 
Nodir Djalolovich Yadgarov 
Buxoro davlat universiteti, Ilmiy rahbar 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o‟rta ta‟lim hamda san‟at maktablarida tasviriy san‟at 
darslarining samaradorligini yanada oshirish, tabaqalashtirilgan holda o„qitish orqali 
o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari 
xususida so‟z yuritilgan. 
Kalit so’zlar: tasviriy san‟at, maktab ta‟limi, ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, metodika
tabaqalashtirish, individual yondashuv. 
 
So‟nggi olti olti yillikda mamlakatimizda tasviriy san‟at sohasini rivojlantirish maqsadida 
yanada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilda “Tasviriy va amaliy san‟at 
sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to„g„risida”gi O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorida ham “Iqtidorli yosh professional san‟at namoyondalarining 
bilim va ko„nikmalarini rivojlantirishga yo„naltirilgan o„qitishning zamonaviy shakl va 
uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng 
foydalangan holda ta‟lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta‟minlash” masalasiga 
ham alohida e‟tibor qaratilgan.
1
Tasviriy san‟at darslarini tabaqalashtirib o„qitish – zamonaviy pedagogik texnologiyalarning 
eng samarali turlaridan biri bo‟lib, ushbu ta‟limda o„quvchilar individual yoki guruhlarga 
ajratib o„qitilishi mumkin. Bu esa sinfdagi barcha o„quvchilarning bilim va malakalarini 
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars samaradorligini yanada oshiradi. Tasviriy san‟at 
o„qitishda o„qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning interfaol usul va texnologiyalarini 
qo‟llagan holda, tabaqalashtirib o„qitish texnologiyasi prinsiplardan foydalansa, darslar 
samaradorligini oshirib boradi.
Bugungi kunda pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta‟limning ikki turi ishlab 
chiqilgan:
1. Darajali tabaqalashtirish; 
2. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.
Darajali tabaqalashtirish o‟za navbatida ikki turga bo„linadi.
Individual ta‟lim. Bunda o„quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab har bir o„quvchi 
bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
1
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san‟at sohasi samaradorligini yanada oshirishga 
doir chora-tadbirlari to„g„risida”gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori. 


Kresna Social Science and Humanities Research 
Proceedings of the International Conference on Sustainable Development: 
Problems, Analysis And Prospects 
ISSN 2774-3918 (online), https://ksshr.kresnanusantara.co.id. Published by Kresna Nusantara 
Copyright © Author(s). This is an open-access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License (CC BY). 
To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/.
4 

Yüklə 369,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin