Kresna Social Science and Humanities Research



Yüklə 369,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.11.2022
ölçüsü369,59 Kb.
#67815
1   2   3   4
-maqola 1

Guruhli ta‟lim. Bunda o„quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan 
ortiq guruhlarga ajratib o„qitiladi. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni 
chuqur o„rgatish, o„zlashtirishga qaratilgan bo„ladi. Bular qatoriga tasviriy san‟atni chuqur 
o„rgatadigan to„garaklar kiradi. 
Ta‟limning bu turlarida o„qituvchi sinfdagi barcha o„quvchilarning qobiliyatini, qiziqishini, 
imkoniyatini, layoqatini hisobga olib dars samaradorligini oshirishga harakat qilishi lozim. 
Bu esa sinfdagi barcha o„quvchilarning bilim va malakalarining yanada rivojlanishiga xizmat 
qiladi. Tabaqallashtirilgan ta‟lim haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari 
haqida yetarli tasavvurga yega bo„lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib 
o„qitishning ijobiy jihatlari haqida to„xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:
 Sinfdagi barcha o„quvchilar dastur materiallarini o„zlashtirishga erishadilar.
 Sinfdagi barcha o„quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o„sish kuzatiladi va 
u o„quvchilarni fanga bo„lgan qiziqishlari oshadi.
 Sinfdagi barcha o„quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o„zlashtiruvchilar 
guruhidagi har bir o„quvchi yuqori o„zlashtiruvchilar guruhiga o„tishiga harakat qiladi. 
Yuqori o„zlashtiruvchilar guruhidagi o„quvchilar esa past o„zlashtiruvchilar guruhiga 
tushib qolmaslikka harakat qiladilar. 
 O„quvchilarni qobiliyati va imkoniyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular 
tomonidan o„quv yuklamalarini o„zlashtirishda zo„riqish hollari ro„y bermaydi.
 Sinfdagi iqtidorli o„quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo„lgan ehtiyojlari 
ham qondiriladi.
 Tabaqallashtirilgan ta‟lim uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam 
beradi.
Lekin masalaning yana bir tomoni borki, tabaqaga ajratib o„qitish nofaolroq bo„lgan 
o„quvchilar faoliyatiga salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Yuqori o„zlashtiruvchi o„quvchilar esa, 
o„zlariga ortiqcha baho berib, faol bo„lmagan o„quvchilarga nisbatan mensimaslik xislatlari 
kuzatilishi mumkin. Bu jarayonda o„qituvchining pedagogik mahorati muhim rol o„ynaydi. 
Shuning uchun ham o„qituvchi masalaning bu jihatlarini hisobga olib, o„quvchilarga yuqori, 
quyi so„zlari o„rniga, birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo„llashi maqsadga 
muvofiqdir.
Tabaqalashtirib o„qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qatorda uning murakkab 
jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o„qituvchining uch 
xil darajadagi dasturlar asosida mashg„ulot olib borishi bilan bog„liq. Buning uchun har bir 
guruh uchun tasviriy san‟atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, 
texnika vositalari kerak bo„ladikim, ularsiz mashg„ulotlarni talab darajasida tashkil etib 
bo„lmaydi. Bu esa quyidagi yo„nalishlarda ifodalanadi:
 Tabaqlashtirilgan tasviriy san‟at ta‟limining ilmiy asoslarini puxta egallagan bo„lishlik;
 Mashg„ulotlar uchun zarur bo„lgan o„quv-metodik majmualar bilan qurollangan 
bo„lishlik;
 Mashg„ulotlar uchun zarur bo„lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy bazaga ega 
bo„lishlik;


Kresna Social Science and Humanities Research 
Proceedings of the International Conference on Sustainable Development: 
Problems, Analysis And Prospects 
ISSN 2774-3918 (online), https://ksshr.kresnanusantara.co.id. Published by Kresna Nusantara 
Copyright © Author(s). This is an open-access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License (CC BY). 
To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/.
5 
 O„qituvchi o„quv fanidan o„quvchilarning bilim va malakalari haqida to„liq ma‟lumotga 
ega bo„lishi va boshqalar.
Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R. Hasanov maktab tasviriy san‟at 
o„qituvchisiga ta‟rif berar ekan, quyidagilarni alohida ta‟kidlaydi: “Mahoratli o„qituvchi 
bo„lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo„lishi, har qanday og„ir sharoitda ham o„zini 
tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli, ijodkor, mehnatsevar, halol, pok, insofli, 
iymonli, o„rganuvchi va o„rgatuvchi kabi yuksak ma‟nodagi hislatlarni o„zida mujassam 
etgan pedagog-rassom bo„lishi kerakligini bildiradi”.
2
Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san‟at o„qituvchisi yuksak tasavvurga ega, 
tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o„z fanini a‟lo darajada biladigan, ijodkor rassom
pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o„rgangan, tasviriy san‟at metodikasi bilan yaxshi 
qurollangan, tasviriy san‟at darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy 
san‟at o„qituvchisi bo„lishi lozim.
O„quvchilarni har jihatdan bilish uchun o„qituvchi tomonidan o„quvchilar orasida pedagogik 
va psixologik tashxis o„tkazishi zarur bo„ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog„liq: 
o„quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va 
ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, 
tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg„ulotlar uchun bo„lgan shart-sharoitlari va 
boshqalar.
Shuningdek, o„qituvchi o„quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari, qaysi san‟at 
turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi muhim. Chunki 
o„quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga samarali ta‟sir ko„rsatish 
mumkin. Bu sifatlardan tashqari o„qituvchi, o„quvchilarning tasviriy san‟atga doir 
xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada o„qituvchi har bir o„quvchining dars jarayonida 
bilim va malakalaridagi o„sishni bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta‟limni amalga oshirishda, birinchidan, o„quvchilarga tasviriy san‟atdan 
beriladigan bilim va malakalarning me‟yori, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, 
o„quvchilarning bu topshiriqqa bo„lgan layoqatini o„qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi 
lozim. Ikkinchidan, ta‟lim mazmunini bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to„g„ri 
tanlash hamda bu metodikani amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni 
yaratish muhimdir. Buning uchun o„qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko„rgan 
bo„lishi lozim. Bundan tashqari o„qituvchi o„quvchilarning bilim va malakalaridagi 
o„zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega.
XXI asr ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish asri desak maqsadga 
muvofiq bo„ladi. Bo„lajak mutaxassislarni har tomonlama zamon talabi darajasida 
tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbga nisbatan ko„nikma va malakalarini 
shakllantirish lozim. Shundagina ular kelgusi faoliyatlaridan unumli foydalanishga erishishi 
mumkin.

Yüklə 369,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin