12 th -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org Mar. 28 th 2023 85
komponentlari va shakllanishining qarashlari ushbu olimlarning ilmiy va amaliy izlanishlari
bilan ham bog’liq.
Xususan psixologiyaga motivatsiyalarning ierarxik modelining muallifi A.Maslauning shaxs
o’zini shakllantirishda ehtiyojlarning ham o’z o’rni bor ekanligi to’g’risidagi qarashlarini
ko’rishimiz mumkin. A.Maslouning ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o’rtacha
insonning qondirishi kerak bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko’rsatib o’tgan. Ierarxiyadagi quyi
(asosiy) ehtiyojlar yuqori darajadagi ehtiyojlar inson xatti-harakatlarida turtki beruvchi
kuchlarning dominantiga aylanishidan oldin ratsional ravishda qondirilishi kerak. Bu erda
Maslouning ehtiyojlari ierarxiyasi ularning ustunligi yoki zarurati tartibida keltirilgan:
1) fiziologik;
2) xavfsizlik va himoya;
3) tegishli bo'lish va muhabbat;
4) o'z-o'zini hurmat qilish;
5) o'z-o'zini anglash.
Maslou nazariyasining gumanistik mohiyati, ayniqsa, o'z-o'zini anglash, o'z imkoniyatlarini
maksimal darajada ro'yobga chiqarish istagi kontseptsiyasida yorqin namoyon bo'ladi. Maslau
nazariyasi bo’yicha bir vaqtda bir necha ehtiyojlari bolishi mumkin ammo quyi ehtiyojning
qondirilmasligi keyingi ehtiyojning yuzaga chiqishiga zarurat bo’lmasligini qayd etadi. Ushbu
qarashga ko’ra bola tug’ilgandan har bir bosqichdagi ijtimoiy psixologik rivojlanish davrida
ehtiyojlar ham o’z ta’sirini o’tkazishini ko’rishimiz mumkin. Birlamchi fiziologik
ehtiyojlarning qondirib borilmasligi bola xulq-atvorida ham salbiy xususiyatlarning
shakllanishiga olib kelishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan: go’dak va chaqaloqlik
davrida bolaning organik ehtiyoji ovqatlanish yoki dam olish ehtiyojining hissiy va emotsional
yaqin kishisi tomonidan to’la qondirilmasligi, bolada o’zini xavfsiz va himoyasiz his
qilmasligini, injiqlik va qaysarlik hislatlarining shakllanishini kuzatishlar, bir qancha
tadqiqotlarda isbotlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bolada o’zini –o’zi anglash komponenti
o’zini boshqaradigan darajada shakllangunga qadar Maslauning fundamental ehtiyojining
qondirilishi ham ta’sir etuvchi omil bo’lishi mumkin.
Taniqli nazariyotchilardan biri K.Rodjers shaxsning fenomologik nazariyasida ham
o’zini anglash borasidagi qarashlarini ko’rishimiz mumkin. O’z nazariyasida odamni uzoq
maqsadlarga yo’naltirilgan va o’zini-o’zi maqsad sari yetaklay oladigan faol mavjudot deb
qayd etishgan. Rodjersning ta'kidlashicha, odamlar aksariyat hollarda o'zlarining shaxsiy
tushunchalariga muvofiq yo'l tutishadi. Agar odam o'zini o'zi anglash tushunchasi va umumiy
organizm tajribasi o'rtasida nomuvofiqlikni sezsa, tahdid paydo bo'ladi. Keyin u idrokni buzish
yoki inkor qilish orqali "o'zini" yaxlitligini himoya qilishga urinadi. O'z-o'zini anglash va
haqiqiy tajriba o'rtasidagi juda katta tafovut shaxs xulqida o’zgarishga va psixopatologiyaga
olib keladi. Rodjers shaxs nazariyasi talqiniga ko’ra tashqi obyektiv olamni subyektiv idrok
qilishi orqali baholashini qayd etadi. Aynan subyektiv idrok qilish ya’ni baholashi o’z