154
bo‘ladi, ya’ni;
•
kasbkor tayyorgarligi (o‘zi o‘qitadigan fani bo‘yicha nazariy, uslubiy salohiyati);
•
pedagogik mahorat (pedagogik va psixologik bilimlarni egallaganlik darajasi).
•
pedagogik madaniyat (pedagog qobiliyat, texnika, takt va muomala madaniyati);
•
shaxsiy sifatlari.
•
O‘qituvchi mustaqil malaka oshirish jarayonida faqat o‘zining nuqson yoki kamchiliklarini
tuzatish emas, balki pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish uchun fan va amaliyot
yangiliklarini faoliyatga tadbiq etadi, sinab ko‘radi. Shu bilan
umumpedagogik saviyasining
yangi sifat o‘zgarishiga erishadi.
•
Demak, o‘z ustida mustaqil ishlash pedagogik uchun shaxsiy ijodiy faoliyat hisoblanadi.
•
O‘qituvchining pedagogik faoliyati va o‘z malakasini uzluksiz oshirib borish muammolar
bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy taqdiqotlar, o‘z kasbining ustasi ijodkor pedagoglarning amaliy
faoliyatlarni o‘rganish, tahlil etish hulosalariga asoslansak, shaxsiy ijodiy faoliyat yoki o‘z
umumpedagogik malakasini uzluksiz takomillashtirish bosqichlarini ta’minan
quyidagicha
belgilanishi mumkin:
•
-o‘z nazariy-uslubiy, pedagogik-psixologik tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorat,
imkoniyatlar va shaxs sifatlarini tahlil qilish (o‘z-o‘zini diagnostikalash).
•
-o‘z-o‘zini diagnostikalash natijalari asosida qiyinchilik va muammolarni umumlashtirish
o‘z kasb-kor mahoratini takomillashtirish yo‘nalishlarini, ochiq maqsad vazifalarini belgilash.
•
Maqsad va vazifalar darajasida o‘z pedagogik mahoratini takomillashtirish vosita usullarini
tanlash shaxsiy ijodiy faoliyat dasturi yoki o‘z ustida mustaqil ishlar rejasini tuzish.Shaxsiy
ijodiy faoliyat reja va dastur asosida o‘z umum pedagogik mahoratini takomillashtirish.
•
Mustaqil ijodiy faoliyat
natijalarni umumlashtirish, ularni ijodiy faoliyatning maqsad va
vazifalar bilan tahlil etish istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.
•
Shuning uchun ham o‘qituvchilar uchun o‘z-o‘zini baholashda ob’ektiv bo‘lish,
diagnostikalash vosita va usullarini bilish, eng asosiysi «o‘zini bilmagan o‘zgani bila olmaydi»
qabilida ish tutishlari maqsadga muvofiq.
•
O‘qituvchilar asosan malaka oshirish kurslari va kursdan kursgacha bo‘lgan davrda mustaqil
bilim olish bilan umumpedagogik mahoratlarini takomillashtiradilar.
•
Malaka oshirish kurslarida o‘qish va mustaqil bilim olish bir-birini to‘ldirib o‘qituvchining
nazariy, uslubiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini uzluksiz amalga oshirish haqida shaxsiy
ijodiy faoliyat izchilligini ta’minlaydi.
•
Malaka oshirish kursi tugallanishida tinglovchi kursdan keyinga topshiriqni oladi.
O‘qituvchining keyingi bosqichini kursdan-kursgacha bo‘lgan davrdagi ijodiy mavzusi bo‘lib,
uning shaxsiy ijodiy-faoliyati mazkur muammoni hal etishga yo‘naltiriladi.
•
Shaxsiy-ijodiy faoliyat mavzusini tanlash va belgilashda quyidagilarni hisobga olish
maqsadga muvofiq;
-mavzuning o‘qituvchi imkoniyati, qiziqishi va tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi;
-o‘qituvchi faoliyatining istiqbolligi bilan bog‘liqligi;
-oddiy moxiyatga ega bo‘lishi.
Shaxsiy ijodiy faoliyat har bir o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lib,
uning individual-pedagogik
malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘qituvchining shaxsiy ijodiy faoliyatini shunday
tashkil qilish kerakki, uninig natijalari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga ijobiy ta’sir
etsin.O‘qituvchi ijodiy faoliyat rejasini tuzishida nimalarga asoslanishi kerak? Rejalashtirish
o‘qituvchining o‘z kasb-kor tayyorgarligi, pedagogik mahorati
va shaxs sifatlarini
diagnostikalashdan boshlanadi.Shaxsiy ijodiy mavzu (muammo) ni belgilashda o‘qituvchi albatta
o‘zi ishlayotgan maktab muammosidan kelib chiqishi kerak.
Dostları ilə paylaş: