165
qilinadi. Predmetlarning katta-kichikli tushunchasi shakllanishi aniqlamaydi. Aqli zaif bolalarda
katta-kichiklik tushunchasining shakllanishiga maxsus o‘qitishlar davomida erishish mumkin.
Turli rangdagi halqa va tasmalar.
Bu usuldagi usul rang bola tushunchalarining shakllanishini tekshirishga qaratilgan.
Tekshirish III bosqichda olib boriladi. Avval bola berilgan tasmalarga mos rangli halqalarni
tanlaydi (ko‘rish nisbati). Keyin u yoki bu rangni tanlashi so‘raladi (“qizil halqani ber”, “ko‘k
tasmani uzat”). Shundan so‘ng ko‘rsatilgan shaklning rangini aytish so‘raladi (“Bu
qanday
rangda?”, “Bu-chi?”).Aqli zaif bolalarda sog‘lom tengdoshlariga nisbatan rang tushunchasi
shakllanishining orqada qolishi kuzatiladi va u maxsus o‘qitishlar davomidagina me’yorga
yaqinlashtiriladi.
Predmetli rasmlar-
Bolalarga tanish bo‘lgan predmetli rasmlardan turli maqsadlarda
foydalanish mumkin. Diqqat va ko‘rish xotirasini tekshirish uchun: bir qatorga 4-5
ta rasm
joylashtiriladi, so‘ng 1 ta rasm olib qo‘yiladi. Boladan taklif qilingan 3 ta rasm ichidan olib
qo‘yilgan rasmni topib berish so‘raladi.
Tafakkurni tekshirish uchun: bola oldiga bir qatorga 3 xil rasm joylashtiriladi (stol, non,
palto) va tagiga berilgan boshqa rasmlarni (stul, bulochka, qalpoq) o‘ziga mos ravishda
joylashtirib chiqishi talab qilinadi. Predmetli rasmlar bilan mashqlar o‘tkazish bolaning umumiy
tasavvuri va fikrlash operatsiyalarini ham tekshirishga imkon beradi.
Xuddi shuningdek, yuqorida keltirilgan usullar yordamida aqli zaif bolalar nutqining:
fonematik va grammatik xususiyatlari, lug‘at boyligini (passiv va faol) va h.k.larni ham
tekshirish mumkin. Bu usullar shaxs xususiyatlarini va aqliy rivojlanish ko‘rsatkichini ham
aniqlashga imkon beradi.
№
Darajalari
Shif-
ri
Alohida belgilari
1
Dostları ilə paylaş: