Ta’limning frontal, gurux va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili - bu ta’limning
turli usullari qo’llanilgandagi uyushqoqlikni ko’zda tutadi: frontal usul qo’yilgan bir vaqtda,
ongli va axil ravishda bajarishni talab etadi; gurux usuli mashul, mustaqil va o’zaro yordamni
rag’batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining bahzi bolalarga zarur yordam
berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda
ifodalanadigan raxbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy
vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
“Konflikt” tushunchasi lug’atda faqatgina sinfiy qarama-qarshilik va manfaatlar
to’qnashuvini anglatuvchi termin sifatida izohlangan. N.I.Kondakovning (M.,1975y) “Logika
lug’ati”da qarab chiqilayotgan tushuncha yuqorida keltirilgan izohlarga to’liq mos keladi.
“Konflikt” – bu qarama-qarshi tomonlar, manfaatlar, kuchlar, qarashlar, fikrlar, intilishlar
to’qnashuvidir. So’ngra o’sha o’rinda konfliktni uzoq davom etadigan, og’ir oqibatlarga olib
keladigan kelishmovchilik, bahslashuv ham deb tushuntiriladi.
“To‘rt halqali piramida” o‘yinchog‘i yordamida bola motorikasining rivojlanishi (halqani
o‘qqa kiydirishni eplay olishi, muvozatidagi nuqsonlarining mavjudligi va h.k.), katta-kichik
tushunchalarining shakllanganligi va farqlashi (“katta halqani kiydir, keyin kichkinasini va eng
kichigini”), ranglarni ajratishi (“qizil halqa bor” va h.k.), piramida xalqalarini sanab olishi
(“birinchi halqani ko‘rsat”, “uchinchi halqani ko‘rsat” va h.k.), miqdor tushunchasining
shakllanishi (“ikkita halqani ber, to‘rta halqani ber” va h.k.)ni kuzatish mumkin.
Segen doskasi (turli geometrik shakllarlarni doskaga joylashtirish) yordamida aqli zaif bola
harakatining epchilligi, mayda qo‘l motorikasining holati, muvofiqlashtirish, shakllarni ajrata
bilishi o‘rganiladi, taqqoslash kabi faoliyatini kuzatish mumkin bo‘ladi. Aqli zaif bola
topshiriqni tushunmaydi va joylashtirilishi kerak bo‘lgan shaklni turli harakatga keltiradi. Yengil
darajadagi aqli zaif bola boshlovchi harakatlarni to‘g‘ri tushuntirib, ko‘rsatib bergandan so‘ng,
topshiriqni bajara olishi mumkin. Chuqur aqli zaif bola topshiriqni umuman tushunmaydi.