Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy - pedagogik texnologiyalari.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘ginidir
hamda jamiyatva davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyiladi. Yangi «Oila kodeksi» ga
va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan «Nikoh tomonlarning u ixtiyoriy roziligi
va teng huquqligiga asoslanadi.Yangi oila BMTning 1948 yil 10 dekabrdaqabul qilingan.
1998 yili O‘zbekistonda 3,8 million oila bo‘lib, shundan 58,7 foizini 5 va undan ko‘p
bolali oilalar tashkil etgan. Keyingi 35 yil ichida oilalar soni 1,8 milliontaga ko‘paygan, uning
1 mln.ga yaqini shahar, 950 mingtasiqishloqoilalariga to‘g‘ri kelgan. Yoki so‘nggi 10—15 yil
davomida yiliga 250 ming atrofida yosh oilalar vujudga kelgan. Bugungi kunda respublikamizda
har bir oilaga taxminan 4—5 farzand to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston oilalarining 35 foizdan ortig‘ini
yosh oilalar tashkil qiladi. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi mos ravishda 26—30
yoshdan oshmagan, 5 yilgacha nikohda bo‘lgan, bolali yoki bolasiz oilalar tushuniladi.
Mamlakat aholisining 43 foizini 15 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Oilalar soni o‘sib
borishida, ayniqsa,Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida o‘rin tutadi.
Umuman,oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib, jamiyatning
o‘zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘z o‘rnida jamiyat bag‘rida vujudga keladi,
rivojlanadi. Ayni paytda oilaning jamiyatda o‘z vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va
vazifalari dunyodagi barcha halqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi
va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir halqda alohida, o‘ziga xos xususiyatga ega.
«Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi» ning 16-moddasida shunday bandlar
mavjud:
1.Balog‘at yoshiga etgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari bo‘yicha hechqanday
cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oilaqurishga haqli.
2.Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida
va uni bekorqilish vaqtida bir hil
huquqdan foydalanadilar;
3.Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh
tuzilishi mumkin;
4. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan
himoyaqilinishga haqli.
Shu bilan birga oila huquqi — nikoh tuzish va
nikohni
bekorqilish
tartibi
va
shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida vasiylik va
homiylik, bola asrab olish
tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatnomala-riniqaydqilish tarzini
belgilaydigan
huquqiy
me’yorlar yig‘indisidan iborat.
O‘zbekiston 1-Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li» asaridaqaydqilganidek, «bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish
mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat vaqattiqtartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z
burchlarini ado et-masa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va
munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdonqonunlari asosigaquriladi,
159
o‘zining ko‘p asrlik mustahkam vama’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokra-tik
negizlarga acoc solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
O‘zbeklarning
aksariyati
o‘zining
shaxsiy
farovonligi
to‘g‘risida
emas,
balki
oilasining,qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlikqilishni birinchi o‘rniga qo‘ya di. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviyqadriyat,
insonqalbining gavharidir». Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo (1802—1885) ning bu
haqdagiquyidagi fikri juda o‘rinli bayon etilgan: «Kimki ayol xuquqini himoya qilsa, bola
huquqini himoya qilgan bo‘ladi, boshqacha aytganda, u kelajakni himoya qilgan bo‘ladi».
Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar mavqeini o‘z o‘rniga
qo‘yishga yo‘naltirilgan nodavlat tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi. Shu jihatdan 1997 yili
Toshkentda «Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi bilan bog‘liqbo‘lgan masalalarni bayon
etmoqlozim. Adliya boshqarmasi ro‘yhatidan o‘tkazilgan bu institutning tadqiqotchilik va
siyosiy ta’lim bo‘limlari mavjud.
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofazaqilish davlatimiz siyosatining
ustivor o‘nalishlaridan biri ekan, uquyidagi asosiy yunalishlarni o‘z ichigaqamrab oladi:
—oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari
huquqiy himoyaqilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofazaqilish;
—oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish,
oila a’zolarining sog‘ligini muhofazaqilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart-
sharoitlarni yaxshilash;
—oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish,
oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish,
ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat
tomonidanqo‘llab-quvvatlash;
—oilaning ma’naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy
manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish;oilaning sog‘lom, aql-
zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni
tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
— oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning
iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar
huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy xujjatlarning
mohiyatini chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amalqilishga erishish jamiyatning
huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari
huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng
tadbiqetish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va bola
huquqva burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada
uchraydigan sharqona ahloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi hatti harakatlarga
yo‘lquyilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo
tinchliksevar xalqlarning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa
davri ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis huzuridagi
amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam
ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil
etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim
qadamlardir. Inson huquqlarini himoyaqilish institutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish
kichik jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya
qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquqnormalariga mos ravishda
muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari,
xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining
160
ratifikatsiyaqilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(SH) rezolyusiyasi),
Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952
yil 20 dekabrdagi 640-son rezolyusiyasi), Bir xilqiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga
teng haqto‘lash to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida
1951 yil 29 iyundaqabulqilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva,
XMT tomonidan 1952 yil 28 iyundaqayta ko‘rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi
Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda), Fuqarolik
huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966 yil
16 yanvardagi 2200-rezolyusiyasi), Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini
tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34,
180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash
to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, bolsa mamlakatlarga bolalarni o’g‘irlab ketishning
fuqarolik jixatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980 yil 25 oktyabr), 1995 yilda
Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlarning axvoli
bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro
huquqnormalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad
har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlarini himoya etilishini xalqaro huquq normalari
doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat
barpo etishning negizidir.
Buning zamirida:
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh
tabaqalarga mos huquqiy bilim
berish dasturlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish;
-
o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar,
xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio o‘quvlari uyushtirish;
-
huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal maqolalari,
mutaxassis maslaxatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish;
-
oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
-
joylarda baxt va nikoh uylariqoshida bo‘lajak kelin-kuyovlar uchun maxsus
o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-
tashviqot guruxlarini tayyorlash;
-oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik
tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va
amaliyotga keng tadbiq, etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan
boshqa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash
kabimasalalarga alohida e’tibor berish yotadi.
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga
ta’sirqiladi.
Har bir davrning uz dardi, talabi va ehtiyojlari buladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat
takdiriga ta’lluqli juda kup jumboqlarni echib tashlash bilan barobar ma’naviyatimizningqator
muammolarini kundalangqilibqo‘ydi. Ayniqsa, axloq-odob masalalari katta ahamiyat kasb
etibqoldi. Buning sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga bo‘lgan
munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yuligaqaytarish rejalari tuzila
boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat bo‘lmasligi,
yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chegarasi yuqligigaqanoat hosilqildik: Inson o‘z millati
an’analari va umumbashariyqadriyatlar asosidagina kamolotga erishishiqog‘ozda emas, amalda
tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik, qog‘ozdagi xalqar do‘stlik g‘oyalari odamlar
orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna
solibquygani, odamlarning millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-oqibatli bo‘lishi uchun
161
urush yokiqahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasliti, ijtimoiy
adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga
ishonch hosilqila boshladik. Ayrim odamlarni aldash mumkin bo’lsa ham millatlarni uzoq,
laqillatib bo‘lmasligiga endi hamma tushunib etdi.
Totalitar tuzum davrida respublikamizda sharqona qadriyatlar asosida oilani barpo etish,
shakllantirish va barqarorligini ta’minlashga etarli e’tibor berilmadi. Oilani jamiyatning asosiy
yacheykasi sifatida har tomonlama muxofaza etish masalasi davlat siyosati darajasiga
kutarilmadi.
Xalqimizning axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, insonqadr-qimmati
to‘g‘risidagi tasavvurlariga zid bo‘lgan o‘zga madaniyat an’analari yoshlar ongi, dunyoqarashi
va shuuriga salbiy ta’sir etishi natijasida ba’zi salbiy hollarning paydo bo‘lishi yuz berdi. Milliy
an’analar ma’naviy sog‘lom oilani barpo etadi.
Sog‘lom
milliylik barqurgan joyda umumbashariy fazilatlarningqadriga etish ham ortadi,
millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ham kamol topadi. Uzimizga ham, boshqalarga ham
go‘zallik va odob timsoli bo‘ladigan kelin tushirish odatimizni olaylik. Karnay-surnay sadolari
yangragan kuchada tuy, shodlik, mahalla ahli to‘planadi. Agar tuy kechasini olib boradigan
shilqim nasihatguylarning har bir to‘yda takrorlayverib siyqasi chiqgan so‘zlarini e’tiborga
olmasak,quloqlarni karqiladigan darajadagi baland pardalarda ayyuhannos ko‘taradigan
ansambllarning «Bari gal», «Ey sanam», «Qora ko’z bo‘y-bo‘y», «Chakra-chakidan girad»,
«Guloyim» singari xonishlarini chinakam jamoatchilik ramzidir. Turmushimizda shunaqa
voqealar ham uchrab turadi: to‘y qiluvchining aholi nochorroq, hali uy-joyi bitmagan,
ro‘zg’orda kamchiliklar ko‘p, bolalar oyoqqa turmagan. Lekin u mahallani va yor-birodarlarni
nahorgi oshga taklifqiladi. Shunda ba’zi birovlar «ahvoling shuku, topganingni bola-chaqangga
sarfqilsang bo’lmaydimi?» degan fikrga boradilar. To‘g‘ri, shunday qilish mumkin edi. Lekin
men bu oilaning kamtarona oshini xalqimizga xos kamtarlik va o‘z bolalarini jamoa orasiga olib
kirib, ularda ko‘pchilik bilan baxamjixat hayot kechirishga o’rgatish deb bilaman. Nahorgi oshga
ketadigan sarf bilan ro‘zg‘orni batamom tiklab bo’lmaydi. Lekin biror kishi yoki oilaning
obro‘si, insoniyligi, milliy tuyg‘usi tiklanadi. Bu ham yaxshi fazilatlarni ro’yobga chiqarish va
tarbiyalashning o’zbekona yo‘lidir.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahoratining muhim fazilati kishilar bilan tez el bo‘la olishi,
ko‘pchilikka aralasha bilishi, ulfatijonlik, dilkashlik bo‘lib, bu uning aloqa madaniyatining
yuksakligini ifodalaydi. Chunki, o‘qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan
ishlashga to‘g‘ri keladi. O‘qituvchining ishidagi muvaffaqqiyatni kundalik faoliyatida kattalar va
bolalar bilan, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyati ta’minlaydi.
Shaxsiy ijodiy faoliyat muammosi aniqlangandan so‘ng, shaxsiy reja tuziladi.
Rejada quyidagi bo‘limlardan bo‘lishi tavsiya etiladi.
1.
Ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy savodni oshirish.
2.
Pedagogik va psixologik bilimlar.
3.
Mutaxassislik bo‘yicha nazariya va uslubiy tayyorgarlik.
4.
Umummadaniy tayyorgarlik.
Har bir bir bo‘lim bo‘yicha reja shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:
№ O‘rganiladigan mavzu
yoki amalga
oshiriladigan ish
O‘rganish
manbasi
O‘rganish
yoki
bajarish
shakli
Ishni
yakunlash
muddati
Ishni
umumlash-
tirish shakli
Qaerda
qanday
foydalani-
ladi
Shaxsiy ijodiy reja asosida bajarilgan ishlar maxsus kundaliklarga qayd etilib, ular mazmun-
mohiyatini qisqacha yozib beriladi.
Shaxsiy ijodiy reja berilishlarida quyidagi manbalardan foydalaniladi:
1)
pedagogik,psixologik,uslubiy manbaa va adabiyotlar;
2)
ilg‘or pedagogik tajribalar;
162
3)
mavzuga tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari;
4)
ilmiy-uslubiy tadbirlar (seminar guruxiy maslahat, konferensiya, pedagogik o‘qish)
.
Kommunikativ muammolar. Bu muammolar gumanizm va demokratik g‘oyalarga javob
beruvchi yangi muloqot usulining shakllanishi bilan bog‘liq. O‘qituvchi mexnatning
murakkabligi har bir o‘quvchi ko‘ngliga yo‘l topishi va har bir shaxsdagi imkoniyatlarning
rivojlanishiga sharoit yarata bilishdadir. Eng muhimi, o‘kuvchining o‘zini shaxs deb
tushunishiga o‘qituvchi yordam berishi zarur, o‘zligini, hayotni, dunyoni idrok etishga ehtiyoj
uyg‘otish kerak. Dars ta’sirchanligini oshirish uchun bolalar bilan muammoning turli usullarini
qo‘llab, qiziqtirib, o‘yinga o‘xshatib, g‘aroyib suhbatlashishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchining
o‘quvchi bilan muloqoti aniq pedagogik vazifani bajarishga yo‘naltirishi kerak. Bunda: maqbul,
yaxlit, qulay o‘quv muhitini, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi ongli munosabatni tashkil etish
ko‘zda tutiladi.
1.
Uslubiy muammolar. O‘qituvchi o‘z shaxsiy imkoniyatlarni ko‘rsata olishini
ta’minlash uchun o‘qitish qiziqarli, ilmiy jihatdan asoslangan, ijodiy jarayon bo‘lishi kerak.
Ana shu uch muammoni birgalikda yechish jarayonida o‘kituvchi yuqori kasbiy mahorat egasiga
aylanadi. O‘qituvchilarning ish mazmunini o‘rganish va tahlil etish natijalaridan kelib chiqib,
o‘qituvchining kasbiy takomillashuviga doir quyidagi guruhlarga ajratish mumikn:
1Agar dars shunchaki ish emas – muomala, mashg‘ulot emas – san’at, jadvaldagi soatlar emas –
hayot deb qaralsa, unda pedagog o‘z-o‘zidan tez-tez darsga nima uchun borayotganlgini so‘rab,
bolalarning oldiga borayotganligini qalbdan his etishi lozim.
2) Dars berish – bu, inson qalbiga yo‘l topish demakdir. Bunda so‘zdagi axloqiylik – haqiqat,
amaldagi ahloqiylik esa – adolatligini bilmoq zarur.
3) Tajribali pedagoglar darsni qanday qilib olib borishlarini kuzatmoq va o‘z darsingizda
ularning ijobiy jihatlarini qo‘llamoqni o‘rganish darkor.
4) O‘zingizni va o‘z qarashlaringizni nazariy bahslar bilan emas, balki dars bilan tasdiqlang. O‘z
yo‘lingiz bilan borishdan qo‘qmang.
5) O‘qituvchi butun mahoratini yorqin namoyon qiladigan dars bo‘lmaydi. Har birimiz
qilayotgan ishimizga qaraganda mukammalroq, kuchliroqmiz va bu – hali ishlatilmagan
ikmkoniyatimizdir.
Dostları ilə paylaş: |