155
muvofiqlashtirish ishlari bilan belgilanganligi. Dastlabki tanishish – bilish vazifalari.
Maktabgacha muassasaning tayanch muammolari: dastlabki ijtimoiylashtirish, individual
qobiliyatlarni rivojlantirish, motivatsiya, moslashish, xulq uslubini shakllantirish va sh.k. ni hal
etish. Ijtimoiy pedagogning psixologik, pedagogik va tibbiy yo‘nalishdagi
markazlar bilan
tashqi aloqalari. Ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy metodlari: loyihalash, rejalashtirish,
modellashtirish, dasturlash. Tashhis va istiqbollash vositalari, so‘rovnomalar, kuzatuv va tahlil
hujjatlari blankalari.
Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda
(o’smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa yoki shartli hukm etilgan bo’lsa) o’tkazilsa yoki
maxsus o’quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog’atga
yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi.
Balog’atga
yetmaganlar
uchun
koloniyalarda
tarbiyalash
jarayoni
“kattalar”
koloniyalaridan ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar
bilan ishlash uchun
katta imkoniyatlar yaratib beradi, tahsir ko’rsatish pozitiv choralari qo’llaniladi, bu imtiyozlar
sonini ancha oshiradi va jazo choralarini ancha kamaytiradi. O’smirlar bilan ishlashda
umumtahlim va professional tayyorgarlikdan iborat o’quv-tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor
qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar
yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va
mehnat
bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat
tarbiyasining samaraliligini oshirish o’smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil
hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hukm etilganlarning ko’pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda
o’qigarlar,
imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb
tahriflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o’qituvchilarni haqoratlaganlar.
Shuning uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish tahlimi ustalari bilan hukm etilgan o’quvchilar
orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O’z faniga
qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo’lish va qo’yilgan maqsadga
erishishda qathiy, tirishqoq bo’lish – mana shular bu turdagi balog’atga
yetmaganlar bilan
ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir.
Hukm
etilganlarning
bilm
olishga,
mehnatga
munosabatlarini
o’zgartirish,
tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan,
texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bajargan ishlariga haq
to’lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o’smirlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini
oshiradi.
Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumtahlim o’qitish
kiradi. Umumtahlim o’qitish balog’atga yetmaganlarga tahsir ko’rsatish vositasi sifatida alohida
rol o’ynaydi. Chunki tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy
tuzilish elementi va amalda
koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumtahlim maktabida
hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar
umumtahlim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo’yicha taqsimlash
ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo’lim-sinf” printsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o’qitish faqatgina maktabdan bo’sh vaqtida amalga
oshirilishi mumkin.
Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o’qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va
kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o’zaro
aloqalari juda
muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, lektsiya,
munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan
hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar
keng qo’llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o’qishdan va ishdan bo’sh
vaqtlarini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo’yilgan
bo’ladi. SHuning uchun, ular rasmiy ko’rinishda bo’lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm
156
etilganlar uchun bo’sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir.
CHora-tadbirlar
o’smirlarda hayotga qiziqish uyg’otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid
tahsirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak. Hukm
etilganlarning qarindoshlari bilan ijtimoiy-foydali aloqalardan foydalanish katta ahamiyatga ega
bo’ladi, ular tarbiyaviy ishlar jarayonini faollashtiradi, ilgari yaratilgan jamoatchilik tartib
qoidalariga zid hayot tarzi va hulqini buzishga imkon beradi. Hukm etilgan balog’atga
yetmaganlarga tuzatuvchi tahsir ko’rsatishlar samaraliligi umumiy kriteriylar bo’yicha
belgilanadi. Bu kriteriylar mahlum tuzatish daradalariga asoslangan bo’ladi: “tuzatish yo’liga
kirdi”, “tuzatish yo’lidan aniq bormoqda”.
Balog’atga yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish tahsir ko’rsatishi amaliyotida jazo
turlarini qo’llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish
jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo’lishi mumkin, bu
usul Yevropa mamlakatlarida keng qo’llaniladi. SHartli ravishda
hukm etish haqida gapirsak
jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo’llanilgan o’smirlarni
aniq nazorat qilish kerak bo’ladi. Bu talab bajarilmaganda o’smirlar o’z holiga tashlab qo’yilgan
bo’ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.Balog’atga yetmaganlar
huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan
tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish
mumkin. Penitentsiar tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir
bo’lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: