O‘qituvchi – tarbiyachining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati. Ma’lumki, maktabda
o‘tiladigan darslarning tematik (kalendar) rejasi bo‘lishi bilan bir qatorda sinf raxbarining ham
tarbiyaviy ish rejasi buladi.
Sinf rahbari o‘quv yilining boshida yangi o‘quv yili uchun taxminan quyidagicha tarbiyaviy
ishlarni rejalashtiradi. Tarbiyaviy ish reja har bir sinfning rahbari tomonidan o‘sha sinf
bolalarining yosh xususiyatlari, ularning pedagogik – psixologik holatlarini hisobga olgan holda
tuziladi. O‘quv yili davomida shu tuzilgan rejadan unumli foydalanish lozim bo‘ladi.
O‘quv yili uchun tuzilgan reja taxminan quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin :
Tashkiliy kundalik tarbiyaviy ishlar. Bu bandga kichik bandchalar kirgizilib, o‘quv yili
davomida bajarilishi kerak bo‘lgan kundalik ishlar rejalashtiriladi.
G‘oyaviy tarbiya. Bu bandga mustaqillik g‘oyalari, tinchlik, o‘lkashunoslik, respublika tarixiy
kunlari, davlatning ichki va tashqi siyosati sinf hajmiga mos ravishda rejalashtiriladi.
Milliy an’analar va baynalmilal ruxda tarbiyalash. Unda o‘zbek xalqining milliy, urf-odatlari,
an’analari, zamonaviy yangi kelib chiqan urf-odatlari, qondosh va qardosh xalqlarning o‘rganishi
mumkin bo‘lgan an’analarni aks etadi.
Vatanparvarlik tarbiyasi. Bu bo‘lim O‘zbekiston tarixi, hozirgi kuni, kelajagi o‘quvchilar
ongiga, haqiqiy fuqaro, Vatan himoyachisi ruxini singdirishi lozim bo‘lgan ishlardan iborat
bo‘ladi.
Mehnat va kasb tarbiyasi. O‘quvchining mehnatsevar, halol, kasb-korini sevuvchi, kishi uchun
kerakli bo‘lgan xususiyatlarini o‘zlashtirib olish imkoniyatlarini beruvchi bandchalar kirgiziladi.
Sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiya. Bu bo‘lim shifokor va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan