– boshqa
kishilarning psixik xolatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish,
didaktik qobiliyat –
o‘quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal
qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.
O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifatlarga,
aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo‘lgandagina
pedagogik kasbning yuqori pog‘onasiga ko‘tarila oladi.
O‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o‘z-o‘zini idora qilishi hamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza
olish qobiliyati. Odam ob’ektiv dunyoni bilibgina qolmasdan, balki unga aktiv suratda ta’sir ham
ko‘rsatadi. Odam o‘z maqsadi yo‘lida harakat qilib, har xil to‘siqlarga uchraydi. Bu to‘siqlarning
bir xili hayot va mehnat sharoitiga, boshqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog‘liqdir.
To‘siqlarni yengish kishiga bilishning yangi ufqlarini ochib beradi, shu bilan birga, uning
sharoitlarini va o‘z-o‘zini idora qila bilish kuchini qaror toptiradi.
Iroda odamning o‘z hatti-harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko‘zlangan
maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi.
O‘quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o‘qituvchining eng muhim vazifasidir.
Shaxsning irodaviy xislatlari (sifati, xususiyati) maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqlarni
yengish borasida odamning tajribada hosil qilgan o‘ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning
irodasi deb, har xil irodaviy xatti-harakatlar va xususiyatlar yig‘indisiga aytiladi.
Harakatning maqsadga qaratilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning
boshqa eng muhim irodaviy xususiyatlarini sanab kuo‘rsatadigan bo‘lsak:
•
tashabbus – o‘z xohishi bilan ish-amal qila, xatti-harakat ko‘rsata bilishi;
•
qat’iyatlik – ikkilanmasdan, har tomonlama o‘ylab qarorlar qabul qila olish va ularni
izchil suratda amalga oshira bilishi;
•
sabotlilik – qiyinchiliklarga qarshi kurashda g‘ayratni bo‘shashtirmasdan maqsad
orqasidan doimo quva bilishi;
•
dadillik – qo‘rqishga qarshi tura olish va qo‘yilgan maqsad yo‘lida o‘rinli tavakkalga
bora olishi;
•
ishchanlik – qiyinchiliklarga qaramasdan ishni oxirigacha yetkaza bilish.
Bolalar tayyor iroda bilan dunyoga kelmaydilar. Irodaviy o‘sishning eng harakterli xususiyati
aktivlik va mustaqillikdir.
Kuchli iroda egasi bo‘lishning bir necha yo‘llari mavjud:
−
boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;
−
uchragan qiyinchiliklarni nolimay, maqtanmay yengish ;
−
hatto bir necha marta buzib qilish kerak bo‘lsa ham boshlangan ishni oxirigacha
yetkazish;
−
bugun qilish kerak bo‘lgan ishni ertaga qoldirmaslik;
−
qiziqkan narsalarga birdaniga kuch sarflamasdan, oldin va ketin bajarish;
−
iroda hosil qilish uchun havasni keltiruvchi narsa va harakatdan o‘zini tiyish, keraksiz
harakatlarni bajarishdan ko‘ra muhim.
O‘zaro pedagogik ta’sir etish va uning vazifasi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’limiy
va tarbiyaviy islohotlarning maqsadi – komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik
tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Ijtimoiy pedagogika» fanini o‘qitishda
talabalarda mustaqillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘z-o‘zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o‘qituvchisi, kuchli
mahorat egasi o‘z kasbining ustasi bo‘lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashqi
madaniyati bir-birini to‘ldiradigan hamda boy pedagogik, hayotiy tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Chunki bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga alohida e’tibor qaratadi.