gidroftalma va
glaukoma ning boshqa turlari, shuningdek, ko‘rish qobiliyatining tez kamayib borishi bilan
xarakterlanadigan kasalliklar vaqtida yaxshi ko‘ruvchi
ko‘zida markaziy ko‘ruv o‘tkirligi
korreksiya qilinganda 0,05 - 0,08 ga teng bo‘lgan bolalar;
3) ko‘rish maydoni 35° gacha konsentrik toraygan yoki skotoma kasaliga uchraganlar.Zaif
ko‘ruvchilar maktabiga quyidagi bolalar qabul qilinadi:
a) boshqa ko‘rish funksiyalari (ko‘rish maydoni, yaqindan ko‘rish o‘tkirligi)ning, patologik
jarayonning shakllariga va o‘tishiga qarab yaxshi ko‘ruvchi ko‘zning markaziy ko‘ruv o‘tkirligi
korreksiya qilinganida 0,05-04 doirasida bo‘lganlar;
b) katarakta, afakiya, uzoqni ko‘rishlik, uzoqni ko‘ruvchi asstigmatizm, yuksak darajadagi
uzoqni ko‘ra olmaslik va statsionar holat bilan xarakterlanadigan uzoqni yaxshi ko‘rmaslik
asstigmatizmi bo‘lganida yaxshi ko‘ruvchi ko‘zining markaziy ko‘rish o‘tkirligi korreksiya
qilinganida 0,05 D dan yuqori bo‘lgan bolalar;
v) tez-tez takrorlanib turadigan keratitlar, iridotsiklitlar, uventlar bo‘lganida, yaqinni
ko‘rishlik 10 D dan ortiq va uzoqni ko‘rishlik 10 D dan ortiq bo‘lgan yoki yaqin masofada
ishlaganda kamol topadigan ostenopik hodisalar ro‘y berib, assigmatizmi 0, OD dan ortadigan
xollarda markaziy ko‘ruv o‘tkirligi yuqoriroq bo‘lgan bolalar.
g) barcha hollarda bolalar oddiy optik oynalar yordamida korreksiya qilinganida ko‘rish
qobiliyatini belgilaydigan jadvalning 9- shriftini kamida 15 sm masofadan o‘qiy olishlari lozim.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar sog‘lig‘i tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilish
yoshidan 1-2 yil, ba’zan esa undan ko‘proq vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa ham maktabga qabul
qilinadilar. Maktabgacha tarbiya guruhlariga 6 yoshli bolalar qabul qilinadilar.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar maktabiga quyidagilar yuborilmasligi lozim:
a) aqliy jihatdan g‘oyat qoloq, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar (imbetsillik, idiotiya
darajasidagi oligofreniya);
b) hatti-harakatida juda katta kamchiliklari bo‘lgan va emotsional-irodaviy sohasi buzilgan
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi psixopat bolalar;
v) mustaqil harakat qilish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkonini bermaydigan harakat
sohasidagi chuqur
buzilishlari bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar.Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar maktabiga bolalar respublika, viloyat,
shahar
yoki
tuman
tibbiy-pedagogik
komissiyasining
qarori
asosidagina
yuboriladilar.Komissiyaning tegishli qarorisiz bolalarni maktabga qabul qilganligi uchun maxsus
muassasa rahbari shaxsan javobgardir.