uchinchi bosqichida
– uning materiyasi (leksika va grammatika)
bolaning muloqot vazifasini o’zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo’lgan ehtiyojiga va
uning tarkibiga uzviy bog’liq bo’ladi. Bu bolaning nutqning yangi, yanada murakkab va keng
qamrovli jihatlarini o’zlashtirishiga olib keladi.
Milliy o’yinlaridan maqsadli foydalanish;-xalq ertaklari, xalq og’zaki ijodi
durdonalaridan unumli foydalanish;- bolalarning o’ynashlari uchun shart-sharoit (o’yin uchun
jihozlar,atributlar) yaratish; - maktabgacha ta’im muassasalari, oila va mahallalar o’rtasida milliy
o’yinlar bo’yicha ko’rik tanlovlari va musobaqalar o’tkazish.Milliy harakatli o’yinlar bolalarning
yosh xususiyatlariga, o’yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
1-2 yoshli bolalar
bilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Barmoqqa-barmoq», «G’oz-g’oz»,
«G’oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» o’yinlari, go’dak endi bir-ikki
qadam tashlashni o’rganayotgan vaqtda gavdasini to’g’ri tutishga yordam beradigan o’yinlar
hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar
bilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Ot o’yin», «Ko’z boylagich», «Chori
chambar», «Avval akam», «Tayoq irg’itish», «Quloq cho’zish», «Chitti gul», «Xolam
mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
4-5 yoshli bolalar
bilan o’ynaladigan o’yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak»,
«Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o’yin», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir
aylan». Katta yoshdagi bolalar uchun o’yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do’ppi
yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko’k terak». Bu o’yinlar orqali bolalarda
chaqqonlik, o’z-o’zini boshqara olish va o’ziga ishonch tarbiyalanadi, qathiyatlilik ko’nikmalari
shakllanadi, fikrlashga o’rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo’lishga
tayyorlanib boriladi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan shart-sharoitlarda psixikasi sog’lom
bola sezilarli darajada anhanaviy davlat ta’im standartlaridan o’zib ketadi, rivojlanishida nuqsoni
bo’lgan bolalar esa o’z yoshlariga mos yetarlicha bilim va malakalar oladilar.
Dostları ilə paylaş: |