Hamkorlikda o‘qitish metodi. Hamkorlikda o‘qitish metodining asosiy g‘oyasi – biror –
bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qishdir. Shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim texnologiyasida hamkorlikda o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorlikda o‘qitishni
bu biror bir vazifani, topshiriqni hamkorlikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qitishdir.
Buyuk rus tarbiyashunosligining asoschilaridan biri A.S.Makarenko «Tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalash jarayonida, o‘zim ham tarbiyalanib bordim»,- deb yozadi. Demak o‘qitish jarayonida,
o‘qituvchi bolalarni o‘qitar ekan, ayni paytda o‘zi ham o‘qishga majburdir. Bu hamkorlikda
o‘qitish orqali amalga oshadi.
O‘qitish metodlari
Natija (% xisobida)
Ma’ruzalarda
O‘qishda
Munozarada
Amaliy mashg‘ulotda
Talabalar bir-birini o‘qitganda
5
10
50
75
90
Hamkorlik pedagogikasi. Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtai nazaridan o‘qituvchi-
pedagogik jarayonning sub’ekti, o‘quvchi esa ob’ekti, deb hisoblanadi. Hamkorlik
pedagogikasida esa o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti tarzida qaraladi. Bunda o‘qituvchi
va o‘quvchi pedagogik jarayonning sub’ektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi
jarayoni tashkil bo‘ladi. Ular o‘zaro hamkor, hamfikr, hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi,
hamdard va hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar. Hamkorlik munosabatlari o‘qituvchilar
orasida, ma’muriyat bilan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar va
keng jamoatchilik orasida ham o‘rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi o‘quvchining ta’lim-tarbiya
olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish
tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch