143
Ta’lim
oluvchilarning
shaxsi - ta’lim
tizimining
maqsadi,
prioritetli
sub’ekt.
Ta’lim
jarayonining
barcha
qatnashchilarini
to‘laqonli rivojlanishi:
•
O‘qitish
jarayonini
individuallashtirish
va
differensiyalashtirish:
Kasbiy
tayyorgarlik
yo‘nalishlari
bo‘yicha
DTS
talablariga
rioya
qilgan
holda
ta’lim
oluvchi
shaxsi
rivojlanishini
individual
traektoriyasiga
orientir
olish.
•
Ta’lim
oluvchini
psixologik-kasbiy
va
shaxsiy
xususiyatlarini,
qobiliyatlarini
hisobga
olish.
Quyidagilarni
nazarda
tutuvchi
diologik
yondashuv:
•
o‘quv
jarayoni
qatnashchilarini sub’ektiv
o‘zaro harakati.
•
o‘quv
jarayoni
qatnashchilarini
erkinlik
darajasini ko‘paytirish
•
shaxsni
o‘z-o‘zini
aktuallashtirishini va o‘z-
o‘zini taqdim etishini.
O‘quv
jarayoni
qatnashchilari faoliyatini
shaxsni
motivatsiyalashtirish bilan
ta’minlash.
Ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama erkin va ijodiy rivojlanishi
uchun komfortli, konfliktsiz va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash,
uning tabiiy imkoniyatlarini amalga oshirish.
Ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchi shaxsini qabul qilish:
uning
maqsadlarini, hayajonlarini, qiziqishlarini, qarashlarini,
munosabatlarini, ularni qimmatli xususiyat sifatida tan olish, ularga
ishonish, uning kuchi va imkoniyatlariga ishonish.
Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida
quyidagilarni hisobga olish:
•
ushbu bilim sohasida o‘qimishlilik darajasini va shaxs
madaniyatining umumiy rivojlanganlik darajasini;
•
ta’lim oluvchining psixologik – fiziologik xususiyatlarini:
Har bir ta’lim
oluvchi uchun, o‘quv dasturiga nisbatan individual
xarakterga ega bo‘lgan o‘qitish dasturini tuzish uning individual
xususiyatlariga asoslanadi va uning imkoniyatlariga, o‘qitish ta’siri
ostida uni dinamik rivojlanishiga nozik moslashadi; unga o‘zligini
anglashga, o‘zligiga aniqlik kiritishga, o‘z-o‘zini rivojlantirishga va
o‘zining imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Ta’lim oluvchining shaxsiy
rivojlanishini aniqlash, keyin esa uni
rivojlanish istiqbollarini yoki so‘nishini korreksiya qilish uchun
ob’ektiv nazorat va tashhis qilish.
Ta’lim beruvchining umumiy pedagogik mahoratini, o‘z-o‘zini
rivojlantirishni nafaqat professional sifatida,
balki shaxs sifatida
ham rivojlanish texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
O‘quv jarayonini ta’lim beruvchi va ta’lm oluvchining dialogi
sifatida qurish hamda uni hamkorlikdagi dasturli faoliyatiga
yo‘naltirish.
•
Ta’lim beruvchining vazifasi:
•
ta’lim oluvchi bilan shaxsiy-teng huquqli pozitsiyani o‘rnatish:
•
ta’lim oluvchini nafaqat o‘qitish, balki uni rivojlanishga
rag‘batlantirish, uning mustaqil harakatlar bajarishiga sharoit
yaratish:
•
ta’lim oluvchilarda
mustaqil tafakkur yuritishga, mustaqil
rejalashtirish va muammolarni yechish yo‘llarini taklif qilish olingan
natijalarni baholash va yoki tekshirishga tayyorlikka motivatsiyani
shakllantirish.
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
•
holatli loyihalashtirish:
•
mazmunli izlanuvchan dialog:
•
o‘quv vazifalarini hayotiy muammolarning matniga qo‘shish:
•
ta’lim oluvchilarda mustaqil o‘qish, o‘z-o‘zini aniqlash,
mustaqillik, o‘zining imkoniyatlarini amalga oshirish va o‘z-o‘zini
taqdim etish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Ushbu maqsad, o‘qitish va shaxsni rivojlantirish, ta’lim
beruvchi
hamda ta’lim oluvchi uchun hayotiy va kasbiy mohiyatga ega
bo‘lganda, ushbu faoliyatga nisbatan mustahkam qiziqish paydo
bo‘lganda, o‘qish va rivojlanish shaxsning hayotiy ehtiyojiga
aylangandagina erishilgan deb hisoblanishi mumkin.
144
Insonparvarlik-shaxsli ta’lim texnologiyalari,
avvalambor, o‘zining
insonparvarlik
mohiyati, shaxsni qo‘llab-quvvatlashga, unga yordam berishga qaratilgan psixoterapevtik
yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. Ular, bolaga nisbatan har tomonlama hurmat va muhabbat,
uning ijodiy kuchiga optimistik ishonch g‘oyalarini o‘zida mujassam qiladi va majburlashdan
voz kechadi.
Hamkorlik ta’lim texnogogiyalari
pedagog va bolaning sub’ekt-sub’ektli munosabatlarida
demokratizmni, tenglikni, hamkorlikni amalga oshiradi. O‘qituvchi va o‘quvchi
hamkorlik,
hamijodkorlik holatida bo‘lib, birgalikda maqsadlarni, mazmunni ishlab chiqadilar, baho
beradilar.
Erkin tarbiyalash ta’lim texnologiyalari
bolaga, uning hayot faoliyatidagi katta yoki
kichik sohalarida erkin tanlov va mustaqillikni taqdim etishga aksent qiladi. Bola,
tanlovni
amalga oshirish paytida, natijaga tashqi ta’sir ostida emas, balki ichki da’vati orqali borib,
sub’ekt pozitsiyasini eng yaxshi usul bilan amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: