136
4.
Yo‘naltirilgan (individual).
5.
Verbal –o‘qituvchi ishtirokida.
6.
Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda.
Ushbu boshqarish turlarining kombinatsiyalashuvi natijasida qo‘yidagi
didaktik tizim
texnologiyalari vujudga keladi:
−
an’anaviy leksion ta’lim tizimi (boshqarish sust, frontal, verbal);
−
audivizual texnik vositalar yordamida ta’limni tashkil etish (boshqarish sust, frontal,
avtomatlashtirilgan);
−
konsultatsiya texnologiyasi (sust, yo‘naltirilgan, verbal);
−
kichik guruhlar texnologiyasi (siklli, frontal, verbal, differensial);
−
kompyuter ta’limi (siklli, yo‘naltirilgan, verbal)-individual ta’lim;
−
repetitor tizimi (siklli, yo‘naltirilgan, verbal) – individual ta’lim;
−
dasturlashtirilgan ta’lim (siklli, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan-programmalar
asosida);
−
differensial ta’lim (siklli aktiv boshqariluvchi, yo‘naltirilgan, vebral);
−
muammoli ta’lim (siklli, yo‘naltirilgan, o‘quvchi shaxsi aktiv).
Amaliyotda bu ta’lim texnologiyalari kombinatsiyalashgan holda qo‘llaniladi. Ta’lim
texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab qo‘yidagi texnologiyalar ajratiladi:
1.Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash
refleksini rivojlantiruvchi
texnologiyalar hisoblanadi.
Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo‘ladi.
2.Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar
3.Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.
4.Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi
texnologiyalar,
talabalardan ijodiy
yondashib masalaning yechimini topishni talab etadi.
5.Amaliy texnologiyalar – amaliy xatti-harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalar.
Dostları ilə paylaş: