Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Giyohvandlik – deviant xulq shakli sifatida



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 
Giyohvandlik – deviant xulq shakli sifatida. 
 
Butun dunyoda sog’lom turmush tarzini izdan chiqarayotgan asr vabosi hisoblangan 
illatlardan biri giyovandlikdir. Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi 
moddalarga ishtiyoq
 
tushuniladi.
Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki bo’lishi holatidir. 
Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki jamiyatga ham zarar 
keltiradi. Ijtimoiy tibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) 
giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin bo’lgan 
holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy pedagogik
 
yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan xarakterlanadigan 
deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani jismoniy yoki ruhiy 
ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi. Giyovandlikning turlaridan biri 
taksikomaniya hisoblanadi. 
Taksikomaniyada giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar 
kiritiladi.Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining 
zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar 
organism zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi harakatlar sodir 
etishadi.Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli moddalarning ta’siri 
juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.Giyovandlik hozirgi kunda 
quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:-o’smir yoshidagi giyovandlarning 
ommaviy ko’payishi. 
-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol qilishning keng 
tarqalishi. -giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.
Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, hozirgi kunda 
giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari bilan to’lib bormoqda. Bu 
oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan axloqiy normalar alohida yoshlar 
submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini 
erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati 
hisoblanadi. 
Mashhur dikotekalar, rok-yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli 
joylarga aylangan. Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham kokoin, 
geroin, “ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug’dirmoqda. 
birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik” bosqichiga aylanib unda o’smir turli 
narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol qilgan 
o’smir ularning ichidan 
birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-atvorning kasallikka aylanishi haqida 
gapirish mumkin. Chunki, kerakli narkotik turi tanlangach giyovandning avval ruhiy, so’ngra 
jismoniy tobeligi boshlanadi. 


127 
O’smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir guruhlar o’z 
xususiyatlariga ega bo’lib, ular: -kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish -tengdoshlar bilan 
guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan bog’liq. 
O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi: 
1. Shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari 
2. Ruhiy va jismoniy og’ishlar uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri: 
a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq munosabati 
bilan giyovand moddalar qabul qilish; 
b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga intilish, ijobiy 
ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi; 
v) ijtimoiy tengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri; 
d) ijtimoiy madaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari narkotiklarni hayotning 
ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi; 
e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari; 
j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb madaniyati 
bilan qiziqib qolishlari; 
z) narkotiklarga yetishish mumkinligi. 
Yoshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning giyovand 
moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Bu 
nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim deb hisoblashlariga 
ko’ra aniqlanadi. 
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.Shichko, E.I.Bextel, 
A.N.Mayurov, S.N.Sheverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro va 
boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand moddalarni 
iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli ichimliklar reklamasi, 
atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi.
Demak, o’quvchilarni information va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish lozim. 
ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, M.Raytenberg, 
A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand xulqatvorini mikro 
ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi 
deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy 
pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi.Bulardan kelib chiqqan holda 
shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab 
bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir shaxsga bog’liq. Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki 
ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib 
chiqarishi ham salbiy hodisadir. 
Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy.Biologik 
oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik ehtiyojlarning kamayishi 
(ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola organizmining barbod bo’lishi kiradi. 
Ijtimoiypsixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak bo’ladi. Avval 
unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari pasayadi, so’ngra 
umuman yo’q bo’lib ketadi.
Giyovand moddaga qiziqish butun hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan 
giyovand moddalarni topishni va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai 
nazardan baholanadi. Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan 
ajraladi, o’qishni xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori 
iste’mol qilinganda yuzaga kelishi mumkin. 
Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiy psixologik oqibatlar bilan 
izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z 
qiziqishi,ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. Chunki uning vaqti 
faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga mablag’ 
yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish yo’llarini izlaydi 


128 
(o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z maqsadiga yetishish uchun 
har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi. Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab 
chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki sotish, 
O’quvchilar militsiya va narkologik statistikani, tumandagi giyovandlik vaziyatni 
o’rganishadi, bolalar uylariga borishadi. Barcha to’plangan materiallar pedagog-tashkilotchi 
qo’llariga to’planadi va uzoq muddatli o’yinni yakunlaydigan teatli sahna ko’o’rinishi uchun 
ishlatiladi. Uzoq muddatli o’yin o’quvchilarning giyovandlikka qarshi faoliyati bilan ham 
bog’liq. Unda o’quvchilar mustaqil ravishda giyovandlikka qarshi adabiyotlarni o’rganishadi, 
referat va dokladlar tayyorlashadi, giyovandlikka qarshi reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy 
giyovandlik holatini o’rganish bo’yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishlari maqsadga 
muvofiqdir. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin