Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari
Yosh 
ko’rsatkichlari 
Sabablar
oqibatlar 
Ilk bolalik 
davri
0-3 yosh 
1. Mastlikda hosil bo’lgan 
homila 
2. Boshlang’ich 3 oy davrida 
homiladorlikdagi ichkilik ichish 
3. Emizikli davrida alkogol 
iste’mol qilinish 

epilepsiya 
(tutqanoqlik), 
aqli 
norasolik; 

jismoniy rivojlanishdagi norasolik; 

ruhiy rivojlanishdagi norasolik 
Maktabgacha 
va kichik 
1. Ota-onalarning pedagogik 
savodsizligi 

organizmning alkogol bilan 


122 
maktab yoshi
3-9 yosh 
2. Oilaviy alkogolizm anhanalari zaharlanishi 

spirtli ichimliklarga qiziqishning 
shakllanishi 
O’smirlik va 
yoshlik davri 
9-18 yosh 
1. Nosog’lom oila 
2. O’z-o’ziga bino qo’yish 
3. 
Ommaviy 
axborot 
vositalarining 
pozitiv 
reklamalari 
4. Bo’sh vaqtning ko’pligi 
5. alkogolizm oqibatlari haqida 
bilimning yo’qligi 
6. 
shaxsning 
psixologik 
xususiyatlari 
7. muammodan qochish

alkogolga qiziqishning shakllanishi 

spirtli ichimliklarni iste’mol qilish 
odatining shakllanishi 

alkogolizmning 
hulqining 
stereotiplarini ishlab chiqish 

alkogoldan 
mastlik 
holatida 
huquqbuzarlik holatlarini sodir etish 

alkogoldan 
mastlik 
holatida 
huquqbuzarlik 
holatlarini 
sodir 
etilishining anglanmaganligi 

psixik muammollarni hal etishda 
alkogoldan doping sifatida foydalanish 

alkogolga bo’ysinib qolish 
Fanda to’plangan ma’lumotlar homilador ayolning spirtli ichimliklar iste’mol qilishi 
qanchalik og’ir oqibatlarga olib kelishini ko’rsatadi. Bunda rivojlanayotgan homila bilan 
alkogolning qanchalik aloqador bo’lishi zarur moddalar bilan ta’minlanishi ona qornidagi 
homilani himoya pardasi orqali o’tadi. Biroq etil spirti va zaharni himoya parda to’sa olmaydi. 
Boshlang’ich 3 oy mobaynida, homiladorlikda homilaning ichki organ va sistemalari 
shakllanish jarayoni sodir bo’ladi. Homilaning alkogol bilan zaharlanishi turli norasolik va 
nuqsonlarga sabab bo’ladi. Homila alkogoldan umuman himoya etilmasligi tufayli uning 
miyasiga zarar yetkazadi. SHu sababli bosh miyada suv to’planishi, shishlar, grijalar bilan 
og’rigan bolalar dunyoga keladi. 
Bunday bolalar ilk bolalik davrida yoki nobud bo’ladilar yoki butun umrga aqliy noraso 
bo’lib qoladilar. 
Ikkinchi bosqich maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bosqich. Bu bosqichda ikki 
sabab bo’lib, ota onalarning pedagogik savodsizligi va oilaviy hamda maktab anhanalari 
hisoblanadi. Pedagogik savodsizlik ota onalar alkogolni (dori darmon) shifoviy modda deb 
hisoblaydilar.Alkogol ishtahani kuchaytiradi, kamqonlikni tuzatadi, uyquni yaxshilaydi, Tish 
chiqishini osonlashtiradi. Ota-onalar bolalarga yoshlik davridan spirtli ichimlikni kichik 
miqdorlarda ichirib turilishi katta bo’lganida alkogolga berilib ketishi oldini oladi degan fikrlar 
yuradi.Bolalar o’yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so’zlari gapiradilar, bakallarni 
urishtiradilar, ularning mast holatlarini o’xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol 
tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo’ladi. 
Alkogolning o’zi gendan o’tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri 
xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o’tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan. 
Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik 
holatlari asosiy rol o’ynaydi. 
Uchinchi bosqich o’smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi yettitasini 
ko’rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv 
reklamalar; bo’sh vaqtida hech bir ish bilan shug’ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi; 
muammolarni hal etish bilan shug’ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o’zini tashkil 
toptirish.Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo’ladi, bu berilish odatga aylanadi, 
bu odat esa ko’pchilik hollarda alkogolga qaram bo’lib qolishi hollariga olib keladi. 
1.
Itimoiy-iqtisodiy (o’qishni tashlab ketish, ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin 
pasayishi, ishlab-chiqarish va maishiy jarohatlar sonining oshib borishi, turli xil alkogolizmga 
qarshi chora-tadbirga harajatlar sarflash). 
2.
Ijtimoiy-psixologik (oilaviy, maktab, mehnat yoki boshqa ijtimoiy-ijobiy 


123 
aloqalarining uzilishi, shaxsning ma’naviy va ruhiy barbod bo’lishi, mikromuhitda ma’naviy-
psixologik vaziyatning yomonlashishi). 
3.
Kriminal (jinoyatlar sodir etish, boshqa odamlar bilan jinoiy faoliyatlarga qo’shilib 
ketish, kriminalizitsiya va viktilizatsiya
28
yuzaga kelishi uchun qulay vaziyatlar yaratilishi). 
4.
Jismoniy (alkogol iste’mol qilgan aniq bir shaxsning o’zigina emas, balki kelajak 
avlod sog’lig’i uchun ham zarar keltiriladi). 
Spirtli ichimlik ichishga bolalarning (moyillik) berilish darajalari.Katta sinf 
o’quvchilarining spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari jarayonini o’rganib chiqqan olim-
fiziologlarning tekshirishlariga tayanib yettita darajalarini ko’rsatish mumkin. 
Bolalarning spirtli ichimlik ichishga berilish darajalari. 
Bosqich nomi 
Sabablari 
1. Nolinchi daraja 
--//-- 
2. Boshlang’ich daraja 
Kattalar dunyosiga qo’shilish 
“hamma kabi bo’lish” 
3. Alkogolni bahzan iste’mol qilib 
turish 

kayfiyatni ko’tarish 

o’ziga ishonchini oshirish 

o’z ko’rinishini yaxshilash 
4. Yuqori darajasi 

organizmni quvvatini oshirish 

erkin xis etish 

do’stlari orasida vaqtni xursandichilikda 
o’tkazish 
5. Yaqqol psixik qaramligi 
hayot tashvishlaridan vaqtinchalik chalg’ish 
o’ziga ishonchini oshirish 
6. Jismoniy bog’liqlik 

o’zini yomon xis etishini yo’qotish 

avvalgi ichganlari ta’sirida 

hayot tashvishlarini esdan chiqarish uchun

hayotiy kuch-quvvatini oshirish uchun 
7. Shaxsning alkogolizm bilan 
buzilishi. 

kasalmand holatini yo’qotishga intilish 
Nolinchi darajasi o’zining shaxsiy fikri bo’yicha sog’lom hayot kechirishga intiluvchi hech 
qachon spirtli ichimlik ichmagan balog’at yoshiga yetmagan bolalarni ifodalaydi. Spirtli 
ichimliklar ichishdan bosh tortish sabablari: spirtli ichimliklarning organizmga, o’zini xis 
etishiga va hulqiga yomon ta’sir ko’rsatishiga ishonishi.Boshlang’ich bosqichida spirtli 
ichimliklarini alohida hollarda yoki judakam hollarda iste’mol qiladilar 
Alkogolni iste’mol qillganda o’zini yomon xis qiladi, spirtli ichimliklar yoqmaydi. 
Alkogolni iste’mol qilish sabablari quyidagilardan iborat: kattalar dunyosiga qo’shilish, hamma 
kabi bo’lish, bu bosqich odatda 2-3 oy davom etadi.Vaqti-vaqti bilan spirtli ichimlik ichish 
alkogoli bor turli ichimliklarni ichib ko’rib bilan ifodalanadi. Kichik miqdordagi spirtli 
ichimliklar eyforiyani keltirib chiqaradi. Alkogolni iste’mol qilish sabablari: kayfiyatni ko’tarish, 
o’ziga ishonchini oshirish, kommunikabelligini ko’tarish, bu davr 3-4 oy davom etadi. 
Yuqori xavfli darajali davri ichkilik ichish uchun odatda sabablari ko’payib borishi bilan 
ifodalanadi, odatda. oyiga ikki marotabadan ko’proq. Sabablari: o’zini tetik xis etish yoki erkin 
xis etish uchun, do’stlari bilan vaqtini xursandchilikda o’tkazish uchun. Bu davrning davomiyligi 
4-12 oydan iborat. Bu bosqichda alkogolni iste’mol qilishga faol intilishi namoyon bo’ladi, 
uning ta’sir kuchini tushunib oladi. Alkogol ta’siri ostida o’smirlarda faqatgina yaxshi kayfiyat 
paydo bo’libgina qolmay, balki faolligi va tajovuskorligi ham oshadi. O’smirlar o’zlaridan bir 
necha yosh katta bolalar bilan aloqalar o’rnatadilar.Kattalardan mast holatlarini yashirishga 
28
Виктилизация (лотинча victime-³???он) – ижтимоийлашиши учун но?улай шароит, вазиятлар, Бунинг 
о?ибатида инсон ?урбон б?либ ?олади 


124 
o’rganadilar. Bu bosqichda spirtli ichimliklarga odatlanib qoladi, lekin hali bog’lanib, qaram 
bo’lib qolgan emas. 
Alkogolga yaqqol psixik bog’lanib qolganligi darajasi. Alkogoldan mast bo’lish 
o’smirlarning juda yoqtiradigan psixik holatiga aylanib qoladi va ulardan bolalar kayfiyatini, 
hulqini boshqaruvchi sifatida foydalanadilar. Sabablari: vaqtinchalik hayot tashvishlaridan 
chalg’ish, o’ziga ishonchini oshirish. Psixik bog’lab qolish 1,5 yil davomida yuzaga keladi. Bu 
bosqichda alkogolga psixik qaram bo’lib qolishi shakllanadi. Spirtli ichimlik iste’mol qilish 
kunlik surhati ortib boradi. 
Alkogol ichishga intilish endi faqatgina kechki paytlarda emas, balki butun kun davomida 
davom etadi, shu bilan birga sutkalik mehyori ortib boradi. Spirtli ichimlik iste’mol qilishni 
to’xtatgan paytlarida jahldor, ta’sirchan bo’lib qoladilar. Ularning kayfiyatlari tez o’zgarib 
yomonlashadi, ko’pincha janjalkashlik va jahldorliklari namoyon bo’ladi. Ular kichik bolalarni 
spirtli ichimlik ichishga jalb qiluvchi bo’ladilar. Bunday hollarda pedagogik va tarbiyaviy 
ta’sirlardan tashqari tibbiy choralar – narkologga murajjat etish va davolash zarur bo’ladi. 
Alkogolga jismoniy bog’lanib qolish darajasi. Spirtli ichimlikka juda o’rganib qoladi, boshi 
og’rib, xumor qiladigan bo’lib qoladi, alkogolni iste’mol qilish miqdori nazorat qilinmaydi. 
Jismoniy bog’lab qolishlik spirtli ichimlik iste’mol qilganida 3-5 yil davomida yuzaga keladi. Bu 
davrda alkogolga psixik va jismoniy bog’liqligi kuchayishi sodir bo’ladi. Yaqqol ifodalangan 
bosh og’rig’ini yo’qotish sindromi paydo bo’ladi. Bosh og’rig’i paytida kayfiyati yomonlashishi, 
xafa bo’lishi, ko’ngli bo’shashib ketishi, organizmi fiziologik vazifalarining buzilishi kuzatiladi: 
tez terlab ketadi, qo’llari qaltiraydi, yura kurushi tezlashadi. Bu bosqichda shaxsning patologik 
xususiyatlari tez shakllanadi, u ta’sirchan, jahldor, tajang, qo’pol, beraxm bo’lib qoladi. 
Intellektual rivojlanishi sekinlashadi. Bolalar tez-tez mashg’ulotlarni o’tkazib yuboradilar, 
yomon o’qiydilar. Bahzan uylaridan ketib qolib daydib yuradilar. Bu bosqichda darxol 
kasalxonada davolash kerak bo’ladi. 
Shaxsning alkogolik buzilish darajasi surunkali ichkilikbozlikning rivojlanishi bilan 
ifodalanadi, spirtli ichimlikka chidamliligi pasayadi. Og’ir jismoniy bog’liqligi shunchalik 
kuchliki, u alkogoldan psixik bog’liqlikdan ham ustun bo’ladi. Sabablari: yomon ahvolini 
tuzatishga harakat qilish. Bunday holatda darhol kasalxonada davolash zarur bo’ladi. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu aniq bir bolaga uning individual muammolarini hal etish 
uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan faoliyatdir. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi printsiplarga tayanadi: 

bolaga individual-shaxsiy yondoshish 

bola shaxsining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratish 

bolaga yondoshishning obhektivligi 

konfedentsialligi
29
ijtimoiy-pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi o’z tuzilishiga ega va quyidagi 
tarkibiy qismlardan tashkil topgan: maqsad, subhekt, obhekt, funktsiyalari, metodlari, shakllari, 
spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning 
tuzilishi har bir tarkibiy qismi mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 
Birinchi - tashkiliy qismi. Alkogolizmga odatlangan o’smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik 
faoliyatning maqsadi bolalarda alkogolizmni rivojlantirishga imkon beruvchi salbiy omillarni 
yo’qotishga qaratilgan. 
Alkogol iste’mol qilishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning 
mazmuni: spirtli ichimlik ichishga oatlangan bola bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning 
faoliyatida asosiy yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin: 
1.
Bolaning ijtimoiy moslashishi darajasini oshirish bo’yicha faoliyat. 
2.
Alkogolizmni oldini olish bo’yicha faoliyat. 
3.
Ota-onalarga bilim berish bo’yicha faoliyat 
4.
Bolalar ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha faoliyat 
29
Кonfedensial(lotincha confidential -ishonish) – ishonuvchi,ovoza овоза bilinmaydigan maxfiy. 


125 
5.
Muhitga moslashtirishga to’siq bo’lgan vaziyatlarni yo’qotish bo’yicha 
bola va uning atrof-muhiti o’rtasidagi vositachilik faoliyati. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni 
bajarishini ko’zda tutadi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin