Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Retsedivistlar
(takroriy jinoyat sodir etish) sabablari orasida “jabrlanuvchilar qarshilik 
ko’rsatmadilar”, “o’ziga ishonish xissi paydo bo’ldi”, “o’g’rilangan narsani sotish osonligi”, 
“tajribali yo’lboshchining rahbarligi” kabi sabablar uchraydi. 
Asossiz beshavqatlik xususiyatiga ega og’ir jinoyatlar, odam o’ldirish, bezorilik, og’ir tan 
jarohati yetkazishning ko’pchilik qismi o’smirlar tomonidan mast holatda yoki narkotik istehmol 
qilgan holatda sodir etiladi. Bunday holatlarda jinoyat sodir etish aybni og’irlashtiruvchi 
hisoblanadi. Hukm etilganlarning ko’pchiliklari erta chekishni boshlaganliklari, spirtli ichimlik 
ichganlari aniqlandi, bunga kattalar, shu jumladan ota-onalari ibrat bo’lganlar, yana o’rtoqlaridan 
toksik moddalarni xidlashga, narkotiklar istehmol qilishga o’rganish sabab bo’lgan.
Jinoyatlarning bir qismi o’smirlar tomonidan kattalar bilan birga sodir etiladi. Bunday 
jinoyatlar odatda oldindan tayyorlanadi. Katta yoshli jinoyatchilar, jinoyat fosh etilgan taqdirda 
o’smir “o’rtoqlik xissi” va qasam ichganligi sababli aybni o’z bo’yniga oladi deb o’ylaydilar, 
agarda sud bo’ladigan bo’lsa unga katta muddat bermaydilar, shartli yoki ijro etishni orqaga 
surish beriladi deb ishontiradilar. Mustaqil va hech kimga qaram bo’lmaslikka intilib, lekin 
bunga xali tayyor bo’lmay o’smirlar jamoatchilikka yot elementlarning psixologik ta’sir 
ko’rsatishlariga osongina ko’nadilar. O’smir bir o’zi hech qachon jazm eta olmaydigan ishni u 
guruhda amalga oshira oladigan bo’ladi. 
Bahzi o’smirlar jinoyat sodir etib buni sho’xlik deb baholaydilar. Ular tartib buzish bilan 
jinoyat orasidagi chegarani ko’rmaydilar. O’tkazilgan so’rovlar natijasida hukm etilgan 
balog’atga yetmaganlarning 50 % gina ular jinoyat sodir etayotganlarini bilganlar. 20 % taxmin 
qilganliklari, qolganlari esa hatto xayollariga ham keltirmaganliklari aniqlandi. Ularing 
ko’pchiliklari o’z huquqbuzarliklarini jasorat, madrlik va irodasini ko’rsatish deb baholaydilar. 
Balog’atga yetmaganlarga tarbiyalash koloniyalarida bo’lishi boshlang’ich davri, hayot 
sharoitiga moslashishlari katta ta’sir ko’rsatadi. Moslashish yaxshi va yomon ham bo’lishi 
mumkin, lekin salbiy va ijobiy ham belgilarga ega bo’lishi mumkin. Bu davrda yuqori o’rinni 
egallash, jamoadagi rollarini taqsimlash uchun kurash boradi. Bu davrda tartibni buzish va 
jinoyatlar sodir etishning o’sishi kuzatiladi. Tashqi dunyodan ajratib qo’yilishi hukm 


132 
etilganlarning munosabatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Rejimli tashkilotlarda munosabatlar ikki 
turga ajratiladi: rasmiy va norasmiy. Rasmiy munosabatlar jazoni o’tash rejimi va ichki tartib 
bilan boshqariladi. Norasmiy munosabatlar - hukm etilganlarning norasmiy munosabatlar 
tizimida tutgan o’rniga binoan ularni kategoriyalarga ajratuvchi “boshqa hayot” qoidalari bilan 
boshqariladi. 
Stratifikatsiya hukm etilganning o’z guruhida balog’atga yetmaganlarni “o’zlariniki va 
begonalarga” ajratish mavqeini qathiy belgilashdan iborat bo’ladi.Retsidivistlar
30
keng jinoiy 
aloqalarga ega bo’lib, ular ancha yuqori mavqega ega bo’ladilar. Ko’plab sonli guruhlar mavjud 
bo’lishiga qaramay hukm etilganlar ikkita asosiy guruhlarga ajratiladi: 
1) Yuqori mavqeli - mustahkam, qathiylar, “o’g’il bolalar” 
2) past statusli – ezilganlar, “pastlar” xo’rlanganlar.Bu guruhlardan har biri o’z guruhlariga 
ega, bu ko’plab janjallar kelib chiqishiga olib keladi. 
Tarbiyalash koloniyasiga kelgan yangi odamni mavqei odatda “ro’yxatga olish” yo’li bilan 
aniqlanadi. Yangi bolani faxm-farosatliligini, aqlini, o’zini himoya qila olishini tekshirib 
ko’radilar. Ko’pincha bu sinovlar beshavqat va beraxmlik ko’rinishida bo’ladi. Sinovdan 
o’tayotganning sog’lig’i uchun ma’lum xavf mavjud bo’ladi. Balog’atga yetmagan hukm 
etilganlarning kattalardan farqi ko’pchilik o’smirlarda ma’lum hayotiy rejalari, kelajakdagi 
istiqbollari yo’qligidan iborat bo’ladi, bu ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni ancha 
qiyinlashtiradi.Shunday qilib, balog’atga yetmagan hukm etilganlarning shaxsi va guruhlari 
belgilari quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi: Yoshi xususiyatlari – organizmining tez 
jismoniy rivojlanishi: ma’naviy beqarorligi,mos bo’lmagan ravishda o’ziga baho berish (yuqori 
baholash, past baholash),irodasi jadal shakllanishi jarayoni, dunyoqarashning qarama-qarshiligi, 
pedagogik va ma’naviy tarbiyasizlik,bo’sh vaqtining tashkil etilmaganligi, bilim, ma’naviy va 
professional darajasi pastligi, oiladagi muammolar,ota-onalarining yo’qligi, yoki oilasi to’liq 
emasligi,ota-onalarining yoki qarindoshlarining jamoat tartib-qoidalarini buzishlari,qarindoshlik 
aloqalari uzilishi. 
1.Jinoyat sodir etish motivlari: 

Sotib olishga qurbi yetmagan narsaga ega bo’lish istagi. 

o’g’il bolaligini ko’rsatib qo’yish, guruxda obro’ga ega bo’lish. 

Jinoyat sodir etayotganligini yaxshi tushunib yetmaslik. 
2.Deviant (og’ish, chetlanishlar) yomon axloqqa odatlanishih 
3.Katta yoshdagi jinoyatchilarga bo’ysunishi. 
4.Huquqiy bilimi pastligi. 
5.tashkilot tarbiyasi va tartibiga qarshi bo’lish. 
6.Tashkilot sharoitlariga moslashib olish imkoniyatlari. 
7.Hukm etilganlarning stratifikatsiyasi (status-rolli munosabatlar) 
8.Ma’lum hayotiy rejalarning yo’qligi.Shunday qilib, balog’atga yetmagan hukm etilgalar – bu 
shaxsi ijtimoiylashishi jarayoni oxiriga yetmagan odamlar, bu jarayon turli ijtimoiy o’rin 
egallashni, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar tizimiga qo’shilishini ko’zda tutadi.O’smirni 
jinoyat sodir etganda aybdor deb hisobladilar. Uni tarbiyalash koloniyasiga, yahni yopiq turdagi 
tarbiyalash tashkilotiga yuboradilar. Bu albatta shaxsning ijtimoiylashish jarayonini to’xtatib 
qo’yadi va uning bir tekis rivojlanishini yanada qiyinlashtiradi. 
Ijtimoiylashish yakunlanmagan jarayonini jamiyatdan ajratib qo’yilgan holatda davom 
ettirishga to’gri keladi. Bu Ushbu jarayonning mohiyatiga qarama-qarshidir. Ko’pchilik 
o’smirlar (jinoyat sodir etgan) ijtimoiy muhit uchun jiddiy xavf tug’diradilar. Shuning uchun 
ularni jamiyatdan ajratib qo’yish zarurdir. SHu sababli ular uchun ozodlikdan ma’hrum etish 
jazosini qo’llashdan bosh tortishning iloji bo’lmay qoladi.Shunda qarama-qarshilik yuzaga 
keladi: o’smirni jamiyatdan ajratib quyish zarurligi va shu bilan bir vaqtda uni ijtimoiylashtirish 
jarayonini yakuniga yetkazish.Milliy va chet el tajribalarining ko’rsatishiga jazo choralarini 
30
Retsidivist (lot. Recidivus- orqaga qaytuvchi)- ilgari jazolangan jinoyatiga o’xshash jinoyat sodir etgan va 
qattiqroq jazo olishi kerak bo’lgan odam. 


133 
kuchaytirish, qattiq nazorat qilish o’smirlar orasida jinoyatchilikning o’sishi muammosini 
samarali hal etish yo’li deb qaralishi mumkin emasligini ko’rsatdi. Jinoyatchilikni yo’q qilish – 
bu birinchi navbatda ijtimoiy muammodir. 
Jinoyatchilik darajasi faqatgina uni yuzaga keltiruvchi omillarni yo’qotib borilgan holdagi 
asta-sekin pasayib borishi mumkin. Balog’atga yetmaganlar jinoyatchiligi bilan kompleks va 
samarali kurashish maqsadlarida davlat milliy dasturi rejalashtirilmoqda va amalga 
oshirilmoqda. Masalan, 70-yillarda AQSHda axloqi buzilgan yoshlar hayoti ijtimoiy, turmush 
madaniy va moddiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha 36 dastur amalga oshirildi. XX asrning 90-
yillarida AQSHda yoshlar orasida axloqi buzilganlar bilan kurashish bo’yicha 65 ta dastur 
amalga oshirilgan. Ana shu dasturlarni bajarish uchun kongress 15 mlrd. dollar ajratdi. Yevropa 
parlamenti ekspert komissiyasi 1996 yili balog’atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik 
muammolarini ko’rib chiqib yoshlar va balog’atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik bilan 
kurashish samaradorligi oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqdi. Ular asosan quyidagilardan 
iborat: politsiya xodimlari, ijtimoiy tashkilotlar va yoshlar, balog’atga yetmaganlar ishlari 
bo’yicha milliy tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi hamkorliklarini ancha 
kuchaytirish kerak: balog’atga yetmagan huquqbuzarlarni jinoiy javobganlikka tortish va ularni 
tergov paytida ushlab turish amaliyotini o’zgartirish kerak; O’smirlarni jazr o’tash muddatlarini 
ikki yil bilan chegaralash, muddatidan avval ozod etish huquqini berish. Umuman olganda 
balog’atga yetmagan huquqbuzarlarni tuzatish tashkilotlariga joylashtirmay qayta tarbiyalashni 
afzal bilish taklif etiladi. 
Ozodlikdan mahrum etish ko’rinishidagi jinoiy jazodan to’la bosh tortishga erishish 
masalasi mumkin bo’lmaganligi sababli ko’pchilik mutaxassislar jazo choralari 
belgilanayotganda o’smir huquqbuzarlarning undan psixologik ta’sirlanishlari va ularning yoshi 
xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya etadilar. Tarbiyalash koloniyalariga joylashtirilgan 
balog’at yoshiga yetmagan huquqbuzarlar bilan ishlashda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish choralari, 
maktab va o’smirlarning ozod etilishiga psixologik tayyorgarligi asosiy rol o’ynashi 
kerak.Bugungi kunda bizning jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo’lgan masalalardan biri so’zsiz yoshlar orasida jinoyatchilikning o’sishini pasaytirish yo’llarini 
izlash va ularni oldini olish samaradorligini oshirish hisoblanadi. 
Bu keskin muammoni hal etishda ijtimoiy pedagogika asosiy ahamiyatga ega bo’ladi, biroq 
bu muammoni jamiyatning hamma kuchlarini jalb etish, kompleks usullar bilangina hald etish 
mumkin. Aniq bir huquqbuzar bilan individual ish olib borish, tarbiyaviy-profilaktik jarayonni 
tashkil etish sohasida aniq bir sistemaning yo’qligi oqibatida tarbiyalash tizimida ko’pchilik 
kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Bahzi pedagoglar individual yondoshishni hulqida og’ish 
bo’lgan o’g’il bolalar va qizlarning xususiy xususiyatlarini hisobga olish deb 
tushunadilar.Individual yondoshish uning individual qobiliyati va imkoniyatlariga mos ravishda 
tarbiyalash ijtimoiy xususiyati bilan belgilanadigan shaxs sifatlarini unga yetkazishdan iborat 
bo’ladi. 
1.
Ma’naviy ongini ishlab chiqish. 
2.
Pozitiv hulqi ko’nikma va odatlarini shakllantirish 
3.
Jamoyatchilik tartibiga zid ta’sirlarga qarshi tura olishga imkon beruvchi irodaviy 
kuchlarini tarbiyalash. 
4.
Mikromuhitni ijtimoiy sog’lomlashtirish. 
Huquqbuzarlikni profilaktika qilish asosiy vazifalari:Ijtimoiy hulqi og’gan va huquqbuzarlikka 
qodir bo’lgan shaxslarni hamda ularga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ota-onalar va boshqa 
shaxslarni o’z vaqtida aniqlash. 
1.
Yosh insonning jamiyat bilan kelishmovchiligiga yo’l qo’ymaslik, bunga imkon 
yaratuvchi sabablar va holatlarga yo’l quymaslik maqsadida balog’atga yetmagan 
huquqbuzarlarning shaxsi yoshi va psixologik xususiyatlarini o’rganish 
2.
Huquqbuzarlarga va uni o’rab turgan muhitga individual tarbiyaviy profilaktik ta’sir 
ko’rsatish dasturini ishlab chiqish. 
3.
Tarbiyaviy va profilaktik ishlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat hamma subhektlarining 


134 
birgalikdagi harakatlarini va mosligini tashkil etish, hulqi buzilgan o’smirlar hayot 
kechirishini kundalik, muntazam nazorat qilishni amalga oshirishni tashkil qilish. 
Qayta tarbiyalash - qayta kuch talab etadigan, jiddiy, mashaqqatli, turli xil profilaktik va 
ma’naviy ta’sir ko’rsatish usullaridan foydalanishni talab etadigan murakkab jarayondir, chunki 
oilada ham, maktabda ham va mehnat jamoalarida ham hulqi ijobiy qo’nikmalariga 
o’rganilmagan tarbiyaviy va pedagogik mazmunda eng ortda qolgan odamlar bilan ishlashga 
to’g’ri keladi. 
Qayta tarbiyalash jarayonini tashkil etishda quyidagi kategoriyadagi balog’atga 
yetmaganlarga alohida e’tibor berilishi kerak: 
1.
Jazo olib tarbiyalash koloniyalaridan qaytib kelgan, lekin ularning hulqlari 
tashvish uyg’otadigan shaxslarga. 
2.
Ozodlikdan ma’hrum etish hukmini ijro etish kechiktirilgan balog’atga yetmagan 
huquqbuzarlarga nisbatan. 
3.
Jinoyat sodir etib, lekin jinoiy javobgarlikdan jamoatchilik yoki administrativ 
ta’sir ko’rsatish, yoki amnistiya sababli ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi 
mumkin bo’lgan yoshgacha ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etganlarga. 
4.
Maxsus o’quv-tarbiyaviy tashkilotlardan qaytib kelganlarga. 
5.
Jamoatchilik yoki administrativ ta’sir ko’rsatish choralariga olib keluvchi 
huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan. 
6.
Spirtli ichimlik yoki narkotik moddalar istehmol qiluvchilar. 
7.
Ilgari sudlanmagan, lekin bir yil davomida ikki marta administrativ javobgarlikda 
ayblangan, yoki rasmiy ogohlantiriga takror olib keluvchi shaxslar. 
8.
O’qishni doimiy qodiruvchilar. 
9.
Doimiy qimor o’ynaydigan va jamoatchilik tartibiga rioya qiymay hayot 
keradiganlar. 
Huquqbuzarlar bilan ishlash usullari turlicha bo’lishi mumkin: kitob o’qishga, sanhatga 
qiziqtirish, ijobiy yo’nalishdagi norasmiy guruhga qo’shish; kech qolish, dars qoldirish odatlarini 
yo’qotish. Yosh huquqbuzar shaxsiga tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko’rsatish metodlari, vosita va 
usullarini tanlash ko’p holatlarga bog’liq bo’ladi. Ulardan bir qismini yuqorida ko’rsatib o’tdik. 
Individual profilaktika shaxsning faolligini, kerakli chora-tadbirlarni o’tkazishga istagi yoki 
qarshiligini hisobga olishni talab etadi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin