Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

degradatsiyalash
, spirtli ichimlikka 
qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi. 
Alkogolizm rivojlanishining boshlang’ich bosqichida inson alohida kasalmand ahvolga 
tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida kasallik rivojlanib
ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati 
bir-biri bilan o’zaro aloqador bo’lib, quyidagi holatlarga sabab bo’ladi: jinoyatchilik, 
huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma’naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o’z-
o’zini o’ldirish.
Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlardagi kasallikning birinchi 
ko’rinishllari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o’ziga xos 
xususiyatlarga ega:
1.
Spirtli ichimliklarga tez o’rganib qolish. Agar kattalarda ichkilikbozlikdan alkogolizmgacha 
bo’lgan davr5-10 yil bo’lsa, bolalarda surunkali alkogolizmga o’tish 3-4 marta tezroq yuz berishi 
mumkin. Bu bolalar organizmining anotomik-fiziologik tuzilmasiga bog’liq. Bolalar miyasi 
kattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol yaxshi erishi va 
organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o’pka va jigarda qolishiga olib keladi. Qolgan 
93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi. Bola bu zaharga 
tezda o’rganib qolishiga olib keladi. 
2.
Kasallikning og’ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida turganligi bilan 
organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida organizm va asab 
tizimini buzuvchi, og’ir tuzatib bo’lmaydigan jarayonga sabab bo’lishi bilan ifodalanadi. 
3.
Bola tomonidan alkogolni (katta) ko’p miqdorda iste’mol qilish. Bu bolalarning alkogolni 
iste’mol qilishi jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, shu sababli ham bolalar yashirincha, 
birdaniga ko’p miqdorda iste’mol qilishga harakat qiladilar. 
4.
Ichkilikbozlikning tez rivojlanishi. O’smirlar istagan bo’lar-bo’lmas sabablar tufayli ichishni 
mehyoriy odat qilib oladilar, yengil mastlik holatidayoq ular o’zlaricha ishonchsizlik holatini 
sezadilar. SHu sababli ular to’liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar. Shundagina ichimlikni 
muvaffaqiyatli, to’liq darajali hisoblaydilar. 
5.
Davolashning kam samaraliligi. Voyaga yetmaganlar o’rtasidagi ichkilikbozlik xulqiy 
og’ishganlik bilan uzviy bog’liqdir. O’smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi 
shundaki, u o’z-o’zini nazorat qilish xususiyatini bo’shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik 
o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo’ladi: 

Voyaga yetmaganlar ko’pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o’g’rilik, 76 % 
bezorilik, 6 % zo’ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko’pgina zo’ravonlik holatlari (agressiv) 
mastlikda sodir etiladi. Bu holat – mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor 
ko’nikmalarining yo’qolishiga sabab bo’ladi; 

ko’pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag’ga ega bo’lish maqsadida 
sodir etiladi; 

ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarda ko’pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish 
(kriminologiyada “mast motivatsiya” atamasi mavjud); 


121 

ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo’ladi; 

ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarning jamiyatdan xulqiy og’ishgan tengdoshlari guruhlariga 
qo’shilishlarida vosita sifatida namoyon bo’ladi; 
ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo’shilib qolishlariga sabab bo’lib, 
uni ko’pincha katta yoshdagilar tashkil etadi. 
Oilalarga nisbatan bolalar ko’proq spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaydigan oilalarning bir 
necha turlari mavjud: 
1.
Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, oila 
ahzolari orasida keskinlik ko’rinishida mavjud bo’ladi. Oila ahzolari bir-birlarini yomon 
xususiyatlarini ko’rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo’ladilar. Qandaydir bir 
yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar. 
2.
Alkogol o’zini namoyon qilish vositasi sifatida. O’smirlar ichkilikbozliklarining 
sabablaridan biri – bu kattalarga o’xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o’smirlar 
mardlik va dovyuraklik, mustaqillikdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi, 
maktab jamoasida o’zini namoyon eta bilmaslik bunday o’smirlarni spitli ichimlik ichishga, 
ko’chadagi o’rtoqlari orasida o’zini ko’rsatishga majbur etadi. 
3.
Alkolog reklama sifatida. Spirtli ichimliklarni ichishni kino, televidenie, reklamalarda 
ommalashtirish spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga o’smirlarni qiziqtiradi. AQSHlik 
sotsiologlar spirtli ichimlik ichadigan kino qahramonlar namunasi (ular asosan ijobiy rollarni 
o’ynaydilar) o’smirlarni ichkilikbozlikka jalb etishning eng ta’sirli usulidir. 
4.
Alkogol vaqtni o’tkazish vositasi sifatida. Maktabdan tashqari bolalar va o’smirlar 
muassasalari sonining kengayib ketishi turli xil ta’lim xizmatlari uchun to’lanadigan narxlarning 
qimmatligi (musiqa, raqs va boshqalarga o’rgatish) ko’pchilik o’smirlarning bo’sh vaqtlari ko’p 
bo’ladi. Foydali ish bilan shug’ullanmaydigan o’smirlar ko’chalarda to’dalarga qo’shilib odatda 
spirtli ichimliklari icha boshlaydilar. 
5.
Alkogol mehyordagidan psixik kamchiliklari o’rnini to’ldiruvchi vosita sifati. Bolalarda 
alkogolizmini rivojlanishiga ko’pincha psixik sog’lomligidan kamchiliklari yoki ijtmoiy 
moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog’lig’idagi kamchiliklar sabab bo’ladi. Nuqsonning 
paydo bo’lishi sababidan qathiy nazar (tug’ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) bolada 
atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o’ziga noto’g’ri baho berish yuzaga keladi. Bunday 
hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon beruvchi, 
o’rnini to’ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib borishini 
ta’minlaydi. 
6.
Alkogol hayoliy haqiqat sifatida. Bahzi bir o’smirlar o’zidagi mavjud keskinlikni 
yo’qotish, yomon tashvishlardan ozod bo’lish maqsadida spirtli ichimlik iste’mol qiladilar. 
Keskin vaziyatlar oilada yoki maktab jamoasida begonalashib qolishi sababli yuzaga kelishi 
mumkin. 
O’smirda dunyodagi hamma hayotiy tashvishlarni spirtli ichimlik ichib hal qilish mumkin 
degan fikr paydo bo’ladi. 
 
Bolalar turli mutaxassislar: tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar turlicha baho 
beradilar. Alkogolizm sabablari va oqibatlari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin