Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Birinchi vazifasi – diagnostika qilish
. Bu faoliyat bolalarni spirtli ichimliklarga 
o’rganishlari xavfi omillarini yo’qotishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga 
odatlangan bola haqida ma’lumotlar to’plash yo’li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning 
xususiyatlarini o’rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to’playdi, bolaga yomon ta’sir 
ko’rsatish manbalarini o’rganadi, spirtli ichimlik ichishga o’rgatuvchilarni aniqlaydi, 
mikromuhitning bolaga ta’sirini o’rganadi. 
Ma’lumotlar to’plash bolaning o’zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari bilan suhbatlar
so’rovlar (og’zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi. Bundan tashqari standartlashtirilgan 
intervg’yu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini o’rganish usullarini ham qo’llaniladi. 
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish
, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida pedagog 
alkogolizmga berilgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan 
iborat bo’ladi. 
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy.
Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini 
hamdauni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko’zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-
reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning 
ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarini yo’qotadi. 
To’rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish. 
Pedagogik o’z faoliyatini huquqiy asosda 
qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi. 
 Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik. 
Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib 
borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarni olib borishlarini talab etadi. 
Oltinchi vazifasi – kommunikativ. 
Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga 
oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o’rtasida ko’plab aloqalar 
o’rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo’ladi. 
 Yettinchi vazifasi – oldini olish – profilaktik, 
bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni 
mustahkamlash va ichkilikbozlik va alkogolizmning takrorlanishi mumkinligini yo’qotishni 
ta’minlaydi. 
O’zining faoliyatida ijtimoiy pedagog uchta asosiy rollarda ishtirok etadi: 
- maslahatchi sifatida, u ota-onalar va bolalar o’rtasida janjalsiz, tortishuvsiz, kelishib 
munosabatlarda bo’lish muhimligi va mumkinligi haqida oilaga ma’lumotlar beradi. 
- konsulg’tant rolida, oilaviy, mehnat, boshqaruv va jinoiy qonunchilikni hamda 
psixologik, pedagogik, ijtimoiy pedagogik masalalarini tushuntiradi. 
- ota-onalar yoki yaqin atrofidagilari tomonidan bolaning huquqlari buzilgan hollarda 
himoyachi sifatida harakat qiladi. 
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: 
1)
Kichik yoshdagi maktab o’quvchisida o’kishga intilishni shakllantirish (bola 
spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o’qishida jiddiy 
muammolar yuzaga keladi va o’qishni istamaydi qoladi). 
2)
Irodasi, o’z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va 
rivojlantirish 
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko’rsatib berish, syujetli-
rolli o’yinlar.O’smirlik davrida,11 yoshdan boshlab, kattalar bolalarga o’z ta’sirlarini yo’qota 
boshlaydilar va o’z tengdoshlari bilan munosabatlar katta ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. 
O’smirning ijtimoiy mavqei qanchalik past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shunchalik past bo’ladi. 
Shuning uchun u o’zi istamagan ijobiy harakatlarni amalga oshiradi.Ijtimoiy pedagog ishida 
asosiy e’tiborni quyidagi yo’nalishlarda guruhlar bilan ishlashga qaratishi shart: 
1.
Alkogolizm sabablari va oqibatlarini oldini olish bu- ishni alkogolizm bilan bog’liq 
mavzuda guruhli munozaralar yoki roli o’yinlar o’tkazish yordamida amalga oshirish mumkin. 
2.
O’smirlarni bo’sh vaqtlarini tashkil qilish, chunki mazmunsiz vaqtni o’tkazish 


126 
o’smirlarning spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari rivojlanishi xavfi asosiy omili hisoblanadi. 
3.
O’smirda alkogolga qarshi ishonchini shakllantirishga qaratilgan alkogolga qarshi 
tarbiyalash. 
4.
Maktab pedagogik jamoasiga alkogolizmgi qarshi bilimlar berish. Alkogolga qarshi 
tarbiya elementlarini maktab doirasida fanlarga kiritish mumkin. Masalan, “Davlat va huquq 
asoslari” faniga “alkogolizmga berilib ketish oqibatida ota-onalik huquqlaridan ma’hrum etish” 
mavzusini kiritish mumkin; “Tarix” faniga “Qoloq xalqlarni ularni qul qilish maqsadida 
kolonizatorlar tomonidan spirtli ichimlik berib mast qilishlari” mavzusini va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
5.
Ijtimoiy pedagogning vositachilik faoliyati – bu oldini olish ishlariga faqatgina 
o’kuvchilarning ota-onalarini emas, balki militsiya xodimlarini, rayon poliklinikasi 
shifokorlarini, jamoatchilikni ham jalb qilishdan iborat bo’ladi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin