Jinoyatchilik bolalarda g‘ayriqonuniy hatti-harakatning namoyon bo‘lish shakli sifatida.
Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng
dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o’sishi eng avval
rivojlangan mamlakatlar uchun xosdir. Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida
jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g’arb mutaxassislari yoshlar o’rtasidagi ishsizlikni,
yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon usullaridan
qoniqmasliklarini ko’rsatadilar.Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo’yicha 1996 yili
xibsga olingan hamma huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar
bilan o’g’rilik qilgan jinoyatchilar orasida ishsizlar to’rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular
tomonidan shaxslarga nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan.
Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlar uchun odil sud va huquqbuzarlikni olidini olish AQSH
federal byurosi rahbari A.Regneri o’smirlar orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari oilalarning
buzilishi, bolalar bilan berahm munosabatlarda bo’lish, bolalarning ta’lim olish va tarbiyalanish
huquqlarining buzilishi, yashash uchun qulay sharoitlarining bo’lmasligi va natijada bolalarning
uydan ketib qolishlari deb hisoblaydi.
Yaponiyalik mutaxassislar o’z mamlakatlarida balog’at yoshiga yetmaganlar jinoyatlari
hozircha o’sib borishi sabablarini o’ziga xos baholaydilar. Ular jinoyatchilik o’sishi turmush
sharoitlaring, farovonlikning o’sishi va o’qish bilan, oilada tarbiyaning yetarli bo’lmasligi,
oilaning an’anaviy qadriyatlari buzilishi, individualizmning namoyon bo’lishi bilan bog’liq
oqibatlar-stresslar sababli deb hisoblaydilar. Yaponiyada o’tkazilgan tekshirishlar balog’atga
yetmagan huquqbuzarlar ko’pincha ota-onasiz o’sganlar, hamda kam ta’minlangan oilalardan
chiqqan bolalar bo’lib chiqishini ko’rsatdi.
Rossiyalik mutaxassislar ham jinoyatchilikning o’sishini ko’rsatadilar. Hozirgi davrda
o’smirlar Rossiyada aholining eng kriminogen zararlangan qismi hisoblanadilar.O’zbekiston
Respublikasi jinoyat Kodeksiga binoan balog’at yoshiga yetmagan huquqbuzar deb jinoyat sodir
etish paytiga kelib 14 yoshga to’lgan, lekin hali 18 yoshga to’lmagan shaxslar hisoblanadilar.
Balog’at yoshiga yetmaganligi javobgarlikni yumshatuvchi holat sifatida qaraladi. Masalan,
balog’at yoshiga yetmaganlarga nisbatan ba’zi bir jazolar ko’zda tutilmagan, xususan, o’lim
jazosi.
O’zbekiston Respublikasi sud amaliyotida xukmni ijro etishni kechiktirishdan keng
foydalanishni alohida ta’kidlash kerak, bundan hozirgi kunda ozodlikdan ma’hrum etiladigan
hamma balog’at yoshiga yetmaganlarning taxminan yarmiga nisbatan qo’llanilmoqda.Bundan
tashqari, huquqbuzarlarning ma’lum qismi (20 % dan ortig’i) jazo berilishdagi yoki jinoiy
javobgarlikdan ozod etilmoqda. Bu ishlar bo’yicha materiallar yoki balog’atga yetmaganlar
ishlari bo’yicha komissiyalarga yuboriladi yoki ularga nisbatan majburiy tarbiyalash choralari
qo’llaniladi, masalan, quyidagilar: 1) ogohlantirish;
2) ularni ota-onalari yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar, yoki maxsus davlat organlari
nazoratiga topshiriladi.
3) keltirgan zararini qoplash majburiyati yuklatiladi.
129
4) bo’sh vaqti cheklanadi va boshqalar.Tarbiyaviy ta’sir choralarini muntazam bajarmay kelgan
holatida sud jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin.Shunday qilib, haqiqatda jinoiy jazolar jinoiy
jazonadigan
harakatlar
amalga
oshirgan
o’smirlarning
yarmidan
kamiga
nisbatan
qo’llanilmoqda. Alohida balog’at yoshiga yetmaganlar uchun mumkin bo’lgan jazo (amalga
oshirish) asosiy turi ozodlikdan ma’hrum etish hisoblanadi, bu jazoni ular tarbiyalash
koloniyalarida o’taydilar. Agarda huquqbuzarlik sodir etgan o’smir 14 yoshga to’lmagan bo’lsa
(ya’ni jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga to’lmagan bo’lsa) uni maxsus o’quv-tarbiyaviy
tashkilotga yuboradilar.
Ijtimoiy-pedagogikada delikvent hulqi deb o’rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va
xuquqbuzarlikka olib keladigan hulqi tushuniladi.Bizga ma’lumki delikvent (lotincha delingnens
- huquqbuzar) - hulqi o’zining keskin ko’rinishlarida jinoiy jazolanadigan harakatlardan iborat
xulqi yomon sub’ekt tushunamiz.Shuni ham alohida aytish kerakki, balog’atga yetmaganlar va
yoshlar ishlari bo’yicha komissiya, “Yoshlar ittifoqi” a’zolari, mahalla jamoyatchiliklari, maktab
o’qituvchilari va ota-onalar tomonidan birgalikda katta profilaktik ishlarni amalga oshirilishi
natijasida
O’zbekistonda
balog’atga
yetmaganlar
orasida
jinoyatchilik
kamayib
bormoqda.Masalan 20013 yili 10-sinf o’quvchisi Nikitin Yevgeniy militsiyaga qo’ng’iroq qilib
uning maktabida bomba qo’yilganligini xabar qiladi, 2004 yili fevralg’ oyida boshqa ikki
o’quvchilar Korshunov Aleksandr 9-sinf o’quvchisi va 6-sinf o’quvchisi Nosov Ivanlar ularning
maktablarida bomba yashirilgan deb militsiyaga qo’ng’iroq qiladilar. Qoida buzuvchilarni darhol
topdilar. Lekin, bundan avval maktabdan hammani evakuatsiya qildilar, mutaxassislar – saperlar
keldilar. Darslarni bekor qilish, mutaxassislarni chaqirish davlat uchun ma’lum mablag bekordan
sarflandi. Keyinchalik bolalarning birinchi darslari yo’qligi va ular zerikkalarida militsiyaga
qo’ng’iroq qilganliklari ularning gaplaridan ma’lum bo’ldi. Ota-onalari bolalari tarbiyasida
qandaydir kamchilikka yo’l qo’yganlar, ularning bo’sh vaqtlarini, dam olishlarini tashkil eta
olmagandirlar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ota-onalar o’z farzandlari uchun javobgarlar deb
yozib qo’yilgan. Portlash moslamasi haqida yolg’on chaqiruv – bu jinoiy jazolanadigan
jinoyatdir. Agarda bola qo’ng’iroq qilgan bo’lsa, uning ota-onasidan jarima undiriladi, agarda
o’smir bo’lsa uni balog’atga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatiga oladilar. Jinoyat
kodeksiga binoan, tarbiyalash koloniyalarida ozodlikdan ma’hrum etishga hukm etilganlar, 14
yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan balog’atga yetmaganlar hamda ular 21 yoshga yetguncha
tarbiyalash koloniyalarida qoldirilishga hukm etilganlar jazo o’taydilar. Jazoni o’tash davrida
ham yoshi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ular tarbiyalash jarayonini tashkil etishda, hukm
etilganlar jamoalarini tuzishda va boshqalarda hisobga olinadi. Balog’atga yetmagan
jazolanuvchi – bu o’smirdir.
O’smirlik davri organizmning keskin jismoniy rivojlanishi, kuch-quvvati, faolligi,
tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. O’smirning qattiq emotsionalligi, ta’sirchan, yengiltakligi
intizomni buzish sababi bo’lishi mumkin. Balog’atga etmagan jazolanuvchilar tashqi ta’sirlarga
shu bilan birga ijobiy tomonga ham, salbiy tomonga ham juda ta’sirchan bo’ladilar. Ko’pchilik
o’smirlar o’zlariga tanqidiy ko’z bilan qaramaydilar. Bu ma’naviy beqarorlikka olib keladi, u
hulqini ijtimoiy boshqarish samarasini pasaytiradi. Bular ularda ijtimoiy foydali ko’rsatmalar,
qarashlar va ishonchlarini shakllanishini qiyinlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy
beqarorligi, “oson va chiroyli” hayot kechirishga intilishi, madaniylik darajasi pastligi xulqini
ma’naviy o’zi boshqarishiga zarar keltiradi. Bu holat odob-axloqsizlik harakatlardan ular
osongina noqonuniy ishlarni amalga oshirishga o’tishlariga olib keladi.
Bu yoshdagi o’smirning hulqi va faoliyatiga o’zicha baho berishi ta’sir ko’rsatadi, u ko’p
Jazolanuvchilarning ko’pchilik qismi (53 %) to’la bo’lmagan oilalarda, bolalar uylarida
tarbiyalanganlar. Ota-onalarining yo’qligi ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini qiyinlashtiradi.
Bunday hollarda asosan bola qorni to’qligi va eni butunligi haqidagi qayg’uriladi. Ikkala ota-
onasi bo’lgan oilalarda kattalar va bolalar o’rtasida bir-birini tushunish yo’qligi, o’smirning
ma’naviy axloqiy muammolari, do’stlariga ota-onalarning befarqligi aniqlandi.Ana shu masala
bo’yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon beradi:
130
1.Zamonaviy oilalarning katta ahzolari yuqori darajada band bo’lishlari sababli ta’lim
muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o’zaro aloqalari yo’q. Shuning
uchun ota-onalar o’smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va talablari haqida
to’la tasavvurga ega bo’lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko’r-ko’rona muhabbatni yuzaga
keltiradi.
Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej)
bilan aloqalarini yaxshilash yo’li bilan yo’qotish mumkin edi. Ma’lumki, o’quv yurtlarida
o’smirning xulqi yomon belgilarini ancha obhektiv baholaydilar (uning hulqi og’ishini,
jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga
pedagoglar malakali yordam ko’rsatishlari mumkin bo’ladi.O’smirning oiladan tashqaridagi
yaqin odamlari haqida ota-onalar quyidagi yo’llar bilan xabardor bo’ladilar:
a) ularning qiziqtirgan uning o’zi haqidagi va uning do’stlari haqidagi muammolarni qo’pol va
odobsiz usulda talab etadilar.
b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.
v) bolaning xulqini o’zlari kuzatishlari natijasida.
Ota-onalar odatda bolaga o’zlariga yoqqan bolalar bilan do’st-o’rtoq bo’lishni majbur
qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan uzoqlashtiradi, uni yolg’onchi
qiladi.Ota-onalar bola bilan muomalani bilmaydilar. Shuning uchun ota-onalarni umumiy
pedagogik o’qitish tizimini yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o’tkazish yo’li, bu
maqsadlarda ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo’li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar va
psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “oila xizmati” tizimlari yordamida.
Bugungi kundagi ota-onalar ko’p tomondan huquqiy va pedagogik sohada tayyor emaslar.
Shuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o’z farzandlariga to’gri harakat qilish
bo’yicha biror-bir masalahat berishga qodir emaslar. Shu sababli ota-onalarning o’zlari orasida
va oilaning katta ahzolari orasida profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga keladi.
Ota-onalar ma’lum yuzaga kelgan vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini tushuntirib
berishlari, bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda
bo’lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo’lishlarini tushuntirishlari kerak. Katta shahar
sharoitida o’smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo’ladi. Bu yerda o’smirning xulqi
asosiy yo’nalishi ularga xavfli joylarga borishni tahqiqlagan ota-onalarining talablarini qathiy
bajarishi bo’ladi.Bolalar va o’smirlarning jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan
ma’lumotlar bu muammoni hal etishda ko’plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini
ko’rsatadi.
Kichik va katta sinf o’quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo’yicha faqatgina qisqa
ma’lumotlar oladilar.Hozirgi paytda 4-11-sinflar uchun respublikamizda yangi Fan kiritilgan,
“Sog’lom avlod tarzi (asoslari?)”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo’lim bor. Lekin
faqatgina jinsiy masalalarni o’rganishning o’zigina yetarli emas.Balog’at yoshiga yetmaganlar
jinsiy jaxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan kurashish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi.
Chunki, bu holat aniq bir balog’atga yetmagan yoki o’smirning o’ziga emas, balki uning
atrofidagilarga ham juda katta ma’naviy zarar ko’rsatadi. Bafarqlik, beraxmlik bilan jinoyat sodir
etish usuli o’smirlar tomonidan (tarbiyasida kamchiliklari bo’lganlarida) faol huquqbuzarlik
faoliyatiga, shunga o’xshash harakatlarni amalga oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi
mumkin. Boshqa tomondan bu o’smirga uning tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro
munosabatlarini shakllantirishda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin (yahni, o’smirlar tengdoshlari
va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladigan bo’lib
qoladilar).Shundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga to’g’ri baho berish
va ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, ota-onalarni jalb etib profilaktik ishlarni olib borish
zaruriyati yuzaga keladi. Tibbiyot xodimlari va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual
asosda tajovuzkor hulqli shaxslarni o’z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko’rish
bo’yicha birgalikda ish olib borishlari kerak
.O’g’il bolalar va qizlar o’zaro munosabatlari muammolari o’smirning jinsiy yetilish
yoshidan ancha avval yuzaga keladi. Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar
131
haqidagi ma’lumotlar odatda noto’gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan
qanchalik kam ma’lumotlarga ega bo’lsa, u bu sohaga shunchalik ko’p qiziqadi. Shuning uchun
jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak bo’ladi.
Akseleratsiya sababli bugungi kunda o’smirlarning erta jinsiy yetilishlari va uning ijtimoiy
tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o’rtasida uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir
qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilg’mlar,
matbuotdagi maqolalar va boshqa erotik manbalar tomonidan qo’zg’atib kelinayotgan jinsiy
instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi.Bu muammoni hal etish o’smirlarni sportga ommaviy
jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik ishlarida ishtirok ettirish bilan mumkin bo’ladi.Shu sababli
bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikni olidini olish
bo’yicha faoliyatlar markazi umumta’lim maktab bo’lishi kerak deb to’g’ri fikr aytilmoqda,
maktab oilaga nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi kerak bo’ladi.
Jinoyat sodir etishning sabablari (motivlari)-og’ir moddiy ta’minlanganlik holati
o’smirlarning o’z ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirish uchun imkoniyatlarini kamligi, bu
ko’pincha o’smirlarni jinoyat sodir etishga majbur etadi. Biror-bir buyum xarid qilib olish uchun
mablag’ning yetishmasligini ular noqonuniy usul bilan to’ldiradilar. Balog’atga yetmagan hukm
etilganlar uchun nomusiga tegish, o’g’rilik, bosqinchilik, odam o’ldirish, tan jarohati yetkazish,
avtomashinalarni o’g’rilash kabi jinoyatlar xosdir. Yomon niyatda jinoyat sodir etishning
sabablari quyidagilar: qimmatbaho buyumni egallab olish istagi, buyumlar sotib olish uchun
shaxsiy puliga ega bo’lish istagi. Bu jinoyatlar asosida urf-modadan qolmaslik tengdoshlari ega
bo’lgan narsalarga ega bo’lish, hatto jinoyat sodir etib bo’lsa ham ega bo’lish istagi yotadi. Kuch
ishlatib jinoyat sodir etishning eng ko’p uchraydigan sabablari: qasos olish, “erkakligini”
ko’rsatib quyish, “irodasini mustahkamlash”, “hech narsadan qo’rqmaslik” va shunga o’xshash.
Ko’pchilik jinoyatlar “xavfi bo’lganiga javoban”, “do’stini sotmaslik”, “o’rtoqlarini
ishontirishga” kat sababli sodir etiladi.
Dostları ilə paylaş: |