Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolari: Ahamiyati: 1. Nafas apparati:
2. Bo’g’iz (hiqildoq) bo’shlig’i:
3. Og’iz bo’shlig’i (til,
tanglay, kichiktil, tish, va lablar):
4. Burun bo’shlig’i (tovush ohangiga alohida tus berishda
ishtirok etadi).
Diktsiya – talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. Pedagog uchun to’g’ri
talaffuz eng kerakli qurol. Chunki eshitayotganlar tushunishi uchun – talaffuz ravon, har bir
bo’g’in, so’z va tovushlarni aniq aytishi kerak.
Ritmika – ovoz maromi yoki vazni. Bahzi bir so’zlarning bo’g’inlarning talaffuzi,
ularning tezligini nutq suratini tashkil etadi. Ovoz tezligi har bir pedagogning fazilati. Nutq
mazmuni muomala vaziyatiga bog’liq.
Pauza – temp va nutqning yoqimli bo’lishi nutq ohangini tashkil etadi. Bir ohangda nutq
zerikarli bo’lib qiziqish va diqqatni pasaytiradi.
Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari
hisoblanadi. Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in –
ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar
muntazam
ravishda olib borilishi lozim.
Artikulyatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog’liqligi keng ma’nodagi tinglash va
artikulyatsion-talaffuz ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ish jarayonida tarbiyachi
bolalarga so’zning tovush tarkibini, so’zdagi urg’u o’rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va
vaznni his qilish tuyg’usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so’zlar, iboralar, gaplarning turli
inntaonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan
foydalanishi zarur. Bu murakkab nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni
takrorlashni, ularni muntazam ravishda o’tkazishni talab qiladi.
Tovush -ayrim tarbiyachi - pedagoglarda tovush tabiatdan beriladi yoki tug’ma deyishadi.
Maxsus tovush yillar davomida o’zgarishi mumkin.Shuning uchun doim mashq qilib, uni
rivojlantirib turish lozim bo’ladi.
Tovush apparati uch qismdan iborat: