164
tarbiyalanadi
Tizimlilik va izchillik tamoyili
-jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning
(kun
tartibi, chiniqish, harakat ko’nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya
davri
davomidagi
jismoniy
tarbiya
jarayonining
uzluksizligi,
muntazamligi,
rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy
tarbiya mashg’ulotlarining aniq izchilligidan, mashg’ulotlarning izchilligi, ketma- ketligi,
mazmunan o’zaro aloqadorligidan iboratdir. Ko’rgazmalilik onglilik bilan chambarchas
bog’liqdir: og’zaki berilgan topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan
bajarish bilan amalda sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa,harakat sezgilari muxim rol o’ynaydi.
Bundan tashqari ko’rgazmalilik bilan obrazlilik so’zlarining o’zaro aloqadorligi katta ahamiyatga
ega bo’ladi.
Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili -
bolaning yosh xususiyatlari
imkoniyatlarini xisobga olishni xamda, shu bilan bog’liq ravishda, uning kuchiga yarashga
topshiriqlar belgilashni ko’zda tutadi. Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izchillik va
jismoniy mashqlarni tobora murakkablashtirib borish xisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan
birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik me’yorlari bo’yicha sinash, vrach
tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Dostları ilə paylaş: