Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Ta’limning frontal, gurux va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Ta’limning frontal, gurux va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili
- bu ta’limning 
turli usullari qo’llanilgandagi uyushqoqlikni ko’zda tutadi: frontal usul qo’yilgan bir vaqtda, 
ongli va axil ravishda bajarishni talab etadi; gurux usuli mashul, mustaqil va o’zaro yordamni 
rag’batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining bahzi bolalarga zarur yordam 
berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda 
ifodalanadigan raxbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy 
vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi. 
“Konflikt” tushunchasi lug’atda faqatgina sinfiy qarama-qarshilik va manfaatlar 
to’qnashuvini anglatuvchi termin sifatida izohlangan. N.I.Kondakovning (M.,1975y) “Logika 
lug’ati”da qarab chiqilayotgan tushuncha yuqorida keltirilgan izohlarga to’liq mos keladi. 
“Konflikt” – bu qarama-qarshi tomonlar, manfaatlar, kuchlar, qarashlar, fikrlar, intilishlar 
to’qnashuvidir. So’ngra o’sha o’rinda konfliktni uzoq davom etadigan, og’ir oqibatlarga olib 
keladigan kelishmovchilik, bahslashuv ham deb tushuntiriladi.
“To‘rt halqali piramida”
o‘yinchog‘i yordamida bola motorikasining rivojlanishi (halqani 
o‘qqa kiydirishni eplay olishi, muvozatidagi nuqsonlarining mavjudligi va h.k.), katta-kichik 
tushunchalarining shakllanganligi va farqlashi (“katta halqani kiydir, keyin kichkinasini va eng 
kichigini”), ranglarni ajratishi (“qizil halqa bor” va h.k.), piramida xalqalarini sanab olishi 
(“birinchi halqani ko‘rsat”, “uchinchi halqani ko‘rsat” va h.k.), miqdor tushunchasining 
shakllanishi (“ikkita halqani ber, to‘rta halqani ber” va h.k.)ni kuzatish mumkin. 
Segen doskasi
(turli geometrik shakllarlarni doskaga joylashtirish) yordamida aqli zaif bola 
harakatining epchilligi, mayda qo‘l motorikasining holati, muvofiqlashtirish, shakllarni ajrata 
bilishi o‘rganiladi, taqqoslash kabi faoliyatini kuzatish mumkin bo‘ladi. Aqli zaif bola 
topshiriqni tushunmaydi va joylashtirilishi kerak bo‘lgan shaklni turli harakatga keltiradi. Yengil 
darajadagi aqli zaif bola boshlovchi harakatlarni to‘g‘ri tushuntirib, ko‘rsatib bergandan so‘ng, 
topshiriqni bajara olishi mumkin. Chuqur aqli zaif bola topshiriqni umuman tushunmaydi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin