Psixik va biologik taraqqiyot- inson shaxsi o’z mohiyati bilan ijtimoiy zotdir.
Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlarning ijodiy faolligining rivojlanish manbaalari uning
tevarak atrofdagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi determinlashgan (sababiy
bo g’liqlikda) b o’lib ijtimoiy turmush bilan bo g’liqdir. Shaxsning taraqqiyoti odamlar
bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Bu
kelajakda insonning psixik xususiyatlari, yahni uning axloqiy sifatlari, xarakteri, irodaviy
xislatlari, qiziqishlari, mayl va qobiliyatlarini tashkil topishiga ta’sir qiladi.
Demak,
odamning ijtimoiy tashkil topgan va ra g’batlantirilgan faoliyati uning psixik rivojlanishini
asosiy, vositasi va shartidir.
Faollik bola taraqqiyotining manbai ekanligi- bolaning psixik taraqqiyotida biologik va
ijtimoiy faktorlardan tashqari bolani faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolalar
psixologiyasi bolaga tarbiyaning pasiv “ob’ekt” deb qaramaydi, balki bola psixikasining
taraqqiyotida bolaning aktiv faoliyatini t o’g’ri tashkil qilib, y o’lga solib tursa, undagi
mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon b o’lib o’sayotganini hisobga olib
tursagina tarbiya muvoffaqiyatli bo’ladi.
Insonning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda ongli maqsad bilan
boshqariladigan barcha xarakterlar ta’lim bilan bo g’liq b o’ladi.
K.D. Ushinskiy “Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati” degan
maqolasida bunday deb yozgan edi, mehnatning moddiy samaralari odamzod mulkidir;
lekin mehnatning ichki, ma’naviy, hayotbaxsh kuchi odamzod qadr-qimmatining manbai b
o’lib xizmat qiladi, shu bilan birga odob-axloq va baxt-saodat manbai bo’lib ham xizmat
qiladi. Ishlayotgan kishi uchun qilinadigan shaxsiy mehnatgina ana shunday hayotbaxsh
ta’sir ko’rsatadi. Mehnatning moddiy samaralarini tortib olish, meros qoldirish, sotib olish
mumkin lekin, mehnatning ichki, ma’naviy, hayotbaxsh kuchini tortib olish ham, meros
qoldirish ham, Kaliforniyaning jami tillasini berib sotib olish ham mumkin emas; bu kuch
mehnat qilgan kishida qoladi.”