Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari. 
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari uning tashhis, boshqaruv va 


155 
muvofiqlashtirish ishlari bilan belgilanganligi. Dastlabki tanishish – bilish vazifalari. 
Maktabgacha muassasaning tayanch muammolari: dastlabki ijtimoiylashtirish, individual 
qobiliyatlarni rivojlantirish, motivatsiya, moslashish, xulq uslubini shakllantirish va sh.k. ni hal 
etish. Ijtimoiy pedagogning psixologik, pedagogik va tibbiy yo‘nalishdagi markazlar bilan 
tashqi aloqalari. Ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy metodlari: loyihalash, rejalashtirish, 
modellashtirish, dasturlash. Tashhis va istiqbollash vositalari, so‘rovnomalar, kuzatuv va tahlil 
hujjatlari blankalari. 
 
Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda 
(o’smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa yoki shartli hukm etilgan bo’lsa) o’tkazilsa yoki 
maxsus o’quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog’atga 
yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi.
 
Balog’atga 
yetmaganlar 
uchun 
koloniyalarda 
tarbiyalash 
jarayoni 
“kattalar” 
koloniyalaridan ancha farq qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun 
katta imkoniyatlar yaratib beradi, tahsir ko’rsatish pozitiv choralari qo’llaniladi, bu imtiyozlar 
sonini ancha oshiradi va jazo choralarini ancha kamaytiradi. O’smirlar bilan ishlashda 
umumtahlim va professional tayyorgarlikdan iborat o’quv-tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor 
qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb egallashlari uchun kerakli sharoitlar 
yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va 
mehnat bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat 
tarbiyasining samaraliligini oshirish o’smirlarni ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil 
hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. 
Hukm etilganlarning ko’pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda 
o’qigarlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb 
tahriflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o’qituvchilarni haqoratlaganlar. 
Shuning uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish tahlimi ustalari bilan hukm etilgan o’quvchilar 
orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O’z faniga 
qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo’lish va qo’yilgan maqsadga 
erishishda qathiy, tirishqoq bo’lish – mana shular bu turdagi balog’atga yetmaganlar bilan 
ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir. 
Hukm 
etilganlarning 
bilm 
olishga, 
mehnatga 
munosabatlarini 
o’zgartirish, 
tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan, 
texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bajargan ishlariga haq 
to’lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o’smirlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini 
oshiradi. 
Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumtahlim o’qitish 
kiradi. Umumtahlim o’qitish balog’atga yetmaganlarga tahsir ko’rsatish vositasi sifatida alohida 
rol o’ynaydi. Chunki tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda 
koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumtahlim maktabida 
hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar 
umumtahlim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo’yicha taqsimlash 
ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo’lim-sinf” printsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab 
chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o’qitish faqatgina maktabdan bo’sh vaqtida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o’qituvchilarining, otryadlar tarbiyachilari va 
kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o’zaro aloqalari juda 
muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar, lektsiya, 
munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi. 
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan 
hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar 
keng qo’llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o’qishdan va ishdan bo’sh 
vaqtlarini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo’yilgan 
bo’ladi. SHuning uchun, ular rasmiy ko’rinishda bo’lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm 


156 
etilganlar uchun bo’sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. CHora-tadbirlar 
o’smirlarda hayotga qiziqish uyg’otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid 
tahsirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak. Hukm 
etilganlarning qarindoshlari bilan ijtimoiy-foydali aloqalardan foydalanish katta ahamiyatga ega 
bo’ladi, ular tarbiyaviy ishlar jarayonini faollashtiradi, ilgari yaratilgan jamoatchilik tartib 
qoidalariga zid hayot tarzi va hulqini buzishga imkon beradi. Hukm etilgan balog’atga 
yetmaganlarga tuzatuvchi tahsir ko’rsatishlar samaraliligi umumiy kriteriylar bo’yicha 
belgilanadi. Bu kriteriylar mahlum tuzatish daradalariga asoslangan bo’ladi: “tuzatish yo’liga 
kirdi”, “tuzatish yo’lidan aniq bormoqda”. 
Balog’atga yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish tahsir ko’rsatishi amaliyotida jazo 
turlarini qo’llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish 
jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo’lishi mumkin, bu 
usul Yevropa mamlakatlarida keng qo’llaniladi. SHartli ravishda hukm etish haqida gapirsak 
jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo’llanilgan o’smirlarni 
aniq nazorat qilish kerak bo’ladi. Bu talab bajarilmaganda o’smirlar o’z holiga tashlab qo’yilgan 
bo’ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.Balog’atga yetmaganlar 
huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan 
tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish 
mumkin. Penitentsiar tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir 
bo’lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari kerak. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin