151
Kompleks o‘quv-tarbiya jarayonining to‘rtta maqsadi mavjud. Bu maqsadlar quyidagilardan
iborat:
1)
ilmiy dunyoqarash va siyosiy madaniyatni shakllantirish;
2)
shaxsning ma’naviy sifatlarini shakllantirish;
3)
kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash;
4)
jismoniy madaniyatga, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni rivojlantirish.
Bu qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish va uni anglash, uni o‘quvchilarda shakllantirish
tarbiyaviy jarayonning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Palapartish, rejasiz
olib borilgan tarbiyaviy
ishlar hech qanday natija bermasligi ma’lum bo‘ldi. Hal qilinishi kerak bo‘lgan tarbiyaviy
jarayonni loyihalash, yangi pedagogik texnogiya asosida tashkil qilish, ta’lim va tarbiyaning eng
yangi usul va yo‘llarini qo‘llagan holda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish ko‘zlangan maqsadni
albatta berishi ma’lum.
Har bir tashkil qilinishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy ish loyihalashtirish orqali
tarbiyaviy faoliyatni insoniy yo‘nalishga ega bo‘lgan fazilat paydo bo‘layotganligidan darak
beradi.
Shaxsni insoniylik asosida tarbiyalash dasturini qo‘llagan holda o‘quvchiga ta’sir etishning
samarali shakllaridan – dars,
umumiy tematik, operativ, siyosiy axborotlar, davra suhbati,
konferensiya, munozara, tarixiy o‘quvlar, tarbiyaviy soatlardan foydalanish. Guruhlarda olib
boriladigan siyosiy axborotlar operativ harakterga ega bo‘lib, unga barcha o‘quvchilar jalb
qilinsa, vaqti-vaqti bilan tematik axborotlar o‘tkazilib turilsa insoniylikni
tarbiyalashga yanada
ko‘proq yondashilgan bo‘ladi.
Hozirgi sharoitni hisobga olib davlatimiz ichki va tashqi siyosati, boshka mamlakatlar
bilan olib borilayotgan ishlar, qo‘shma korxonalar to‘g‘risida ham «Dalillar va faktlar» mavzusi
ostida turli-tuman ishlar qilinishi mumkin. «Davra suhbati» o‘quvchilar orasida olib boriladigan
g‘oyaviy-siyosiy ishlarning markazi hisoblanadi. Davra suhbatining maqsadi o‘quvchilarni
buyuk siyosatdonlar misolida tarbiyalashdan, jamiyat rivojiga ilmiy nuqtai nazaridan qarash,
bo‘lajak shaxsning ijtimoiy-mehnat faoliyatini tashkil qilishdan, suhbatga qatnashganlarning
ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Agarda o‘quv yurtlarida turli –
tuman anjumanlar, markazlar tashkil qilinib, o‘quvchilar unga
qatnashtirilib borilsa, insoniylikni tarbiyalashdan tashqari:
•
belgilangan yo‘nalishda o‘quvchilar hayotini tashkil qiladi;
•
o‘quvchilar izlanish ishlari olib borishga odatlanadilar;
•
ommaviy ishlar tashkil qilishga o‘rgatadi;
•
tarbiyachi va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantiradi.
Bu olib boriladigan ishlarning hammasi sinfdan tashqari vaqtda tashkil qilinib, ko‘pincha nazariy
ta’lim darslari maqsadidan kelib chiqadi va ularni to‘ldiradi, mazmunini boyitadi.
O‘quv-tarbiya jarayonini insoniylashtirishning yana bir yo‘li bu – muhitdir. O‘quvchida
o‘qituvchi shaxsiga hurmatni o‘quv yurti bag‘rida tarbiyalash mumkin. Chunki o‘quvchi
o‘zining juda ko‘p vaqtini ta’lim muassasasida o‘tkazadi. O‘quv yurtiga kirishda har bir zal, har
bir bino did bilan estetik bezatilgan bo‘lsa, u o‘quvchi shaxsiga nihoyatda katta ta’sir etadi.
O‘quv yurti jamoasi o‘quvchilar yaxshi o‘qishi, bilim olishi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi
uchun jon-dildan xizmat qilsa, sport zallari, elektron xonalari, laboratoriya va badiiy havaskorlik
to‘garaklari ishlab tursa, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun imkoniyat yaratilsa, bolalar
vaqti-vaqti bilan stadion, basseyn, kutubxonalardan foydalansa, insoniylikni
tarbiyalash uchun
zamin yaratilgan bo‘ladi.
•
o‘quvchilar, o‘qituvchilar, mehnat ta’limi ustalari uchun yaxshi shart-sharoit yaratish;
•
ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish;
•
pedagogik kadrlar malakasini oshirish;
•
o‘quv-tarbiya jarayonini rahbarlik usullarini takomillashtirish;
•
barcha o‘quv xonalarda, laboratoriyalarda, ustaxonalarda maxsus metodik
ko‘rsatmalar tayyorlash;
152
•
tashkil qilingan ko‘rgazmalarni, maketlarni, tarqatma materiallarni, o‘quv
adabiyotlarini, diafilm, kinofilmlarni foydalanish uchun doimiy ravishda tayyorlab borish;
•
muallim va ustalarning ish joylarini zarur texnik vositalar bilan jihozlab qo‘yish;
•
har bir o‘quv xona va laboratoriyalarni jihozlashda
yagona didaktik va gigenetik,
texnik talablar hamda texnik xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda jihozlash. O‘quvchilarni
ish joyida kerakli adabiyot, lug‘at, darslik, darslarning tayanch konspektlari bilan ta’minlab
qo‘yish darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida samarali olib borilishini
ta’minlash ham ma’lum darajada insoniy fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi. O‘quvchilar
o‘quv xonalaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham foydalanadilar. Darsdan
tashqari olib boriladigan konsultatsiyalar faqat dars mashg‘ulotlariga yordam beribgina
qolmasdan, keyinchalik oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun ham zamin yaratadi.
Dam olish kunlarida shug‘ullanish uchun ashula, raqs to‘garagi, milliy ansabl ishlab tursa, har
bir o‘quv yurti o‘zining vokal cholg‘u ansambliga ega bo‘lsa, teatr va o‘z studiyasiga ega bo‘lsa
o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, bir-birini tushunish kabi g‘oyalar o‘sib boradi,
yanada insoniy
sifatlarni tarbiyalash imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘lgan o‘quv yurtlarida ustaxonalarning tarbiyachilari bilan
tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabati o‘quvchilardan tanlangan kasblariga bo‘lgan
munosabatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Chunki ustalar o‘quvchilar bilan hammadan
ko‘proq birga bo‘ladilar. Shuning uchun usta, masterlarga talabchanlikni kuchaytirish, ularni
insoniylikka, diyonatli bo‘lishga da’vat etadi.
Ma’lumki, shaxsni faqat shaxslar tarbiyalaydilar. O‘z-o‘zidan faqat
insoniy jamoagina insoniy
shaxsni tarbiyalashi mumkin. Shuning uchun o‘quv yurti o‘qituvchi – tarbiyachilari bunday
birlikka erishishi uchun quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak, deb hisoblaymiz.
pedagog jamoaning g‘oyaviy-ma’naviy jipslashishi;
o‘zaro mas’uliyat asosida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil qilish;
estetik muhit yaratish;
o‘quv yurti rahbarining bevosita o‘quvchilar tarbiyasiga ishtirok etishi;
o‘quvchilar jamoasi va o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining kuch –
g‘ayratlarini birlashtirish;
bo‘lajak shaxsni shakllantirish o‘quv yurti pedagogik jamoasi tarbiyaviy
faoliyatining yagona maqsadi bo‘lmogi lozim.
Dostları ilə paylaş: