Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


O‘qituvchi – tarbiyachining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

O‘qituvchi – tarbiyachining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati. 
Ma’lumki, maktabda 
o‘tiladigan darslarning tematik (kalendar) rejasi bo‘lishi bilan bir qatorda sinf raxbarining ham 
tarbiyaviy ish rejasi buladi. 
Sinf rahbari o‘quv yilining boshida yangi o‘quv yili uchun taxminan quyidagicha tarbiyaviy 
ishlarni rejalashtiradi. Tarbiyaviy ish reja har bir sinfning rahbari tomonidan o‘sha sinf 
bolalarining yosh xususiyatlari, ularning pedagogik – psixologik holatlarini hisobga olgan holda 
tuziladi. O‘quv yili davomida shu tuzilgan rejadan unumli foydalanish lozim bo‘ladi.
O‘quv yili uchun tuzilgan reja taxminan quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin : 
Tashkiliy kundalik tarbiyaviy ishlar.
Bu bandga kichik bandchalar kirgizilib, o‘quv yili 
davomida bajarilishi kerak bo‘lgan kundalik ishlar rejalashtiriladi. 
G‘oyaviy tarbiya.
Bu bandga mustaqillik g‘oyalari, tinchlik, o‘lkashunoslik, respublika tarixiy 
kunlari, davlatning ichki va tashqi siyosati sinf hajmiga mos ravishda rejalashtiriladi. 
Milliy an’analar va baynalmilal ruxda tarbiyalash.
Unda o‘zbek xalqining milliy, urf-odatlari, 
an’analari, zamonaviy yangi kelib chiqan urf-odatlari, qondosh va qardosh xalqlarning o‘rganishi 
mumkin bo‘lgan an’analarni aks etadi. 
Vatanparvarlik tarbiyasi.
Bu bo‘lim O‘zbekiston tarixi, hozirgi kuni, kelajagi o‘quvchilar 
ongiga, haqiqiy fuqaro, Vatan himoyachisi ruxini singdirishi lozim bo‘lgan ishlardan iborat 
bo‘ladi. 
Mehnat va kasb
tarbiyasi. O‘quvchining mehnatsevar, halol, kasb-korini sevuvchi, kishi uchun 
kerakli bo‘lgan xususiyatlarini o‘zlashtirib olish imkoniyatlarini beruvchi bandchalar kirgiziladi. 
Sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiya.
Bu bo‘lim shifokor va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan 


153 
kelishilgan holda ish olib boriladi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin