Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi.Tosh.“Adolat” – 1996.
2.Mirziyoev
Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy lavobgarlik har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil
yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
nutqi.Xalq so‘zi gazetasi, 2017.1.
3.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
“O‘zbekiston”, 2017.
4.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi- inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq
farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
5.Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b. tah. ost. Toshkent, “Sharq”, 1998.
6.Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.
7.Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” T.: Istiqlol, 2009 y.
8.Galaguzova M. A. Sotsialnaya pedagogika – M.: Vlados, 2000 g.
9. Boriyev O’.Oila va yangi an’analar. T.“O’qituvchi” -1998.
10. Javliyev T. A’nanalar xayot sabog’I. T.., “O’zbekiston ”- 1992
5. A.Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. T.., “O’qituvchi ” – 1992.
Elektron ta`lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. uz
3. tdpu-INTERNET. Ped.
7-Mavzu. Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari.
Rja:
1. Tarbiyasi og‘ir bolalarni aniqlash, guruh yoki yakka tartibda ishni tashkil etish.
2.Tashkiliy ijtimoiy pedagogik texnologiyalar.
3. Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar.
Tayanch so’z va iboralar:
Tarbiyasi og‘ir bolalar, tasdiqlash, reabilitatsion,
profilaktik ishlar, imtiyoz.
Tarbiyasi og‘ir bolalar haqida ma`lumotlar bankini shakllantirish; 1) bolaning shaxsiy va ijtimoiy
157
rivojlanishi muammolarini tashhislash; 2) bola, guruh, jamiyat bilan ijtimoiy – pedagogik ishlar
dasturini tuzish va tasdiqlash; 3) dasturning bajarilishi haroitlarini ta`minlash; 4) maslahat
xizmati; 6) ijtimoiy pedagogning idoralararo aloqalari.
Huquqbuzarlik sodir etgan o’smirlar bilan asosiy profilaktik ishlar asosan ochiq sotsiumda
(o’smir kichik huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa yoki shartli hukm etilgan bo’lsa) o’tkazilsa yoki
maxsus o’quv tarbiyaviy tashkilotlarda olib borilsa, tarbiyalash koloniyalarida asosan balog’atga
yetmagan hukm etilganlarga yordam reabilitatsion dasturlari amalga oshiriladi.Balog’atga
yetmaganlar uchun koloniyalarda tarbiyalash jarayoni “kattalar” koloniyalaridan ancha farq
qiladi. Bu koloniyalarda qonun hukm etilganlar bilan ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratib
beradi, tahsir ko’rsatish pozitiv choralari qo’llaniladi, bu imtiyozlar sonini ancha oshiradi va jazo
choralarini ancha kamaytiradi.
O’smirlar bilan ishlashda umumtahlim va professional tayyorgarlikdan iborat o’quv-
tarbiyaviy ishlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Hamma tarbiyalanuvchilar uchun ular kasb
egallashlari uchun kerakli sharoitlar yaratiladi: shu bilan birga kasb tanlash keng va ixtiyoriy
imkoniyatlari ta’minlanadi. Region va mehnat bozori talablari, yoshi, jismoniy va psixik
xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnat tarbiyasining samaraliligini oshirish o’smirlarni
ijtimoiylashtirish masalasini, ularni mustaqil hayotga tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.
Hukm etilganlarning ko’pchiligi koloniyaga kelishidan avva maktablarda kollejlarda
o’qigarlar, imtizomni buzuvchi, tartibbuzarlikni boshlovchi va janjallarda ishtirok etuvchi deb
tahriflanadilar, ular darslardan qochib ketadilar, tengdoshlari va o’qituvchilarni haqoratlaganlar.
Shuning uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish tahlimi ustalari bilan hukm etilgan o’quvchilar
orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish kerak. O’z faniga
qiziqtirish, foydali ishlarga jalb eta bilish mahorati, chidamli bo’lish va qo’yilgan maqsadga
erishishda qathiy, tirishqoq bo’lish – mana shular bu turdagi balog’atga yetmaganlar bilan
ishlovchi pedagogning professional mahorati mezonlaridir.
Hukm
etilganlarning
bilm
olishga,
mehnatga
munosabatlarini
o’zgartirish,
tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish va madaniyati yuqori darajali ish bilan,
texnologiyalar bilan ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bajargan ishlariga haq
to’lashni ta’minlashga erishish zarur, bu o’smirlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqishlarini
oshiradi. Jinoyatchilarni tuzatish jarayonini ta’minlovchi asosiy vositalarga umumtahlim o’qitish
kiradi.
Umumta’lim o’qitish balog’atga yetmaganlarga tahsir ko’rsatish vositasi sifatida alohida
rol o’ynaydi. Chunki, tarbiyalash koloniyasida tashkilotning asosiy tuzilish elementi va amalda
koloniyada olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning markazi hisoblanuvchi umumtahlim maktabida
hamma hukm etilganlar bilim oladilar. Koloniyaga kelganlarida hamma hukm etilganlar
umumtahlim maktabining kerakli sinflariga taqsimlanadilar, otryadlar bo’yicha taqsimlash
ularning bilim darajalaridan kelib chiqib “bo’lim-sinf” printsipi asosida amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarishda ishlash yoki kasb-hunar kollejida o’qitish faqatgina maktabdan bo’sh vaqtida amalga
oshirilishi mumkin.Koloniyada tarbiyalash jarayonida maktab o’qituvchilarining, otryadlar
tarbiyachilari va kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, ishlab chiqarish murabbiylarining aniq o’zaro
aloqalari juda muhimdir. Koloniyada eng keng tarqalgan tarbiyaviy ishlar usullari suhbatlar,
lektsiya, munozaralar, qiziqarli insonlar bilan uchrashuvlar hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda halol hayot kechirayotgan koloniyaning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan
hukm etilganlarning qarindoshlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar
keng qo’llanila boshlandi. Ozodlikdan mahrum etilish sharoitlarida o’qishdan va ishdan bo’sh
vaqtlarini to’g’ri tashkil etish kerak bo’ladi. Koloniyada bu vaqt tartibli belgilab qo’yilgan
bo’ladi. Shuning uchun, ular rasmiy ko’rinishda bo’lmasligi uchun (hisobot uchun) hukm
etilganlar uchun bo’sh vaqti chora-tadbirlarni aniq rejalashtirish zarurdir. Chora-tadbirlar
o’smirlarda hayotga qiziqish uyg’otishi,irodalilik sifatlari va ularning jamoatchilik tartibiga zid
tahsirlarga qarshi turishga imkon beruvchi xarakteri xususiyatlarini shakllantirish kerak.
Bu tushunchalar o’rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma tuzatish
koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks
158
ettirmaydi.Demak, tuzatish tahsir ko’rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko’rsatkich
ozod etilgandan so’ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi. Balog’atga
yetmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish tahsir ko’rsatishi amaliyotida jazo turlarini qo’llashni
kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazo turiga
muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo’lishi mumkin, bu usul Yevropa
mamlakatlarida keng qo’llaniladi. Shartli ravishda hukm etish haqida gapirsak jazolashning bu
turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo’llanilgan o’smirlarni aniq nazorat
qilish kerak bo’ladi. Bu talab bajarilmaganda o’smirlar o’z holiga tashlab qo’yilgan bo’ladi va
qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.Balog’atga yetmaganlar huquqbuzarlik
va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy
ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb etilgandagina samaraga erishish mumkin.
Penitentsiar
tashkilotlar boshida bunday yuksak va qiyin masalani hal etishga qodir bo’lgan –
yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng yaxshilari turishlari ker
Dostları ilə paylaş: |