Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga yo‘naltirilgan



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy pedagogik texnologiyalar. 
 
2017-2021 yillarga mo’ljallangan“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni 
tayyorlash, xalq ta’imi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ta’im bosqichlarining 
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’imning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o’quv-
metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog 
xodimlarni qayta tayyorlash va ularni ng malakasini oshirish tizimini yanada 
takomillashtirishni taqozo etadi. 
2017 yilning 16 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 
bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’im tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish hamda 
mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yildi. Bu 
boradagi taxlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’im tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’im tizimi 
boshqaruvini 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
PF-5198-sonli 
Farmonlaridan kelib chikib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar tovush madaniyatinini 
rivojlantirishda bilish darajasini ko’tarish maktabgacha ta’im tizimi oldidagi asosiy 
vazifalardandir. 
Bolaning psixik taraqqiyoti murakkab jarayondir. Buni hal etishda bolalar 


163 
psixologiyasi, avvalo hayotda sinalgan, tajribalarda pishib yetilgan quyidagi asoslarga 
suyanadi: 1)Taraqqiyot, o’sish, rivojlanish qarama-qarshiliklar kurashi va ziddiyatlardan 
iboratligi; 2) bolalar kamoloti haqidagi fanga xilof nazariyalarni, qarshiliklarni tanqidiy 
taxlil qilinganligi;3) hozirgi kunga qadar bolalar psixologiyasida olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlar, tajribalarning natijalari;4) komil insonni tarbiyalashda erishilgan amaliyot 
natijalari. Bularga asoslanib bolaning psixik taraqqiyoti qanday rivojlanadi, unga ta’sir 
etuvchi omillar nimadan iborat, unda biz nimalarga e’tibor berishimiz lozim degan 
murakkab masalalarni xal qilishimiz mumkin.
Ma’lumki bola psixikasining taraqqiyoti (o’sish-miqdoriy jihatdan ortish; taraqqiyot 
ham miqdor, ham sifat jihatidan o’zgarishdi. Bola jismonan o’sadi, psixik jixatdan 
taraqqiy qilishi) haqida 2 xil qarashlar mavjud.
1-qarashlarga muvofiq, taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, 
organizmida mavjud bo’lgan muayyan sifatlarning shunchaki ko’payishi yoki 
kamayishidan iborat. Bunday y o’nalish tarafdorlari o’z- o’zidan shaxs taraqqiyotining tub 
sabablarini ochib bera olmaydilar.
2- qarashlarga muvofiq, taraqqiyot ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashidan 
iboratdir. Bu ilmiy y o’nalish b o’lib, bola taraqqiyotini organizmning xususiyatlari bilan 
tashqi muhit sharoiti organizmga tobora yangi talablar q o’yadi; organizm yangi sharoitga 
moslashar ekan, yangi sifatlar hosil qila boshlaydi va taraqqiy qiladi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin