Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Hayotiy xavfsizlik tarbiyasi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Hayotiy xavfsizlik tarbiyasi.
Bunda texnika, elektr, yo‘l harakati va boshqa havfsizlik 
qoidalarini o‘rgatish sinf hajmi va bola yoshiga qarab rejalashtiriladi. 
Milliy muomala va go‘zallik tarbiyasi (etika va estetika) 
Bu bo‘limda o‘zbek xalqining asriy 
muomala madaniyati, kiyinishi, jamoat va boshqa joylarda o‘zini tutishi to‘g‘risidagi tarbiyaviy 
ishlar o‘z aksini topadi. 
Milliy axloq va huquq-targ‘ibot tarbiyasi. 
Axloq odobning sinfga mos bo‘lgan holatlari, huquq-
targ‘ibot to‘g‘risidagi bandchalar tarbiyaviy ishlarda foydalaniladi. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun 
pedagogika, psixologiya fanining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda o‘z ishini ijodiy 
tashkil etib yangiliklarni yaratish tushuniladi. O‘qituvchi mehnati uning vaqti bilan bog‘liq bu 
ishning muvaffaqiyati vaqtdan umumli foydalanish, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘zini namoyon 
etish va o‘zining kimligini, qanday ekanini, nimalarga qodir ekanligini tasdiqlash bilan bog‘liq. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o‘zining ijodiy imkoniyatlariga 
ishonish demakdir. O‘qituvchi ta’lim jarayonini to‘la tasavvur etishi kerak, uning, 
qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak. 
Pedagogik mehnat natijasi o‘quvchilarni mustaqil ishlay olishi, isbotlay olishi, tahlil qila 
olishidadir. 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda namoyon bo‘ladigan 3 ta asosiy belgilar: 
1)
vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish; 
2)
mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali 
foydalanish, uni tashkil etish; 
3)
barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilish va har tomonlama 
g‘amxo‘rlik qilish. 
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o‘qituvchiningg kun tartibi va ish joyi muhim rol 
o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng optimal yuqori unum beradigan kun tartibini topa olishi 
kerak. Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra bilishda va aniqlay 
olishdir. Shundagina uni ilmiy asosda tashkil etish mumkin bo‘ladi. Bu o‘qituvchi mehnatini 
ilmiy tashkil etishning birinchi tamoyilidir. 
2-chi tamoyili faoliyat uslubini belgilash. 
3-chi tamoyili pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali 
foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan 
pedagogik texnika va texnik vositalar yig‘indisi ko‘zda tutiladi. 
4-chi tamoyili ta’lim-tarbiya ishining rejalashtirish hisoblanadi. Reja ta’lim-tarbiya faoliyatini 
tartibga solish. Uning modelini yaratish. Tayanch sxemalarini topish masalalaridan tashkil 
topadi. Shular aniqlansa, o‘qishda rivojlanish, tarbiyalash jarayoni yengillashadi. 
Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o‘qtuvchi ishini muntazam va planni 
kuzatib borish shundan yutuq va kamchiliklarni aniqlash ko‘zda tutiladi. Pedagogik nazorat 
ob’ektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlik va oshkorlikni talab qiladi. 
O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi quyidagilardan 
tashkil topadi: 
A) o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlashini o‘zi tomonidan nazorat qilinadi; 
B) darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilishi va o‘zini nazorat qilishi; 
V) o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini nazorat qilishi; 
G) ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish; 
D) o‘zi ustida ishlashni nazorat qilish. 
O‘qituvchi o‘z ustida ishlar ekan, kasb-kor malakasini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga muvofiq 
tavsiya va ko‘rsatmalarga ehtiyoj sezadi, ular esa izchil bir tizimga solinmagan. 
Ma’lumki, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining sub’ekti sifatida tayyorgarlik darajasi, 
pedagogik mahorat va shaxs sifatlari bilan o‘quvchilarning ahloqi, odobi va ma’nan 
rivojlanishlari komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarga bevosita ta’sir etadi. 
O‘qituvchining o‘z malakasini uzluksiz takomillashtirib borish asosan quyidagi 4 yo‘nalishda 


154 
bo‘ladi, ya’ni;

kasbkor tayyorgarligi (o‘zi o‘qitadigan fani bo‘yicha nazariy, uslubiy salohiyati); 

pedagogik mahorat (pedagogik va psixologik bilimlarni egallaganlik darajasi). 

pedagogik madaniyat (pedagog qobiliyat, texnika, takt va muomala madaniyati); 

shaxsiy sifatlari. 

O‘qituvchi mustaqil malaka oshirish jarayonida faqat o‘zining nuqson yoki kamchiliklarini 
tuzatish emas, balki pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish uchun fan va amaliyot 
yangiliklarini faoliyatga tadbiq etadi, sinab ko‘radi. Shu bilan umumpedagogik saviyasining 
yangi sifat o‘zgarishiga erishadi. 

Demak, o‘z ustida mustaqil ishlash pedagogik uchun shaxsiy ijodiy faoliyat hisoblanadi. 

O‘qituvchining pedagogik faoliyati va o‘z malakasini uzluksiz oshirib borish muammolar 
bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy taqdiqotlar, o‘z kasbining ustasi ijodkor pedagoglarning amaliy 
faoliyatlarni o‘rganish, tahlil etish hulosalariga asoslansak, shaxsiy ijodiy faoliyat yoki o‘z 
umumpedagogik malakasini uzluksiz takomillashtirish bosqichlarini ta’minan quyidagicha 
belgilanishi mumkin: 

-o‘z nazariy-uslubiy, pedagogik-psixologik tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorat, 
imkoniyatlar va shaxs sifatlarini tahlil qilish (o‘z-o‘zini diagnostikalash). 

-o‘z-o‘zini diagnostikalash natijalari asosida qiyinchilik va muammolarni umumlashtirish 
o‘z kasb-kor mahoratini takomillashtirish yo‘nalishlarini, ochiq maqsad vazifalarini belgilash. 

Maqsad va vazifalar darajasida o‘z pedagogik mahoratini takomillashtirish vosita usullarini 
tanlash shaxsiy ijodiy faoliyat dasturi yoki o‘z ustida mustaqil ishlar rejasini tuzish.Shaxsiy 
ijodiy faoliyat reja va dastur asosida o‘z umum pedagogik mahoratini takomillashtirish. 

Mustaqil ijodiy faoliyat natijalarni umumlashtirish, ularni ijodiy faoliyatning maqsad va 
vazifalar bilan tahlil etish istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash. 

Shuning uchun ham o‘qituvchilar uchun o‘z-o‘zini baholashda ob’ektiv bo‘lish, 
diagnostikalash vosita va usullarini bilish, eng asosiysi «o‘zini bilmagan o‘zgani bila olmaydi» 
qabilida ish tutishlari maqsadga muvofiq. 

O‘qituvchilar asosan malaka oshirish kurslari va kursdan kursgacha bo‘lgan davrda mustaqil 
bilim olish bilan umumpedagogik mahoratlarini takomillashtiradilar. 

Malaka oshirish kurslarida o‘qish va mustaqil bilim olish bir-birini to‘ldirib o‘qituvchining 
nazariy, uslubiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini uzluksiz amalga oshirish haqida shaxsiy 
ijodiy faoliyat izchilligini ta’minlaydi. 

Malaka oshirish kursi tugallanishida tinglovchi kursdan keyinga topshiriqni oladi. 
O‘qituvchining keyingi bosqichini kursdan-kursgacha bo‘lgan davrdagi ijodiy mavzusi bo‘lib, 
uning shaxsiy ijodiy-faoliyati mazkur muammoni hal etishga yo‘naltiriladi. 

Shaxsiy-ijodiy faoliyat mavzusini tanlash va belgilashda quyidagilarni hisobga olish 
maqsadga muvofiq; 
-mavzuning o‘qituvchi imkoniyati, qiziqishi va tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi; 
-o‘qituvchi faoliyatining istiqbolligi bilan bog‘liqligi; 
-oddiy moxiyatga ega bo‘lishi. 
Shaxsiy ijodiy faoliyat har bir o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lib, uning individual-pedagogik 
malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘qituvchining shaxsiy ijodiy faoliyatini shunday 
tashkil qilish kerakki, uninig natijalari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga ijobiy ta’sir 
etsin.O‘qituvchi ijodiy faoliyat rejasini tuzishida nimalarga asoslanishi kerak? Rejalashtirish 
o‘qituvchining o‘z kasb-kor tayyorgarligi, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini 
diagnostikalashdan boshlanadi.Shaxsiy ijodiy mavzu (muammo) ni belgilashda o‘qituvchi albatta 
o‘zi ishlayotgan maktab muammosidan kelib chiqishi kerak. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin