Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy - pedagogik texnologiyalari



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy - pedagogik texnologiyalari. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘ginidir 
hamda jamiyatva davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyiladi. Yangi «Oila kodeksi» ga 
va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan «Nikoh tomonlarning u ixtiyoriy roziligi 
va teng huquqligiga asoslanadi.Yangi oila BMTning 1948 yil 10 dekabrdaqabul qilingan.
1998 yili O‘zbekistonda 3,8 million oila bo‘lib, shundan 58,7 foizini 5 va undan ko‘p 
bolali oilalar tashkil etgan. Keyingi 35 yil ichida oilalar soni 1,8 milliontaga ko‘paygan, uning
1 mln.ga yaqini shahar, 950 mingtasiqishloqoilalariga to‘g‘ri kelgan. Yoki so‘nggi 10—15 yil 
davomida yiliga 250 ming atrofida yosh oilalar vujudga kelgan. Bugungi kunda respublikamizda 
har bir oilaga taxminan 4—5 farzand to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston oilalarining 35 foizdan ortig‘ini 
yosh oilalar tashkil qiladi. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi mos ravishda 26—30 
yoshdan oshmagan, 5 yilgacha nikohda bo‘lgan, bolali yoki bolasiz oilalar tushuniladi. 
Mamlakat aholisining 43 foizini 15 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Oilalar soni o‘sib 
borishida, ayniqsa,Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida o‘rin tutadi. 
Umuman,oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib, jamiyatning 
o‘zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘z o‘rnida jamiyat bag‘rida vujudga keladi, 
rivojlanadi. Ayni paytda oilaning jamiyatda o‘z vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va 
vazifalari dunyodagi barcha halqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi 
va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir halqda alohida, o‘ziga xos xususiyatga ega.
«Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi» ning 16-moddasida shunday bandlar 
mavjud: 
1.Balog‘at yoshiga etgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari bo‘yicha hechqanday 
cheklashlarsiz nikohdan o‘tishga va oilaqurishga haqli. 
2.Ular nikohdan o‘tishda, nikohda turgan vaqtlarida 
va uni bekorqilish vaqtida bir hil 
huquqdan foydalanadilar; 
3.Nikohdan o‘tayotgan har ikki tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh 
tuzilishi mumkin; 
4. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan 
himoyaqilinishga haqli. 
Shu bilan birga oila huquqi — nikoh tuzish va 
nikohni 
bekorqilish 
tartibi 
va 
shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida vasiylik va 
homiylik, bola asrab olish 
tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatnomala-riniqaydqilish tarzini 
belgilaydigan 
huquqiy 
me’yorlar yig‘indisidan iborat. 
O‘zbekiston 1-Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 
taraqqiyot yo‘li» asaridaqaydqilganidek, «bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish 
mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat vaqattiqtartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z 
burchlarini ado et-masa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va 
munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdonqonunlari asosigaquriladi, 


159 
o‘zining ko‘p asrlik mustahkam vama’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokra-tik 
negizlarga acoc solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. 
O‘zbeklarning 
aksariyati 
o‘zining 
shaxsiy 
farovonligi 
to‘g‘risida 
emas, 
balki 
oilasining,qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlikqilishni birinchi o‘rniga qo‘ya di. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviyqadriyat, 
insonqalbining gavharidir». Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo (1802—1885) ning bu 
haqdagiquyidagi fikri juda o‘rinli bayon etilgan: «Kimki ayol xuquqini himoya qilsa, bola 
huquqini himoya qilgan bo‘ladi, boshqacha aytganda, u kelajakni himoya qilgan bo‘ladi». 
Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar mavqeini o‘z o‘rniga 
qo‘yishga yo‘naltirilgan nodavlat tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi. Shu jihatdan 1997 yili 
Toshkentda «Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi bilan bog‘liqbo‘lgan masalalarni bayon 
etmoqlozim. Adliya boshqarmasi ro‘yhatidan o‘tkazilgan bu institutning tadqiqotchilik va 
siyosiy ta’lim bo‘limlari mavjud. 
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofazaqilish davlatimiz siyosatining 
ustivor o‘nalishlaridan biri ekan, uquyidagi asosiy yunalishlarni o‘z ichigaqamrab oladi: 
—oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari 
huquqiy himoyaqilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofazaqilish; 
—oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish,
oila a’zolarining sog‘ligini muhofazaqilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart-
sharoitlarni yaxshilash; 
—oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish,
oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, 
ro‘zg‘or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat 
tomonidanqo‘llab-quvvatlash; 
—oilaning ma’naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy 
manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish;oilaning sog‘lom, aql-
zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni 
tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish; 
— oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning 
iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident 
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar 
huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy xujjatlarning 
mohiyatini chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amalqilishga erishish jamiyatning 
huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari 
huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng 
tadbiqetish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va bola 
huquqva burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada 
uchraydigan sharqona ahloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi hatti harakatlarga 
yo‘lquyilmaydi. 
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo 
tinchliksevar xalqlarning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa 
davri ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis huzuridagi 
amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam 
ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil 
etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim 
qadamlardir. Inson huquqlarini himoyaqilish institutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish 
kichik jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya 
qilishdan iboratdir. 
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquqnormalariga mos ravishda 
muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, 
xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining 


160 
ratifikatsiyaqilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(SH) rezolyusiyasi), 
Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952 
yil 20 dekabrdagi 640-son rezolyusiyasi), Bir xilqiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga 
teng haqto‘lash to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 
1951 yil 29 iyundaqabulqilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, 
XMT tomonidan 1952 yil 28 iyundaqayta ko‘rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi 
Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda), Fuqarolik 
huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966 yil 
16 yanvardagi 2200-rezolyusiyasi), Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini 
tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34, 
180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash 
to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, bolsa mamlakatlarga bolalarni o’g‘irlab ketishning 
fuqarolik jixatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980 yil 25 oktyabr), 1995 yilda 
Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlarning axvoli 
bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro 
huquqnormalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad 
har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlarini himoya etilishini xalqaro huquq normalari 
doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir. 
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat 
barpo etishning negizidir.
Buning zamirida: 
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh
tabaqalarga mos huquqiy bilim 
berish dasturlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va 
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish; 

o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar,
xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio o‘quvlari uyushtirish; 

huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal maqolalari, 
mutaxassis maslaxatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish; 

oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 

joylarda baxt va nikoh uylariqoshida bo‘lajak kelin-kuyovlar uchun maxsus
o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-
tashviqot guruxlarini tayyorlash; 
-oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik 
tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va 
amaliyotga keng tadbiq, etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan 
boshqa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash
kabimasalalarga alohida e’tibor berish yotadi. 
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga 
ta’sirqiladi. 
Har bir davrning uz dardi, talabi va ehtiyojlari buladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat 
takdiriga ta’lluqli juda kup jumboqlarni echib tashlash bilan barobar ma’naviyatimizningqator 
muammolarini kundalangqilibqo‘ydi. Ayniqsa, axloq-odob masalalari katta ahamiyat kasb 
etibqoldi. Buning sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga bo‘lgan 
munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yuligaqaytarish rejalari tuzila 
boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat bo‘lmasligi,
yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chegarasi yuqligigaqanoat hosilqildik: Inson o‘z millati 
an’analari va umumbashariyqadriyatlar asosidagina kamolotga erishishiqog‘ozda emas, amalda 
tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik, qog‘ozdagi xalqar do‘stlik g‘oyalari odamlar 
orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna 
solibquygani, odamlarning millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli-oqibatli bo‘lishi uchun 


161 
urush yokiqahatchilik, zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasliti, ijtimoiy 
adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga 
ishonch hosilqila boshladik. Ayrim odamlarni aldash mumkin bo’lsa ham millatlarni uzoq, 
laqillatib bo‘lmasligiga endi hamma tushunib etdi. 
Totalitar tuzum davrida respublikamizda sharqona qadriyatlar asosida oilani barpo etish, 
shakllantirish va barqarorligini ta’minlashga etarli e’tibor berilmadi. Oilani jamiyatning asosiy 
yacheykasi sifatida har tomonlama muxofaza etish masalasi davlat siyosati darajasiga 
kutarilmadi. 
Xalqimizning axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, insonqadr-qimmati 
to‘g‘risidagi tasavvurlariga zid bo‘lgan o‘zga madaniyat an’analari yoshlar ongi, dunyoqarashi 
va shuuriga salbiy ta’sir etishi natijasida ba’zi salbiy hollarning paydo bo‘lishi yuz berdi. Milliy 
an’analar ma’naviy sog‘lom oilani barpo etadi.
Sog‘lom 
milliylik barqurgan joyda umumbashariy fazilatlarningqadriga etish ham ortadi, 
millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ham kamol topadi. Uzimizga ham, boshqalarga ham 
go‘zallik va odob timsoli bo‘ladigan kelin tushirish odatimizni olaylik. Karnay-surnay sadolari 
yangragan kuchada tuy, shodlik, mahalla ahli to‘planadi. Agar tuy kechasini olib boradigan 
shilqim nasihatguylarning har bir to‘yda takrorlayverib siyqasi chiqgan so‘zlarini e’tiborga 
olmasak,quloqlarni karqiladigan darajadagi baland pardalarda ayyuhannos ko‘taradigan 
ansambllarning «Bari gal», «Ey sanam», «Qora ko’z bo‘y-bo‘y», «Chakra-chakidan girad», 
«Guloyim» singari xonishlarini chinakam jamoatchilik ramzidir. Turmushimizda shunaqa 
voqealar ham uchrab turadi: to‘y qiluvchining aholi nochorroq, hali uy-joyi bitmagan, 
ro‘zg’orda kamchiliklar ko‘p, bolalar oyoqqa turmagan. Lekin u mahallani va yor-birodarlarni 
nahorgi oshga taklifqiladi. Shunda ba’zi birovlar «ahvoling shuku, topganingni bola-chaqangga 
sarfqilsang bo’lmaydimi?» degan fikrga boradilar. To‘g‘ri, shunday qilish mumkin edi. Lekin 
men bu oilaning kamtarona oshini xalqimizga xos kamtarlik va o‘z bolalarini jamoa orasiga olib 
kirib, ularda ko‘pchilik bilan baxamjixat hayot kechirishga o’rgatish deb bilaman. Nahorgi oshga 
ketadigan sarf bilan ro‘zg‘orni batamom tiklab bo’lmaydi. Lekin biror kishi yoki oilaning 
obro‘si, insoniyligi, milliy tuyg‘usi tiklanadi. Bu ham yaxshi fazilatlarni ro’yobga chiqarish va 
tarbiyalashning o’zbekona yo‘lidir.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahoratining muhim fazilati kishilar bilan tez el bo‘la olishi, 
ko‘pchilikka aralasha bilishi, ulfatijonlik, dilkashlik bo‘lib, bu uning aloqa madaniyatining 
yuksakligini ifodalaydi. Chunki, o‘qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan 
ishlashga to‘g‘ri keladi. O‘qituvchining ishidagi muvaffaqqiyatni kundalik faoliyatida kattalar va 
bolalar bilan, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyati ta’minlaydi. 
Shaxsiy ijodiy faoliyat muammosi aniqlangandan so‘ng, shaxsiy reja tuziladi. 
Rejada quyidagi bo‘limlardan bo‘lishi tavsiya etiladi. 
1.
Ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy savodni oshirish. 
2.
Pedagogik va psixologik bilimlar. 
3.
Mutaxassislik bo‘yicha nazariya va uslubiy tayyorgarlik. 
4.
Umummadaniy tayyorgarlik. 
Har bir bir bo‘lim bo‘yicha reja shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
№ O‘rganiladigan mavzu 
yoki amalga 
oshiriladigan ish 
O‘rganish 
manbasi 
O‘rganish 
yoki 
bajarish 
shakli 
Ishni 
yakunlash 
muddati 
Ishni 
umumlash-
tirish shakli 
Qaerda 
qanday 
foydalani- 
ladi 
Shaxsiy ijodiy reja asosida bajarilgan ishlar maxsus kundaliklarga qayd etilib, ular mazmun-
mohiyatini qisqacha yozib beriladi. 
Shaxsiy ijodiy reja berilishlarida quyidagi manbalardan foydalaniladi: 
1)
pedagogik,psixologik,uslubiy manbaa va adabiyotlar; 
2)
ilg‘or pedagogik tajribalar; 


162 
3)
mavzuga tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari; 
4)
ilmiy-uslubiy tadbirlar (seminar guruxiy maslahat, konferensiya, pedagogik o‘qish) 

Kommunikativ muammolar. Bu muammolar gumanizm va demokratik g‘oyalarga javob 
beruvchi yangi muloqot usulining shakllanishi bilan bog‘liq. O‘qituvchi mexnatning 
murakkabligi har bir o‘quvchi ko‘ngliga yo‘l topishi va har bir shaxsdagi imkoniyatlarning 
rivojlanishiga sharoit yarata bilishdadir. Eng muhimi, o‘kuvchining o‘zini shaxs deb 
tushunishiga o‘qituvchi yordam berishi zarur, o‘zligini, hayotni, dunyoni idrok etishga ehtiyoj 
uyg‘otish kerak. Dars ta’sirchanligini oshirish uchun bolalar bilan muammoning turli usullarini 
qo‘llab, qiziqtirib, o‘yinga o‘xshatib, g‘aroyib suhbatlashishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchining 
o‘quvchi bilan muloqoti aniq pedagogik vazifani bajarishga yo‘naltirishi kerak. Bunda: maqbul, 
yaxlit, qulay o‘quv muhitini, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi ongli munosabatni tashkil etish 
ko‘zda tutiladi. 
1.
Uslubiy muammolar. O‘qituvchi o‘z shaxsiy imkoniyatlarni ko‘rsata olishini 
ta’minlash uchun o‘qitish qiziqarli, ilmiy jihatdan asoslangan, ijodiy jarayon bo‘lishi kerak. 
Ana shu uch muammoni birgalikda yechish jarayonida o‘kituvchi yuqori kasbiy mahorat egasiga 
aylanadi. O‘qituvchilarning ish mazmunini o‘rganish va tahlil etish natijalaridan kelib chiqib, 
o‘qituvchining kasbiy takomillashuviga doir quyidagi guruhlarga ajratish mumikn: 
1Agar dars shunchaki ish emas – muomala, mashg‘ulot emas – san’at, jadvaldagi soatlar emas – 
hayot deb qaralsa, unda pedagog o‘z-o‘zidan tez-tez darsga nima uchun borayotganlgini so‘rab, 
bolalarning oldiga borayotganligini qalbdan his etishi lozim. 
2) Dars berish – bu, inson qalbiga yo‘l topish demakdir. Bunda so‘zdagi axloqiylik – haqiqat, 
amaldagi ahloqiylik esa – adolatligini bilmoq zarur. 
3) Tajribali pedagoglar darsni qanday qilib olib borishlarini kuzatmoq va o‘z darsingizda 
ularning ijobiy jihatlarini qo‘llamoqni o‘rganish darkor.
4) O‘zingizni va o‘z qarashlaringizni nazariy bahslar bilan emas, balki dars bilan tasdiqlang. O‘z 
yo‘lingiz bilan borishdan qo‘qmang.
5) O‘qituvchi butun mahoratini yorqin namoyon qiladigan dars bo‘lmaydi. Har birimiz 
qilayotgan ishimizga qaraganda mukammalroq, kuchliroqmiz va bu – hali ishlatilmagan 
ikmkoniyatimizdir.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin