150
intizom –
madaniy xulq, boshlang‘ich ko‘nikma va malakalar shakllanishi deb qabul qilish
mumkin. Ma’lumki, ehtiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi.
Bu yerda aytmoqchi
bo‘lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola ehtiyoj motivlari sifati. Ular zaminida
kelib chiqadigan muhim faoliyat turlari bilan bog‘liqligidir. Bolalar bosqichma-bosqich
emotsional-hissiy,
ijtimoiy, o‘quv, foydali ish, mehnat faoliyatlarini o‘taydilar. Har bir ma’lum
yoshda yuqorida zikr etilgan bir faoliyat turi muhim bo‘ladi va bola
shaxsi rivojlanishida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug‘ullanishar ekan, natijalar
samarali bo‘lishi, xatti-harakatlar zarurligi, shuningdek ushbu
faoliyat jarayonida boshqa
tengdoshlari, kattalar bilan to‘g‘ri shaxslararo munosabatlarga kira bilish bilan ham bog‘liqligini
amaliyotda o‘zlashtirib oladi.
Yuqorida aytilgan fikrlarimizdan kelib chiqib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyidagicha
ta’rif berilishini maqsadga muvofiq deb bilamiz. O‘zaro munosabat va muomala madaniyati,
intizom va madaniy xulq tarbiyasi – bu shaxsning o‘ziga xos sifati bo‘lib, o‘quv
qoidalari
bajarilishidan o‘quvchining faol ijodiy yondashishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida,
ijtimoiy-ta’limiy natijalarga erishishda o‘qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi.
Bu berilgan ta’rifda:
•
birinchidan, intizom va madaniy xulqning yaqinlashtiruvchi xususiyati ta’kidlangan;
•
ikkinchidan, intizom va tartib qoidalarni bajarishda o‘quvchining faolligi ko‘rsatilgan;
•
uchinchidan, intizom va madaniy xulqning faoliyat natijasiga qaratilganligiga e’tibor
beriladi;
•
to‘rtinchidan, intizom o‘quv faoliyati jarayonida namoyon bo‘lishi, madaniy xulqning esa
esa shaxslararo muloqot, munosabatlarda aks etishi ko‘rsatilgan;
•
beshinchidan, intizom, madaniy xulq tarbiyasi o‘quvchi va o‘qituvchi o‘zaro
hamkorligida amalga oshirilishi hisobga olingan.
Dostları ilə paylaş: