189
Pinbord texnikasi
(inglizchadan: pin — mahkamlash, board — doska)
Muammoni hal qilishga oid fikrlarni tizimlashtirish va guruhlashni amalga oshirishga,
jamoa tarzda yagona yoki aksincha qarama-qarshi pozitsiyani shakllantirishga imkon beradi.
Masalan: Asos konstruksiya chizmasini hisoblab, uning qurilishini izohlaydilar.
O‘qituvchi taklif etilgan muammo bo‘yicha o‘z nuqtai
nazarlarini bayon qilishni
so‘raydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ommaviy aqliy hujumning boshlanishini
tashkil qiladi
(rag‘batlantiradi). Bazis to‘rini qurish jarayonining umumiy texnologik sxemasi bo‘yicha
savollarga javob berishlarini talab etadi.
Fikrlarni
taklif qiladilar,
muhokama qiladilar, baholaydilar va eng optimal (samarali)
fikrni tanlaydilar. Ularni tayanch xulosaviy fikr (2 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) sifatida alohida
qog‘ozlarga yozadilar va doskaga mahkamlaydilar. YUbkalarni konstruksiyalash jarayonining
amalga oshirilish ketma-ketligini yozma ravishda bayon etadilar.
Guruh namoyondalari doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:
1. Yaqqol xato bo‘lgan yoki takrorlanayotgan fikrlarni olib tashlaydilar;
2. Bahsli bo‘lgan fikrlarni oydinlashtiradilar;
3. Fikrlarni tizimlashtirish mumkin bo‘lgan belgilarini aniqlaydilar;
4. Shu belgilar asosida doskadagi barcha fikrlarni (qog‘oz varaqlaridagi)
guruhlarga
ajratadilar;
5. Ularning o‘zaro munosabatlarini chiziqlar yoki boshqa belgilar yordamida ko‘rsatadilar:
jamoaning yagona yoki qarama-qarshi pozitsiyalari ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: