Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy
qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy
faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi,
tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa, ijtimoiy tarbiya nazariya va
uslubiyatining boshqa muammolarini o‘rganadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika . Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va
ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fan
ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rgana turib ijtimoiy bitimlar
sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar,
yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va
madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari,
milliy xarakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini
o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh
davrlarga bo‘linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki
jinsdagi insonlarning tutgan o‘rnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va
qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda
etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari
ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda,
tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. SHu bilan birga umuminsoniy tarbiya
tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasida