4-bob. Vasiylik va homiylikni belgilash. Vasiy yoki homiy tayinlash.19-modda. Vasiylik va
homiylikni belgilash
. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan
belgilanadi.Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxsning yashash joyi bo’yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo’lmasa, vasiyning
yoki homiyning yashash joyi bo’yicha belgilanadi.
LexUZ sharhi.Qaran g
: mazkur Qonunning 10-moddasi uchinchi qismi, 21-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 174- moddasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269- sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 59-72-bandlari. 20-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda vasiylik yoki homiylik
belgilash
. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan
ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida
va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki
homiyligi belgilanadi.Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo’lmaganda,
basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki
homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning
manfaatlari uchun zarur bo’lsa, belgilanadi.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizom II bo’limi 3 bobining 2 paragrafi («Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari»).