Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


-modda.  Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 23-modda. 
Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash
.
Agar vasiylik yoki homiylik 
belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning manfaatini ko’zlab unga darhol vasiy yoki homiy 
tayinlanishi zarur bo’lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o’rnini bosuvchi 
shaxslardan olib qo’yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy 
yoki homiy tayinlash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy 
tayinlash vasiy yoki homiy bo’lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko’ra, basharti mazkur 
shaxs tomonidan o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi 
tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi, yashash joyidagi fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organidan olingan ma’lumotnoma va tavsifnoma taqdim etilsa, vasiylik va 
homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi.Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki 
homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo’ladi, 
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi 
bundan mustasno.
 LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 31 va 32-moddalari.
Agar vasiylik 
yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash 
to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o’tguniga qadar joylashtirishning u yoki 
bu shakli tanlangan bo’lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy 
etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi.
 LexUZ sharhi.Qarang: 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 74-bandi. 
 
 
24-modda. 
SHaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash
 
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning qonuniy 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy 
yoki homiy tayinlanishi mumkin.Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki 
homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir 
vaqtning o’zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi 
yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, 
bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo’lishi lozim. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin