102
joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
30-modda.
Vasiyning
yoki
homiyning
o’z
majburiyatlarini
bajarishdan
chetlashtirilishi.Vasiy yoki homiy o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan yoxud o’z huquqlarini
suiistehmol qilgan hollarda, ularni o’z majburiyatlarini
bajarishdan chetlashtirish to’g’risidagi qaror tuman, shahar hokimi
tomonidan vasiylik va
homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.Vasiy yoki homiy o’z zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlardan g’arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi
yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz
va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik
organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko’rishi
shart.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi
kodeksining 48-moddasi.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz
yoki muomala layoqati
cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan
taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi
yoxud joylashtirishning
boshqa shakli belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: