3-bob. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar va ularning mol- mulki to’g’risidagi axborot.15-modda. Davlat reestriga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim
etish
. Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxslar to’g’risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni
davlat reestriga kiritish uchun har oyda tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi.
LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reestri to’g’risida»gi nizomning 5-bandi. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli o’zgargan taqdirda, vasiylik va homiylik
organlari mazkur o’zgarishlar to’g’risida yetti ish kuni ichida tuman, shahar hokimligini
xabardor etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yig’majildini mazkur shaxsning yangi yashash
joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar yig’majildining
ko’chirma nusxasi vasiylik va homiylik organining arxivida qolishi shart.
16-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar
aniqlanganligi
to’g’risida
vasiylik
va
homiylik
organlariga
ma’lumotlar
taqdim
etish.
Oldingi tahrirga qarang. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar
aniqlanganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlari, tahlim muassasalari va sog’liqni saqlash muassasalari, shuningdek, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti ish kuni
ichida ular haqidagi ma’lumotlarni yozma shaklda vasiylik va homiylik organlariga
yuboradi.
(16-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi O’RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2016 y., 52-son, 597-modda) Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan bolalar aniqlangan hollarda,
vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida
ularning turmush va ta’minot sharoitlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan
o’tkazishi shart.