5-modda. Vasiylik va homiylikning asosiy printsiplari
. Vasiylik va homiylikning asosiy
printsiplari quyidagilardan iborat:qonuniylik;insonparvarlik va mehr-shafqat;vasiylik va
homiylik masalalarida individual
yondashuv;bolalarni oilada tarbiyalash shaklining
ustuvorligi;vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning
ixtiyoriyligi.
6-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarni qabul qilgan
oilani kuzatib borish
. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarni qabul
qilgan oila joylashgan yerdagi vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxslarning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ushbu oilani kuzatib
borishni amalga oshiradi.Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslarni qabul
qilgan oilani kuzatib borish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan maslahat yordami, huquqiy,
ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam ko’rsatilishini ko’zda tutadi.Vasiylikka yoki
homiylikka muhtoj bo’lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari. 7-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari
. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
jumlasiga quyidagilar kiradi:O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;O’zbekiston
Respublikasi
Xalq
tahlimi
vazirligi;O’zbekiston
Respublikasi
Sog’liqni
saqlash
vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.(7-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi O’RQ-416-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O’R QHT, 2016 y., 52-son, 597-modda) , mahalliy davlat hokimiyati organlari.Vasiylik va homiylik
bo’yicha faoliyat:tuman, shahar xalq tahlimi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va
tashkil
etish
bo’limlari
tomonidan
—
voyaga
yetmaganlarga
nisbatan;
Oldingi tahrirga qarang., tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga,
shuningdek sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylikka muhtoj bo’lgan voyaga yetgan muomalaga
layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi. \