Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Vasiylik va homiylikning maqsadi -



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 
Vasiylik va homiylikning maqsadi
-
vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga 
oshirish uchun vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi.Vasiy va homiy voyaga 
yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.Vasiylik va 
homiylik tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma`lum bo`lgan vaqtdan boshlab 
20
Saurykov B. Yerbolat. Turkic Runes in Southern Part of Kazakhstan: Current State and Future.
International Journal of Central Asian Studies Volume 17. 2013.
http://www.iacd.or.kr/pdf/journal/17/vol17_7
21
Ожегов.С.И. Толковый словарь русского язы
k
а. – М, 1994, с. 445


94 
bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim. 
Vasiy yoki homiyni tayinlash vaqtida uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni 
bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs bilan vasiylik va homiylikka muhtoj shaxs o`rtasidagi 
munosabatlar, shuningdek vasiylik va homiylikka olinuvchining o`z xohishi e`tiborga olinishi 
lozim. Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ta`minot 
berish, ularni tarbiyalash va ularga ta`lim berish, shuningdek, bunday bolalarning shaxsiy hamda 
mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi.Vasiylik va homiylik tuman yoki 
shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to`g`risidagi Nizom»ga ko`ra, 
vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshiruvchi organlar tavsiyasiga ko`ra tuman yoki shahar 
hokimining qarori bilan belgilanadi.
O`n sakkiz yoshga to`lmagan ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan vasiylik va homiylikka 
muhtoj voyaga yetmagan bolalarni aniqlash, hisobga olish, joylashtirish, ularning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish singari vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish – xalq 
ta`lim bo`limlariga, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan 
deb topilgan shaxslarga nisbatan - sog`liqni saqlash bo`limlariga, sog`lig`ining yomonligi sababli 
homiy tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan – ijtimoiy ta`minot 
bo`limlari zimmasiga yuklatiladi.
 
Vasiylik va homiylik belgilanadigan shaxslar.Vasiylik o`n to`rt yoshga to`lmagan bolalarga va 
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
 
Sog`lig`ining 
yomonligi sababli mustaqil ravishda o`z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va 
majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan 
homiylik shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.Bolaning ota-onalik huquqidan 
ma’hrum qilinmagan ota-onasi bo`lib, vasiylik va homiylik organlari uning ota-ona tarbiyasida 
qolishi bola manfaatlariga javob bermasligini, shuningdek, bolaning hayoti va sog`lig`i uchun 
bevosita xavf borligini aniqlasa, unga vasiy yoki homiy tayinlanadi. 
Voyaga yetmagan bola o’n sakkizr yoshga to’lganligi sababli vasiylik tugaganida vasiy 
vazifasini bajaruvchi shaxs maxsus tayinlanmasdan voyaga yetmagan shaxsning homiysi bo’lib 
qoladi:
Homiylik quyidagi hollarda tugaydi: homiy yoki homiylikdagi shaxs voyaga yetganda, 
homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganida, homiylikdagi shaxs nikohga kirganda, voyaga 
yetmagan shaxs to’la muomilaga layoqatili deb e’lon qilinganda, fuqaroning muomila layoqatini 
cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda, homiylikdagi voyaga yetgan 
shaxsning sog’lig’i yaxshilanganligi tufayli u mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshirish 
va majburiyatlarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lganda tugaydi. 
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171- sonli qarori bilan 
tasdiqlangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida 
Nizom» ga ko`ra, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olishni istovchilarning oilaviy 
sharoiti, moddiy ta`minoti va ahvolini tahlil qilib, ularni ro`yxatga oladi 
.Bolalarni tarbiyaga olishni istagan shaxslar o`zlari yashaydigan joydagi vasiylik va homiylik 
organlariga ro`yxatga olinishlarini so`rab ariza berishadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova 
qilinishi kerak:-ish joyidan vazifasi va maoshi miqdori ko`rsatilgan ma`lumotnoma yoki tegishli 
tartibda tasdiqlangan daromadlari haqida deklaratsiya nusxasi;-uy-joy borligini tasdiqlovchi 
hujjat; -agar nikohda tursa, nikoh guvoxnomasi nusxasi;-bolani tarbiyaga olishni istagan shaxs 
va uning oila a`zolari sog`lig`i haqida tibbiy ma`lumotnoma. 
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan 
tutingan ota-ona o`rtasida tuziladi. Tutingan ota-onalar, bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan, 
bolani oilaga tarbiyaga olishga huquqi bo`lgan fuqarolar orasidan vasiylik va homiylik organlari 
tomonidan tanlanadi. Tutingan ota-onalikka nomzodlar tanlashda ularning shaxsiy xususiyatlari, 
fe`l-atvori, sog`lig`i, o`zi bilan birga yashaydigan oila a`zolari va boshqalar bilan munosabati 
hamda bola tarbiyasi sohasidagi tajribasi e`tiborga olinadi. 
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda uning tuzilgan vaqti va joyi, kelishuvni 


95 
tuzayotgan vasiylik va homiylik organining nomi, yuridik manzili, tutingan ota-onaning shaxsini 
tavsiflovchi ma`lumotnomalar (jumladan, turar joyi, pasportining tartib raqami), tarbiyaga 
berilayotgan bola haqida batafsil ma`lumotnomalar, tutingan ota-onaning asosiy huquq va 
majburiyatlari, vasiylik va homiylik organing tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari hamda 
kelishuvning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilishi 
lozim.Kelishuvda tutingan ota-onaning asosiy majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi 
mumkin: -tutilgan bolani o`zaro yordam va hurmat asosida tarbiyalash;-bolaning ta`lim olishi, 
jismonan, ruhan, ma`nan va axloqiy sog`lom o`sishi uchun sharoit yaratish;-bolaning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish;-bolaning sog`lig`i va sog`lig`i haqidagi tibbiy tavsiyalardan kelib 
chiqib, uni vaqti-vaqti bilan mutaxassis-vrachlar ko`rigidan o`tkazib turish, bolaning 
davolanishini ta`minlash;-bolaning umumiy ta`lim muassasalarida ta`lim olishini ta`minlash, 
uning fanlarni o`zlashtirishini kuzatib borish va maktab ma`muriyati bilan aloqada bo`lib turish;-
tutingan oilada bolaning tarbiyasiga salbiy ta`sir qiladigan yoki kelgusida uning bu oilada 
yashashi va tarbiyalanishini istisno qiluvchi holatlar yuzaga kelganda, bu haqda darhol vasiylik 
va homiylik organlariga xabar qilish va boshqalar. 
Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va 
qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham egadir. 
Bolaning manfaatiga daxldor har qanday masala oilada hal qilinayotganida bola o`z fikrini 
bildirishga haqli.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo`lishi mumkin, 
quyidagilar bundan mustasno: -sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklanga n deb topilgan shaxslar;-sud tomonidan ota-onalik huquqidan ma’hrum qilingan yoki 
ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;-qonun bilan o`z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni 
lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan 
chetlashtirilgan shaxslar;-ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining 
birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor 
qilingan shaxslar;-qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;-sog`lig`ining 
holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin