Avtopoezdlar to’g’risida tushincha Tortuvchi avtomobilg’ (tyagach) va unga ulangan bir nechta (bir yoki ikki o’qli) pritsep (yarim pritsep, rospusk) dan iborat transport vositasi avtopoezd deb ataladi. Xalk xujaligining tez surhatlarda rivojlanishi kuplab avtomobilg’ transporti ishlab chikarishni talab qiladi. Tadkikotlarning ko’rsatishicha, bu masalani faqat avtomobillar sonini oshirib emas, balki uning yuk kutarish kobiliyatini oshirish bilan ham yechish zarur. Nazariy jixatdan avtopoezdning umumiy og’irligi cheklanmagan katta bo’lishi mumkin, lekin uning gabariti, yo’lga bosimi tavsiya etilgan normadan chetga chikmasligi zarur, xozirgi paytda 250 . . .300 t va undan ortiq yuk kutarish kobiliyatiga ega bo’lgan og’ir avtopoezdlar mavjud. Avtopoezd texnikaviy iktisodiy ko’rsatkichlarining avtomobilga nisbatan 1,5 ... 2,0 marta yuqori bo’lishi uning afzalliklaridan biridir. Xalk xujaligida yuklarni (kurilish konstro’qtsiyalari, trubalar, yogoch va x. k.) avtopoezdlarsiz tashish ancha og’ir. Avtopoezdlar quyidagi afzalliklarga ega:
avtopoezdning narxi shu og’irlikdagi avtomobilg’ narxidan ancha kam;
avtopoezdning tuzilishi oddiy, unga texnikaviy xizmat ko’rsatish va uni ekspluatatsiya qilish uchun kam mablag sarflanadi (masalan, 1 t yukni 1 km masofaga tashish uchun avtopoezdlarda avtomobildagiga nisbatan 20—
30% kam yonilgi sarflanadi);
avtopoezd kuzovining foydali ish yuzasi avtomobinikidan 1,4 ... 1,5 marta kup;
avtopoezdlar kup turli yuklarni tashishga moslangan;
avtopoezdlar uchun garaj kurishga kapital harajat kamayadi, chunki pritseplarni saklash uchun maxsus joy zarur emas.
Avtopoezd vazifasiga karab quyidagilarga bo’linadi: 1) universal — har xil yuklarni tashishga muljallangan platforma yoki furgonlar; 2) ixtisoslashtirilgan—bir turdagi yukni tashishga muljallangan (samosval, panelg’ tashuvchi, uzun yuklarni tashuvchi refrijerator va boshqalar); 3) maxsus—avtopoezd ustiga doimiy o’rnatilgan uskuna bo’lishi mumkin (kuchma elektrostantsiya, kompressor moslamasi, remont ustaxonasi).
Tortuvchi kuchning g’ildiraklarga taqsimlanish harakteriga karab avtopoezdlar quyidagilarga bo’linadi: 1) passiv—avtopoezdga ulangan pritsep (yarim pritseplar, rospusklar) yetakchi g’ildirakka ega bo’lmaydi; 2) aktiv—ulangan pritsep (yarim pritsep, rospusk) yetakchi g’ildirakka ega. Yukning avtopoezd zvenolariga taqsimlanishiga karab: a) yuk mustakil bo’linadigan avtopoezdlar pritsepli avtopoezdlar); b) yuk nomustakil bo’linadigan avtopoezdlar (egarlik avtopoezdlar); v) yuk aralash bo’linadigan avtopoezdlar (egarlik tyagach, yarim pritsep va ikki o’qli pritsepdan iborat avtopoezd) bo’ladi.