to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq
ifodalashi
lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan,
sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida
yig‘ilsin» degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma’lum;
ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib
keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi»
degan
axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish
qiyin emas.
Biror bir axborotda shu xususiyatlardan birortasining yo‘qligi uning bizning
talablarimizga javob bera
olmasligiga,
qisqacha aytganda, bu axborotdan foydalanib bo‘lmasligiga
va nihoyat, saqlab qo‘yish
uchun
arzimasligiga asos bo‘ladi.
Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa xususiyatlari ham bo‘lib, axborot
tushunarli,
qisqa yoki
batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tish joiz. Axborotni
ishlatish maqsadidan kelib
chiqib, uning ortiqchalilik xususiyatlarini ham bilish zarur.
Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda,
kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular
axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.
Azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar –
to‘plash, qayta ishlash va
uzatishni bajarish
uchun insonning turli vositalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko‘ra,
u har xil qurilmalar yaratib,
hayotga tatbiq eta boshlagan.
Endi borliq ta’sirining inson ongida axborot ko‘rinishida aks etish jarayonini quyidagi ko‘rinishda
tasvirlashimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: