Yodda saqlang ! Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolari miz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik
darajasini tushunamiz.
Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlari-mizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi.
Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash, deb qaraydi.
Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta’rif berishga urinishlar ko‘p
bo‘lgan. Lekin axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berish
mumkin emas. Chunki axborot informatikaning asos tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p
ma’noni o‘z ichiga oladi. Ba’zan axborot sifatida unga sinonim bo‘lgan ma’lumot yoki
berilganlar so‘zlari ham tushuniladi.
Axborot haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotingizdagi bir misolni esga
olaylik. Go‘daklik vaqtingizda «muzqaymoq» so‘zi sizga faqatgina «mazali shirinlik»
ma’nosini anglatar edi. Uni boshqa shirinliklar ichidan nomi, ko‘rinishi, ta’mi yoki
sovuqligidan ajratib olardingiz. Maktab yoshingizda «muzqaymoq» so‘zi «shakar,
qaymoq, kakao yoki kofe kabi o‘zaro bog‘langan modda va tushunchalar hamda
muzqaymoqni tayyorlash usullari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan to‘ldi. Keyinchalik
esa «muzqaymoq» haqidagi ma’lumot to‘liq emasligini, vaqti kelib bu so‘z yana
boshqa ma’lumotlar bilan to‘lishini tushunish qiyin emas. Demak, inson yillar
davomida hayotdan ma’lumotlar olar ekan, birini ikkinchisi bilan bog‘lab to‘ldirib
boradi.
Hozirgi davrga kelib xuddi avvaldan buyurtma qilingani kabi, dasturiy
boshqaruvli hisoblash mashinalari ishlab chiqarish uchun ilmiy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab
chiqarilgan elektron hisoblash qurilmalari axborotni «qog‘ozsiz» texnologiya asosida izlash, to‘plash,
saqlash, qayta ishlash va uzatish imkonini bera boshladi. Buning negizida XX asrning 50-yillarida yangi fan
– informatika-ga asos solindi. Informatika atamasi fransuzcha informatique (information – axborot va
automatique – avtomatika) so‘zi negizida hosil bo‘lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash»
deb tushuniladi. Bu atamaning inglizcha varianti ham mavjud bo‘lib, u «Сomputer science», ya’ni
«kompyuter ilmi» deb ataladi.
Informatika quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
• texnik (hardware)
• dasturiy (sotware) vositalar.