Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
106
283-bob. Uzoq umr so'rab duo qilish haqida
669. Ummu Qays (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) unga (Ummu Qaysga)
umri uzun bo'lgan ayol aytgan narsani aytdilar. Biz u ayolchalik ko'p umr ko'rgan ayolni
bilmaymiz.
Ummu Qays yo Qays ibn Aboya yoki Qays ibn Sa'dning onasi bo'lmog'i kerak.
Mazmuvdan anglashshshcha. Ummu Qays umriga barakot Haqida duo so'ragan,
Rasululloh (s.a.v.) uni duo qilib, uzoqumr ko'rgan bir ayol tarixini aytib bergan bo'lsalar
kerak. Vallohu a'lam
670. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizning - ahli baytning oldimizga
kirib turardilar. Kunlardan bir kuni yana kirdilarda, biz-ni duo qildilar. Ummu Sulaym
(r.a.): "Kichkina xodimingizni ham duo qilmaysizmi?" - dedi. Ul zot: "Allohim, uning moli
davlatiga va zurriyodiga baraka bergin, umrini uzun qilgin va gunohlarini kechirgin", deb
duo qilganlar. Rasululloh (s.a.v.) mening haqqimga uch borada duo qildilar. 103 nafar
farzandimni ko'mdim. Daraxtlarim yilda ikki bora meva beradi hamda umrim shunchalik
uzun bo'ldiki, odamlardan uyaladigan bo'lib qoldim, Allohning mag'firatidan
umidvorman".
Dostları ilə paylaş: