Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
189
hamd va 10 marta tasbih aytadi. Bu esa, tidda 150 ta (aytilgan kabi) bo'ladi, Mezonda
bo'lsa 1500 ta bo'ladi", dedilar. Ul zotning (shunday deb) qo'llari
bilan sanayottanlarini
ko'rdim. "Urniga kirib yotganda tasbih,
hamd va takbir aytgani esa, tilga 100 ta va
mezonda 1000 ta bo'ladi. Qaysi biringiz bir kecha-kunduzda 2500 ta gunoh ishlaysiz?" -
dedilar. "Qanday ular behisob?" - deyishdi. "Sizlardan biringiz namoz o'qiyotganida
shayton kelib
shu-shu ishlarini esiga soladi, (shunda u) eslamasin", deya marhamat
qildilar".
580-bobdagi 1253-hadis 576-bobdagi 1245-hadisking takrori.
581-bob. Kechasi uyg'onib ketgan kishi nima deyishi haqida
1254. Rabi'a ibn Ka'b (r.a.) aytdilar: "Men Rasuli akram (s.a.v.)ning eshiklari tagida
yotib qolgan edim. Ul zotga kechasi biror bir shovqin eshitilib qolsa: "Sa-mi'allohu
liman
hamidah", tunda biror shovqin eshi-talsa: "Alhamdulillahi robbil 'alamiyn", der edilar".
582-bob. Yog'li qo'l bilan uxlash haqida
1255. Ibn Abbos (r.a.)dan
rivoyat qilinishicha, Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kimki yog'li qo'lini
yuvmasdan ux-lasa va biror zarar ko'rsa, faqat o'zidan xafa bo'lsin", dedilar.
Abu Hurayra] (r.a.)dan rivoyat qshshngan 1256-hadis yuqoridagi hadis-ning takrori.
Dostları ilə paylaş: