Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Hadyani qabul qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   234
al adab ala mufrat

269-bob. Hadyani qabul qilish haqida 
607. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, bu kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir-
birlaringizga hadyalar beringlar, shunda oralaringizda muhabbat paydo bo'ladi", degan 
so'zlarini rivoyat qildilar. 
608-hadis 607-hadisning takrori, faqat u Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan. 
270-bob. Xafa bo'lib, hadyani qabul qilmaslik haqida 
609. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bani Fizoza qabilasidan bir 
kishi Rasululloh (s.a.v.)ga bir ona teva hadya kdldi. Rasululloh (s.a.v.) ham unga shu 
tevasiga barobar keladig'an hadya berdilar. Lekin u kishi bundan g'azablandi. Shunda 
Rasululloh minbarga chiqib: "Sizlardan biringiz men-ga hadya beradi, men ham unga 
qudratimga yarasha hadya bersam mendan xafa bo'ladi, menga achchiq qiladi. Endi shu 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
yildan keyin men qurayshiy, saqifa yoki dusiy qabilalaridan bo'lmagan boshqa 
arablarning hech biridan hadyasini qabul qilmayman",
deb qasam ichganlarini men eshitdim".Chunki bular hadya berganda hech narsa ta'ma 
qilmay, xolisanilloh beradi. Ammo boshqa qabila kishilari esa Rasululloh (s.a.v.)ga bir 
narsa berib, berganidan ko'proq narsa olshini umid qilardi. Rasululloh (s.a.v.)ning 
odatlaridan biri, u zotga bir narsa hadya qilinsa, uni olib hazm qilib ketaverish emas, 
balki qo'llarida bo'lsa, undan ko'ra ko'proq qilib qaytarish edi. 
Ammo bu safarda shu hadya bergan kishiga shuqday qila olmaganliklari uchun u xafa 
bo'ldi. 
271-bob. Hayo, uyatchanlik haqida 
610. Abu Mas'ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sen 
xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so'z o'tmish 
payg'ambarlardan meros bo'lib kelgan va keyin kishilar ham uni o'zlariga dasturu-l-amal 
qilib olgan bir nasihatdir", dedilar". 
611. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli xudo: "Imon oltmish 
necha (ikkinchi rivoyatda yetmish necha) shu'balardan iborat bo'lib, ularning eng afzali 
"Lo iloha illalloh" kalimasi bo'lsa, eng aqllisi odamlarga ozor beradigan narsalarni yo'ldan 
chetga chiqarib tashlashdir. Hayo ham imon shoxchalaridan biridir", dedilar". 
612. Abu Said Hudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) qadimgi 
arablar odaticha uyda yolg'iz tarbiyalangan qiz boladan ham (Ibn Hajar Asqaloniy 
ta'birlari bo'yicha: go'shanga ichida o'targan kelinchaqdan ham) uyatchanroq edilar. 
Bizlar uni muborak yuzlarida hosil bo'lgan o'zgarishdan bilib olar edik", dedilar". 
614. Usmon ibn Affon (r.a.) bilan hz. Oyisha (r.a.) Said ibn Ossga aytdilar: "Rasuli 
akram (s.a.v.) hz Oyishaning ustlariga tashlab yuradigan kiyimlariga o'ralib, u zotning 
to'shaklarida yonboshlab yotgan vaqtlarida Abu Bakr (r.a.) kelib kirishga ruxsat 
so'radilar. Rasululloh (s.a.v.) shu yotgan holatlarini hech o'zgartirmay u kishini qabul 
qildilar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) kirib maqsadlarini aytib bo'lib chiqib ketdilar. Shundan 
keyin hz. Umar (r.a.) ham kelib ruxsat so'raganlarida hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.) 
kirganlarida qanday o'tirgan bo'lsalar, shunday o'tiraverdilar. U kishi ham hojatlarini 
bitirib chiqib ketdilar.Hz. Usmon (r.a.) aytdilar: "Hz. Umardan keyin men kelib ruxsat 
so'raganimda Rasululloh (s.a.v.) yonboshlarini buzib o'tirdilarda, Oyisha (r.a.)ga qarab: 
"Kiyimlaringai yig'ishtirib qo'y", dedilar. Shunda men ham kirib hojatlarimni bitirib chiqib 
ketdim. Men ketganimdan keyin hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasulalloh! 
Siz nima uchun otam Abu Bakr Siddiq bilan Umar ibn Xatgobga qilmagan harakat va 
muomalani hz. Usmonga kdldingiz?" - deb so'raganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Usmon 
uyatchan odam, sening kiyimingga o'ralib yonboshlab yotgan holimda unga ruxsat 
berganimda maqsadlarini gapira olmay, uyalib qaytib chiqib ketardi, deb qo'rqib 
shunday qildim", dedilar". 
615. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Hayo qaerda 
bo'lmasin kishini bezaydi, chirkin so'z har qaerda kishini jirkanch ko'rsatadi", dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin