Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Zolimni duoibad qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   234
al adab ala mufrat

282-bob. Zolimni duoibad qilish haqida 
665. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, mening qulog'u 
ko'zimni salohiyatli qilgin va ularni menga voris qil. Menga zulm qilganlarning ustidan 
meni g'olib qil va ulardan qasosimni olib bergin", deya duo qilar edilar". 
Menga voris qil - ya'ni butun umrim davomida quloq va ko'zlarimga shikast yetmasin . 
Abu Huraydan rivoyat qshshngan 666-hadis Jobir ibn Abdumoh rivoyat qilgan 665-
hadisning takroridir. 
667. Sa'd ibn Toriq Ashja'iydan rivoyat qilindi: "Otam aytdilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga ertalab borgandik, bir erkak va bir ayol ham ul zot huzurlariga keldi va: "Ey, 
Allohning Rasuli, namoz o'qigandan keyin nima deyish kerak?" - deb so'rashdi. "Allohim, 
mening gunohlarimni avf et, menga rahm qil, meni haq yo'lga boshla va menga o'z 
Dargo-hingdan rizq ber, deb ayting, shunda dunyo va oxiratingiz jam bo'ladi", deb javob 
berdilar ul zot". 
668-hadis mazmuni yuqoridagi hadisda o'tdi va buni Abu Malik rivoyat qilgan, faqat 
unda "Namoz o'qigandan keyin", degan jumla yo'q. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
283-bob. Uzoq umr so'rab duo qilish haqida 
669. Ummu Qays (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) unga (Ummu Qaysga) 
umri uzun bo'lgan ayol aytgan narsani aytdilar. Biz u ayolchalik ko'p umr ko'rgan ayolni 
bilmaymiz. 
Ummu Qays yo Qays ibn Aboya yoki Qays ibn Sa'dning onasi bo'lmog'i kerak. 
Mazmuvdan anglashshshcha. Ummu Qays umriga barakot Haqida duo so'ragan, 
Rasululloh (s.a.v.) uni duo qilib, uzoqumr ko'rgan bir ayol tarixini aytib bergan bo'lsalar 
kerak. Vallohu a'lam  
670. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizning - ahli baytning oldimizga 
kirib turardilar. Kunlardan bir kuni yana kirdilarda, biz-ni duo qildilar. Ummu Sulaym 
(r.a.): "Kichkina xodimingizni ham duo qilmaysizmi?" - dedi. Ul zot: "Allohim, uning moli 
davlatiga va zurriyodiga baraka bergin, umrini uzun qilgin va gunohlarini kechirgin", deb 
duo qilganlar. Rasululloh (s.a.v.) mening haqqimga uch borada duo qildilar. 103 nafar 
farzandimni ko'mdim. Daraxtlarim yilda ikki bora meva beradi hamda umrim shunchalik 
uzun bo'ldiki, odamlardan uyaladigan bo'lib qoldim, Allohning mag'firatidan 
umidvorman". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin