Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   234
al adab ala mufrat

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
278-bob. Birodarini g'oyibona duo qilish haqida 
638. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Eng tez ijobat bo'ladigan duo 
g'oibning g'oibga qilgan duosidir", dedilar. 
639. Abdullohibn Sanobihiy (r.a.)dan rivoyat qilin-di: u Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning: 
"Alloh yo'lida do'stlashganlarning duolari tez ijobat bo'ladi", de-ganlarini eshitdi. 
640. Safvon ibn Abdulloh aytdilar: "Men Shomdagi yaqinlarimni ziyorat qilib qaytgan 
edim. Qaynonam Ummu Dardo (r.a.) uyda ekan. Qayin otam Abu Dardo (r.a.) yo'q 
ekan. Ummu Dardo mendan: "Bu yil haj qilmoqchimisiz?" ~ deb so'radi. "Ha", deb javob 
berdim. U: "Allohga bizning haqqimizga duoi xayr qiling, Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning: 
"Musulmon kishining birodari ortidan qilgan duosi mustajobdir, uning boshida bir 
muakkil farishta turadi va birodari haqqiga qigan har bir duoi xayriga "Omin, senga ham 
o'sha narsa nasib qilsin", deb turadi", der edilar, dedi. Bozorda Abu Dardoni uchratib 
qolgandim, u ham xuddi shu gaplarni aytdi, u ham bu hadisni Rasululloh (s.a.v.)dan 
naql qildi". 
641. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Bir kipsh: "Allohim, faqatgina meni va 
Muxammad (s.a.v.)ni mag'firat qil", dedi. Shundajanobi Payg'ambar (s.a.v.): "Sen, 
albatga, duoni ko'gotab insonlar haqidan to'sib qo'yding", dedilar". 
642-hadis Abdulloh ibn Umardan rivoyat qshshngan bo'lib, 632-hadisning takroridir. 
279-bob. Duo qilishning sababi 
643. Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Men har ishimda, har narsada duo qilaman, hattoki 
minadigan jonivorimning qadamini tezlatishni ham Allohdan so'raymanki, bu bilan men 
o'zimga sirli bo'lgan narsalarni ko'raman. 
644. Amr ibn Maymun Avdiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.): "Ey, Allohim, 
mening ruhimni xushaxloq, xudojuy insonlar bilan birga olgin, yomon-lik, buzuqlikka 
tashlab qo'ymagin va yaxshi, ezgu amallarni ado etgan odamlar bilan birga qilgin", deya 
duo qilardilar". 
645. Shaqiq Balxiy (r.al.) aytdilar: Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) ushbu duoni ko'p 
takrorlardilar: "Parvardigoro, oralarimizni isloh qilgin, bizlarni islom yo'liga yo'llagin, 
bizlarni (zalolatning) zulmatidan (hidoyatning) oydinligiga yetaklagin, oshkora va maxfiy 
fahsh-buzukliklardan bizni nari qilgin, quloqlarimizni, ko'zlarimizni, qalblarimizni, axliayol 
va avlodu zurriyodlarimizyi barokotli qilgin. Parvardigoro, bizlarni bergan ne'matlaringga 
shukr qiluvchi, uni e'tirof etuvchi va bu ne'matlar barobarida o'zingga hamdu sano 
aytuvchi qilgin hamda bizlarga beradigan ne'matlaringni mukammal qilib bergin". 
646. Sobitdan rivoyat qilindi: "Anas ibn Molik qaysi birodarlarini duo qilsalar: "Alloh taolo 
kechalari qoim, kunduzdari soim bo'ladigan, fisqu fujur va gumrohlik qilmaydigan yaxshi 
xudojuy qavmning ibodatini bersin", der edilar".Bu hadis turkcha nashrda Sulaymon ibn 
Mug'iradan rivoyat qshshngan. Hadis Rasululloh (s.a.v.)dan ham rivoyat tsilinganligshi 
roviylar xabar qiladilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin