Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
100
deb so'radi. U: "Ha", deb javob berdi.Sum'achi deb birovlar eshitsin uchun amal
qiladigan odamni aytiladi .
275-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida
622 Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan
biror kishi
duo qilsa, qat'iylik bilan qilsin, Allohim, xohlasang ber-gin", demasin! Zero, Alloh buning
uchun uni yomon ko'rmaydi", dedilar".
623-hadis Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan bo'lib, 622-hadisning takroridir.
276-bob. Duoda qo'lni ko'tarish haqida
624. Abu Na'im: "Men Ibn Umar va Ibn Zubayrlar duo qilayotib,
kaftlarini yuzlari
barobarida ko'tarayotganlarini ko'rdim", dedilar".Bu hadisni Imom Termiziy ham
Rasululloh (s.a.v.)dan natsl qilib, ul zotning "Allohga iltijo qshayotganda qo'llaringizni
baland ko'taring, behafsalalik bilan duo tsilmang, duo qilib bo'lgach, kaftlaringizsh yuzin-
gizga surting", deganlarini aytgan.
625. Ikrima (r.a.) janobi Payg'ambar (s.a.v.) qo'llarini ko'tarib: "Albatta
men bir
insonman, meni azobga duchor qilmagin, biror mo'minga ozor yetkazgan yoki uni
so'kkan bo'lsam, buning uchun menga azob bermagin", deya Allohga duo
qilayotganlarini Oyisha
onamiz rivoyat qiladilar, dedi.
626. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Davs qabilasidan bo'lgan Tufayl ibn Amr (r.a.)
Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli! Davs qavmi osiylik va
takabburlik qildilar, ularni duoibad qiling", dedi. Rasululloh (s.a.v.) qiblaga yuzlanib,
qo'llarini ko'tardilar. Odamlar ul zot hozir Davs qavmini duoibad qiladilar, deb
o'ylashgandi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Davs qavmini hidoyatga olgin va (haq uzra)
keltirgin", deya duo qildilar".
627. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir
yili qahatchilik kelib, yomg'ir yog'may qo'ydi. Bir
guruh mu-sulmonlar bir juma kuni Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzur-lariga kelib: "Yo,
Rasulalloh, yomg'ir yog'may qo'ydi, hayvonlar qirilib ketmoqtsa", dedilar. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) qo'llarini yuqoriga ko'tardilar. Osmonda bir bulut ko'rinmas edi. Ul zot
qo'llarini shutsday ko'tardilarki, qo'ltiqlarining oqi ko'rindi, Allohdan yomg'ir so'rab duo
qiddilar. Juma namozini o'qib bo'lishimiz bilanoq sharros yomg'ir quydi, shu yaqin
atrofda yashaydigan yigit uyiga shoshildi. Kelgusi juma o'sha yigit Payg'ambarimiz
(s.a.v.)ga: "Ey,
Allohning Rasuli, uylar (yomg'irdan) vayron bo'layapti, karvonlar to'xtab
qoldi", dedi. Ul zot odam bolasining sabrsizligiga tabassum qildilar, qo'llarini ko'tarib:
"Allohim, yomg'irni bizning ustimizga emas, atrofimizga yog'dirgin", dedilar. Darhol
Madinada yomg'ir tindi.
628-hadis 625-hadisning aynan takrori.
629. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: Tufayl ibn Amr Payg'ambarimiz
(s.a.v.)dan: "Sizni Davs qavminiki kabi qo'shin va biror bir mustahkam qal'aga
ehtiyojingiz bormi?" - deb so'radi. Jobir dedilar: "Rasululloh (s.a.v.)
Alloh ansorlarni
quvvatlagach, ul zot undan voz kechdilar.Tufayl va u bilan birga qavmidan bir kishi hijrat